Universiteti tarix fakulteti ashirqulov jamshid


Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolar


Download 69.16 Kb.
bet5/10
Sana05.05.2023
Hajmi69.16 Kb.
#1427643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolar. Urushga boshqa davlatlardan keyin qo‘shilgan, harbiy harakatlardan uzoqda joylashgan AQSH ancha kam qo‘shin yo‘qotdi, ammo urushda ishtirok etish Amerika biznesi uchun juda katta foyda keltirdi.
Urushdan oldin Yevropadan qarzdor bo‘lgan AQSH endi uning kreditoriga aylandi. Urushdan keyin AQSH qashshoqlashgan va vayron bo‘lgan Yevropadan olimlar va ilmiy kashfiyot larni yig‘ib oldi, yangi ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy qildi, yangi texnika va texnologiyalarning ajoyib muvaffaqiyatini namoyish etdi.
1924 – 1929-yillari jadal rivojlangan AQSH iqtisodiy jihatdan dunyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylandi. AQSHda iqtisdning eng yangi sohalari:
elektrotexnika, kimyo, aviatsiya, neft sanoa ti, avtomobilsozlik, kino sanoati, radio texnika jadal rivojlandi. Kir yuvish mashinalari, sovitkichlar, fotoapparatlar, patefon va radiopriyomniklar ommaviy ishlab chiqarila boshlandi. 1920-yillar oxiriga kelib
har ikki amerikalikning bittasida radiopriyomnik bor edi. Shu yillari yo‘lovchi aviatsiyasi davri boshlandi.
Shunday sharoitda 1928-yili kongresga bo‘lib o‘tgan saylovlarda yana respulikachilar g‘alaba qozondi. Ular partiyasidan prezidentlikka nomzod Gerbert Guver 1929-yil yanvarda AQSHning navbatdagi prezidenti qilib saylandi.
Ammo Amerikacha gullab-yashnash va ilg‘or kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotining bo‘sh tomoni ham bo‘lib, u doimiy yuz beradigan inqirozlarda
namoyon bo‘ladi. 1929-yil 24-oktabrda Nyu-York fond birjasida boshlangan inqiroz tufayli barqaror rivojlanish davri tugadi. AQSHning ortidan butun kapitalistik dunyo jahon iqtisodiy inqirozi girdobiga sho‘ng‘idi. Bu inqiroz
kapitalistik xo‘jalik shaklining XIX asr oxiri –XX asr boshlari uchun xos bo‘lgan tarixiy evolutsiyasini yakunladi.
1930-yillarning boshiga kelib AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisiga texnik taraqqiyotning yalovbardoriga aylandi. Iqtisodiy inqirozning butun qudrati ham shu yerda namoyon bo‘ldi. Xo‘jalikning an’anaviy tipi o‘z imkoniyatlarini
yakunladi. 1929 – 1932-yillari sanoat ishlab chiqarishi hajmi 50 % ga qisqardi, 13mln.ga yaqin kishi o‘z ish joylaridan mahrum bo‘ldi. AQSH prezidenti Gerbert Guver Amerikacha individualizm va liberalizm tamoyillarini himoya qilib, hech qanday ijtimoiy choralar ko‘rishga rozi bo‘lmadi. 1932-yil noyabrdagi saylovlarda Guverga qarshi demokratik partiyadan Franklin Ruzvelt nomzodi qo‘yildi. O‘ta shuhratparast bo‘lgan bu shaxs o‘z umrini siyosiy faoliyatga bag‘ish ladi. U AQSH prezidentligiga qatorasiga to‘rt marta (1932, 1936, 1940, 1944) saylangan yagona shaxs. Shuning o‘zi ham uning AQSH tarixidagi g‘oyat katta rolidan dalolat beradi.
Franklin Ruzvelt umumiy muhit talabidan kelib chiqib, nutqlaridan birida: «Men Amerika xalqiga yangi kurs va’da qilaman», – dedi. «Yangi kurs» degan bu jozibador so‘z ommaviy shior va siyosatning nomiga aylandi. «Yangi kurs» Amerika
kapitalizmining xarakterini o‘zgartirib yubordi. U AQSH iqtisodini yangi, buyuk davlatchilik intilishlari avj olgan davrga mosladi.Shu tariqa 1930-yillarning ikkinchi yarmida AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi. Ayni paytda ular boshqa bir,ko‘proq tashqi siyosat bilan bog‘liq muammolarga duch keldi.

Download 69.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling