Universiteti tarix fakulteti ashirqulov jamshid
Mavzuning tarixshunoslik tarixi
Download 69.16 Kb.
|
1.2 Mavzuning tarixshunoslik tarixi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib quldorchilik AQSH ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida katta to‘siqqa aylandi. Mamlakatning shimolida sanoat to‘ntrilishi yakunlovchi bosqichga kirgan edi. AQSH industrial rivojlangan mamlakatlar qatoriga qirgan edi. Shu paytning o‘zida Janub quldorchilik xukmronlik qiladigan qoloq xududga aylangan edi. Bundan tashqari, 50-yillarda plantator-qo‘ldorlar va fermerlar o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada kuchaydi. Quldorchilik va fermerlar oqimi g‘arbning «bo‘sh» erlarini o‘zlashtirish masalasida to‘qnashdi. Bu masala qo‘lchilikni yo‘q qilmasdan hal qilinishi mumkin emasdi. Quldorchilikni yo‘q qilishga qaratilgan kurash ikki asosiy bosqichdan o‘tdi: 1861-1865 yy. Fuqarolar urushi va Janubni Rekonstruksiyalash (1865-1877). Bir necha yilliklar davomida quldorlar mamlakatdagi hokimiyatning asosiy bo‘g‘inlarini: prezident lavozimini, Kongress va Oliy sudni o‘z nazoratida ushlab turardilar. Lekin, asta-sekinlik bilan shimolliklarning ta’siri kuchayib bordi. Shimoliy shtatlar aholisining tez o‘sishi shimolliklarning vakillar palatasida ustunlik qilishiga olib keldi. Bu holat senatda takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun plantatorlar ozod va quldorchilik shtatlarning sonini teng ushlab turishga harakat qilardilar. 1820 yil Missuriya kompromissi (kelishuvi) natijasida ittifoqqa bitta quldorchilik va bitta ozod shtatdan qabul qilish qoidasi o‘rnatilgan edi. 1840 yilga kelib AQSHda 15 quldorchilik va 15 ozod shtat mavjud edi. Lekin g‘arbiy erlarni fermerlar tomonidan intensiv o‘zlashtirilishi ko‘plab ozod shtatlarning paydo bo‘lishiga olib kelardi. Quldorlar o‘z hokimiyatini ikki yo‘l bilan saqlab qolishi mumkin edi: Missuriya kompromissini bekor qilish va quldorchilikni shimoliy shtatlarga tarqatish yoki quldorchilikning qit’aning janubiga siljishi. Quldorlar ikki yo‘ldan ham borib ko‘rdilar. Lekin o‘z maqsadlariga erisha olmadilar. 1846 yil D.Uilmotning qonun loyihasi, Kaliforniyaning ozod shtat sifatida (1850 y.) AQSHga kirishi, Yangi Meksika va Yuta shtatlariga qulchilik masalasida suverenitet berilishi, «Kanzas-Nebraska» billining qabul qilinishi (1854 y.), Oliy sudning negr-qul Dred Skot masalasi bo‘yicha qabul qilgan qarori (1857 y.) va Kanzasdagi fuqarolar urushi natijasida bu shtatni ozod shtat sifatida AQSH-ga kirishi (1861 y.) mamlakatdagi vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi. Yigirma yildan ortiq davrda mavjud bo‘lgan «demokratlar-vigilar» ikki partiyalik tizim quladi. Bu tizim asosiy masala-qo‘lchilik masalasini -hal qilmadi. Demokratlar partiyasidan ham vigilar partiyasidan ham qulchilikga qarshi chiquvchi doiralar ajralib chiqdilar. Demokratik partiya umummilliy partiya maqomini yo‘qotgan bo‘lsa, vigilar partiyasi esa umuman tarqalib ketdi. Ikki partiyadan ajralib chiqqan qanotlar deyarli birlashdilar. 1854 yilda tuzilgan respublikachilar partiyasi quldorchilikga qarshi kuchlarning markaziga aylandi. Partiyaning S.Cheyz, Ch.Samner va boshqalar boshchiligidagi radikal oqimi qulchilikni to‘la bekor qilishni talab qilardi. Lekin partiyada U.Syuard boshchiligidagi mo‘‘tadil respublikachilar ustunlik qilishardi. Bu qanot qulchilikni darhol ma’n qilishni talab qilmasdi, balki uni mavjud chegaralarda cheklashga intilardi. 1856 yil saylov oldi dasturida respublikachilar aynan shu tamoyilni, gomsted (barcha xoxlaganlarga g‘arbdagi erlardan tekin uchastkalar ajratish) talabini, erkin tadbirkorlik talabini ilgari surishdi. 1856 yilga kelib respublikachilar kongressda kuchli mavqega ega bo‘lishdi. Illinoyslik advokat respublikachi A.Linkoln va demokratlar etakchisi St.Duglas o‘rtasidagi 1858 yilda bo‘lib o‘tgan debatlar mamlakat siyosiy xayotida katta o‘rin tutdi. Mamlakatdagi inqirozning kuchayishiga fermer-abolitsionist Dj.Braunning (1800-1859 yy.) qo‘zg‘oloni katta ta’sir ko‘rsatdi. 50-yillarning oxiriga kelib Djon Braunda qo‘zg‘olon ko‘tarish va Janubning yuragida-Allegan tog‘larida quldorchilikga qarshi davlat tuzish rejasi etildi. U hatto erkin davlat uchun vaqtinchalik konstitutsiyani ham yozib ko‘ygan edi. 1859 y. 16 oktyabrda 22 kishidan iborat «ozodlik armiyasi» Xarpers-Ferri (Virginiya) shaharchasidagi qurol-aslaha omborini qo‘lga kiritdilar. Ertasiga qo‘zg‘olonchilar quldorchilik militsiyasi va Vashingtondan etib kelgan qo‘shinlar bilan o‘rab olindilar. Bir kun davom etgan mudofaadan so‘ng qo‘zqolonchilardan 10 kishi o‘ldirildi (shu jumladan Dj.Braunning ikki o‘g‘li).Djon Braun esa yarador holda qo‘lga tushdi va tez orada osib o‘ldirildi. Qo‘zg‘olon butun Janubda qullarning harakatini kuchaytirdi. 1860 yil Prezident saylovlarida respublikachilar partiyasi nomzodi Avraam Linkoln (1809-1965) g‘olib chiqdi Plantatorlarning ko‘p yillik davlat hukmronligi tugadi. Lekin qo‘lga kiritilgan hokimiyatni respublikachilar saqlab qolishi kerak edi. 1860 y. dekabrida Janubiy Karolina ajralib chiqish (setsessiya0 to‘g‘risida e’lon qildi. Uning orqasidan yana 10 ta shtat ittifoqni tark etdi. 1861 yil fevralida quldorchilik shtatlarning Konfederatsiyasi tuzildi. Konfederatsiya prezidenti etib Dj.Devis saylandi. Janubdagi setsessiyaga qarshi noroziliklar bostirildi. Quldorlar urushga tayyorlanardilar. Quldorlar tarafdori AQSH prezidenti Byukenen Linkoln saylanishi (1860 y. noyabri) va lavozimiga kirishi (4 mart 1861 y.) o‘rtasidagi davrni janubliklarga yordam berishga qaratdi. Janubga ko‘plab qurol-aslahalar va ishonchli zobitlar jo‘natildi. Janubdagi barcha harbiy fortlar va omborlar isyonchilar qo‘liga o‘tdi. Iqtisodiy salohiyat bo‘yicha Shimol Janubdan ancha ustun edi. Uzoq davomli urushda ustunlik shimolliklar qo‘lida bo‘lardi. Lekin vaqtinchalik harbiy ustunlik plantatorlar qo‘lida edi va ular birinchi bo‘lib harbiy harakatlarni boshladilar. 1861 y. 12-13 aprelda janubliklar Samter fortini o‘qqa tutdilar va bosib oldilar. Bunga javoban A.Linkoln janubiy shtatlarni isyonkor deb e’lon qildi va armiyaga 75 ming qo‘ngillilarni chaqirdi. Fuqarolar urushi ikki asosiy bosqichdan o‘tdi: «Konstitutsion urush (1861-1862) va «Inqilobiy urush (1863-1865 yy.)». Harbiy harakatlar asosan sharqiy (potomak) frontida va G‘arbiy erlarda bo‘lib o‘tdi. Urushning birinchi ikki yili shimolliklar uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Federal armiyaning zaifligi, oddiy askarlar va zobitlarning bo‘sh tayyorgarligi ko‘zga tashlanardi. Janubliklarning kuchi to‘g‘ri baholanmagan edi. Lekin harbiy mag‘lubiyatlarning asosiy sabablari siyosiy sohada edi. Urushning maqsadi qulchilikni yo‘q qilish emas, balki Ittifoqni saqlab qolish, Konstitutsiyaga muvofiq harakat qilishga intilishlari shimolliklarga katta zarar etkazardi. SHimolliklar armiyasi bosh qo‘mondoni Mak-Klellan janubiy hayrihohligini yashirmasdi. Zobitlar ichida ham quldorlarga mayli borlar kam emasdi. SHimol qo‘mondonligi qabul qilgan «Anakonda» strategik rejasini (janubiy shtatlarni aylana qurshovga olish va tinchlikga majbur etish) amaliyotda qo‘llab bo‘lmasdi. Bundan tashqari shimoliy shtatlar ichkarisida quldorlar tarafdorlari federal hukumat harakatlariga to‘sqinliklar qilardilar, fitna va g‘alayonlar uyushtirar edilar. Linkoln hukumati esa bunday dushmanlarga qarshi keskin choralar ko‘rmasdi. Urush olib borish usullari xalqnging noroziligiga uchradi. Bu esa hukumatni inqilobiy-demokratik tadbirlar o‘tkazishga undadi. Armiyada eski zobitlar o‘rniga yangi demokratik zobitlar keldilar. Janubdan qochgan minglab negrlar federal armiya tarkibiga qo‘shildilar. Harbiy vazir Kameron va bosh qo‘mondon Mak-Klellan lavozimlaridan bo‘shatildilar. Kongressning muhim qo‘mitalarini respublikachilar egalladilar. 1862 yilda isyonchilar mulkini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun va o‘zlashtirilanayotgan erlarda qulchilikni ma’n qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. 20 may 1862 yilda, fermerlar o‘n yilliklar davomida talab qilib kelishgan, gomstedlar haqidagi qonun qabul qilindi. 1862 yilning 22 sentyabrida esa Linkoln Qulchilikni bekor qilish to‘g‘risidagi Proklamatsiyani e’lon qildi. Proklamatsiyaga ko‘ra qulchilik hech qanday to‘lovsiz 1 yanvar 1863 yildan boshlab bekor qilindi. Linkoln hukumati amalga oshirgan tadbirlar 1863-1865 yillarda inqilobiy urushga o‘tish imkonini yaratdi. Urushda Shimolning iqtisodiy ustunligi sezila boshlandi. Janub esa ham iqtisodiy ham harbiy jihatdan zaiflasha bordi. 1864 yil prezident saylovlarida A.Linkoln demokratlar nomzodi general Mak-Klellan ustidan g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba quldorlarga qarshi hal qiluvchi zarba berish uchun siyosiy zamin yaratdi. Quldorchilikning qulashiga federal armiyada negrlarning ishtiroki katta ahamiyatga ega edi. Armiyada 186 ming negr-askarlar jang olib bordilar. Bundan tashqari 250 ming negrlar fortifikatsion ishlarda jalb etildilar. Isyonchilarga qarshi eng kuchli zarbani 1864 yilning may oyida 60-minglik general Sherman armiyasining «dengizga yurishi» berdi. Sherman armiyasi g‘arbdan Djordjiya shtatiga bostirib kirdi. Tez orada Atlanta -shtat poytaxti shimolliklar tomonidan qo‘lga kiritildi. 1864 y. dekabrida esa Sherman armiyasi dengizga etib bordi. Shu paytning o‘zida general Grant boshchiligidagi potomak armiyasi Konfederatsiya poytaxti Richmondga harakat qildi. Richmond Janubdan, Savannadan, Sherman armiyasi etib kelgandan so‘ng shimolliklar qo‘liga o‘tdi. 1865 yil 9 aprelda Appomattoks yonida general Li boshchiligida quldorlar armiyasi taslim bo‘ldi. Urush yakunlandi. Lekin 14 aprelda A.Linkoln akter Buts tomonidan Ford teatrida o‘ldirildi. Erkinlikni qo‘lga kiritgan qullar erlardan, fuqarolik va siyosiy huquqlardan mahrum edilar, Janubda plantatorlik latifundiyalar saqlanib qolingan edi. Janubni Rekonstruksiyalash (qayta qurish, tiklash) davri 1865-1877 yillarni qamrab olib «Prezident Rekonstruksiyasi» va «Radikal Rekonstruksiyaga» bo‘ldanadi. Linkoln o‘limidan so‘ng prezidentlikni egallagan vitse-prezident Endryu Djonsonning «Prezident Rekonstruksiyasi» janubiy shtatlarning qulchilikni bekor qilinganligini tan olishi va Ittifoqqa sodiqligi to‘g‘risida qasamyod qilishi bilan cheklandi. Isyonning minglab qatnashchilari amnistiya qilindi va fuqarolik huquqlarida tiklandilar. Plantatorlarga urush davomida musodara qilingan mulklar qaytarib berildi. Negrlar na erlarga, na siyosiy huquqlarga ega bo‘lishdi. 1865-1866 yillarda Janubda qabul qilingan «Qora kodekslar» negrlarni erga egalik qilish va jamoat lavozimlarini egallash huquqlaridan mahrum qildi. Harbiylashgan plantatorlar tashkiloti Ku-kluks-klan (1865 y.) negrlarga qarshi terror uyushtirardi. 1866-1867 yillardan boshlab radikal respublikachilar plantatorlarga qarshi faol harakat olib bora boshladilar, shu tariqa Radikal Rekonstruksiya boshlandi. Respublikachilar ta’siri ostida janubiy shtatlardan saylangan kongressmenlar vakolatlarini kongress tan olmadi. Kongressda tuzilgan «15-lar Qumitasi» Rekonstruksiyani olib borishni o‘z nazoratiga oldi. Janubiy shtatlarga yana federal qo‘shinlar kiritildi, isyonning faol qatnashchilari fuqarolik huquqlardan mahrum etildilar. Konstitutsiyaning 14-tuzatishiga ko‘ra negrlarga fuqarolik huquqlari berildi. Faqat ushbu tuzatishni tasdiqlagan janubiy shtatlar Ittifoqga kiritilishi mumkin edi. Barcha amalga oshirilgan o‘zgarishlarga qaramasdan negrlarga erga egalik qilish huquqini berish masalasi hal etilmasdi. 1868-1876 yillardagi general Grant prezidentligi davrida korrupsiya AQSH-da misli ko‘rilmagan darajaga etdi. Janubda reaksiyaga burilish sodir bo‘ldi. SHtatlarning Rekonstruksiya xukumatlari birin-ketin ag‘darila boshlandi. Grant hukumati bunga qarshi hech qanday choralar ko‘rmadi. Rekonstruksiya 1876 yil prezident saylovlari bilan yakunlandi. Nomzodlardan-Xeys (respublikachi) va Tilden (demokrat)-hech biri ko‘pchilik ovoziga erisha olmadi. G‘alabaga Xeys erishganini tan olish evaziga respublikachilar Janubdan federal qo‘shinlarni olib chiqishga rozi bo‘ldilar. XX asr boshidan beri. Amerika Qo'shma Shtatlarida eng keng tarqalgani mamlakat madaniy hayotining turli sohalariga katta ta'sir ko'rsatgan pragmatizm edi.Ushbu oqimning asoschisi C.Tirs (1839-1914), uning eng yirik vakillari V.Geme (1842- 1910), J. Dyui (1859-1952), J. Mead (1863-1931). Pragmatizm sub'ektiv idealizmning boshqa shakllaridan farq qiladi, chunki u o'zining asosi sifatida sezgilarni emas, balki harakat qilayotgan sub'ektning maqsadlarini, niyatlarini, vazifalarini oladi. "Haqiqat foydali" emas, balki "foydali bo'lgan haqiqat" - bu pragmatizm printsipi XX asrning birinchi choragida. realizmning ikkita maktabi paydo bo'ldi: neorealizm (R.B. Perri, 1876-1957; V.P. Monteg, 1873-1954 va boshqalar); tanqidiy realizm (R.V.Selshre, 1880-1973, J. Santayana, 1863-1952, C.O. Strong, 1862-1940 va boshqalar). Bu maktablarning paydo bo'lishi falsafiy hayotga sezilarli tiklanish olib keldi.Qo'shma Shtatlardagi zamonaviy falsafa ko'plab falsafiy oqimlarga ega bo'lgan juda xilma -xil rasmni taqdim etadi. Pragmatizm avvalgi hukmron mavqeini yo'qotdi. Protestant falsafasi shaxsiylik ko'rinishida yoki ochiq fideistik shaklda namoyon bo'ladi. So'nggi yillarda katolik neotomistik falsafasi ancha faollashdi. AQShning statistik ma'lumotlariga ko'ra, amerikaliklarning 90% dan ko'prog'i Xudoga ishonishadi. 1955 yildan dollar kupyuralarida bosilgan; "Xudo biz bilan". Protestantizm AQShda eng keng tarqalgan. Qo'shma Shtatlar protestantizmning jahon markaziga aylandi; bu erda baptistlar, adventistlar, Iegova guvohlari va boshqalarning bosh qarorgohi joylashdi.Zamonaviy protestantizm 1948 yilda Butunjahon cherkovlar kengashini yaratishda o'z ifodasini topgan integratsiyaga intilish bilan tavsiflanadi, buning uchun 440 million dindorlari bo'lgan dunyoning 100 mamlakatidan 300 ta diniy uyushma a'zo bo'lgan.Protestantizm mafkurasi islohotchilarning ta'limotiga (Martin Lyuter, 1483-1546; Jon Kalvin, 1509-1564 va boshqalar) shaxsiy imon orqali najot topish, barcha imonlilarning ruhoniyligi, Injilning mutlaq vakolatiga asoslangan. , har bir mo'minning vositachisiz (cherkov, ruhoniylar) va'z qilish va ibodat qilish huquqi. Protestantizm cherkov ierarxiyasini, monastirlarni va monastirlikni tark etdi. Namozxonalar qurbongohlar, piktogrammalar, haykallarning ajoyib bezaklaridan ozod qilingan, qo'ng'iroqlar yo'q. Ilohiy xizmatlar nihoyatda soddalashtirilgan va o'z ona tillarida va'z qilish, ibodat qilish, sano va madhiyalar kuylashdan iborat. Hozirgi vaqtda AQShda protestantizm mustaqil cherkovlar, tashkilotlar va mazhablar yig'indisidir. Qo'shma Shtatlardagi eng katta cherkovlardan biri bu inglizlarnikiga o'xshash va 3,5 million faol a'zolari bo'lgan protestant episkop cherkovidir. Bu cherkov AQShda ham, chet elda ham missionerlik ishlarida faol. Qo'shma Shtatlarda 120 dan ortiq mustaqil cherkovlar va 5 million izdoshlari Hosil bayramlariga ega. Ular ham boshidanoq o'z faoliyatini mamlakat chegaralari bilan cheklamagan, balki "Muqaddas Hosil bayrami" g'oyalarini butun dunyoga tarqatishga harakat qilgan. Baptistlar kabi protestant harakatining izdoshlari AQShda ham keng tarqaldi. Baptistlar Muqaddas Kitobni (birinchi navbatda Yangi Ahd) ta'limotning yagona manbai deb bilishadi. Baptistlar azizlarni, monastirlikni tan olmaydilar, Iso Masihga Xudo va odamlar o'rtasidagi yagona vositachi sifatida e'tibor berishadi, ular o'zini qurbon qilib, gunohkorlarni qutqarishgan. Asosiy printsip: "Dunyoda yashang, lekin bu dunyodan bo'lmang", ya'ni er yuzidagi qonunlarga bo'ysuning, lekin yuragingizni butunlay Masihga bag'ishlang. Jamiyat chegaralaridan tashqarida bo'lgan muqarrar "dunyoning gunohkorligi" haqidagi va'z, eng oddiy axloqiy me'yorlarga qat'iy rioya qilish (spirtli ichimliklarni ichishdan bosh tortish, yomon so'zlar aytish, o'zaro qo'llab -quvvatlash va yordam berish) adolatsizlik va boshqalarning shafqatsizligi. Baptistlar har bir kishi, ayniqsa bolalar va yoshlar orasida, va'z qilishlari shart bo'lgan o'z e'tiqodlarini targ'ib qilishga alohida e'tibor berishadi. 1976 yilda amerikaliklarning 20 foizi o'zlarini baptist deb hisoblashgan, 70 foiz qora tanlilar. Amerikalik suvga cho'mish 7 milliondan ortiq a'zolari bor Jahon Baptistlar Ittifoqida etakchi rol o'ynaydi. Suvga cho'mish - katta kapitalga ega bo'lgan eng yirik protestant tashkiloti va o'z universitetlari, jurnallari, gazetalari, nashriyotlari, missionerlik jamiyatlari va boshqalar.Endi suvga cho'mish amerikalikning ajralmas qismidir. Baptistlar zamonaviy amerikalik protestantizm va umuman madaniyatiga katta ta'sir ko'rsatgan ko'plab teologlar va ijtimoiy mutafakkirlarni nomzod qilib ko'rsatdilar. Ular orasida "ijtimoiy xushxabarchilik" ning asoschisi va ilohiyotchisi V. Rauschenbush (1861-1918), noodatiy ilohiyotchi va ijtimoiy mutafakkir R. Niebuhr (1892-1971), V. Grem (1926 yil tug'ilgan)-asoschisi va rahbari. "Butunjahon evangelistlar assotsiatsiyasi", ko'plab kitoblarning muallifi, radiostansiyalar va turli nashrlarning egasiGrexem nasroniylikning ta'sirli tasvirlari va ramzlaridan foydalanib, xushxabar e'tiqodlarini ommaviy madaniyat darajasida va vositasida shakllantiradi; Martin Lyuter King (1929 - 1968) - AQShda qora tanlilarning fuqarolik huquqlari uchun kurash etakchilaridan biri, baptist dinshunosi. Uning "zo'ravonliksiz harakat" taktikasi qora tanli amerikaliklarni ajratish va kamsitish tizimini buzishda hal qiluvchi rol o'ynadi. Nihoyat, radio xushxabarchi J. Falvell (1933 y. T.) 1971 yildan buyon mashhur "Eski zamon Xushxabarining soati" teleko'rsatuvini olib bormoqda. Falvellning fikri eng aniq ifoda etilgan, Amerika, tingla! va "Fundamentalistik fenomen".Ammo Amerikaning eng yirik protestant cherkovlaridan biri metodistlar tomonidan namoyish etilgan. Metodistik ta'limot protestantizmning mashhur tamoyillariga asoslangan - Injilning obro'sini Muqaddas Yozuv sifatida tan olish, barcha imonlilarning ruhoniyligini qo'llab -quvvatlash va boshqalar; ikkita marosim yuboriladi - suvga cho'mish va birlashish. Metodizm tarixi turli xil bo'linishlarga, keyinchalik birlashgan mustaqil cherkov tashkilotlarining paydo bo'lishiga to'la. Ustavga muvofiq, metodistlar har yillik va umumiy konferentsiyalarda (har to'rt yilda) barcha cherkov ishlarini hal qilishadi. Jamoatning vakillari ishtirok etadigan umumiy konferentsiya cherkovning oliy qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi. Metodistlar Masih cherkovlari milliy kengashining faol a'zolari. Hozirda AQShda 23 cherkovda birlashgan 14 milliondan ortiq metodistlar bor. Eng kattasi (taxminan 10 mln.) - Birlashgan metodist cherkovi, 1968 yilda bir nechta metodistik konfessiyalarning birlashishi natijasida tuzilgan. Download 69.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling