Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
Flektiv tillar. Flektiv tillarda so`zlarning morfologik
tuzilishida fleksiya asosiy o`rin tutib, u ichki va tashqi turlaga bo`linadi. Fleksiyada bir grammatik vosita bir necha grammatik ma'noni ifodalash uchun qo`llanishi bilan xarakterlanadi. Masalan, rus tilidagi ruka so`zidagi -a okonchaniyesi bir yo`la jenskiy rod, birlik son, imenitelniy padej ma'nolrini ifodalaydi. Flektiv tillarda affikslar asosdan oldin ham (prefikslar), keyin ham (suffikslar), o`rtada ham (infikslar) kelishi mumkin. Flektiv tillarga, 194 avvalo, hind-yevropa tillari kiradi va ular asosda o`zgarishlar yuz berishi bilan xarakterlanadi. Masalan, rus tilida бегать – бежать, летать – лечу va h.k.Ushbu tillar analitik va sintetik tuzilishga ega bo`lib, analitik tuzilishda grammatik ma'nolarni ifodalashda yordamchi so`zlar, so`z tartibi va ohang katta rol o`ynaydi. Analitik tuzilishli tillarga ingliz, fransuz, nemis, arab va boshqa tillar kiradi. Sintetik tuzilishda esa grammatik ma'nolar so`z shakllari tarkibidagi fleksiyalar – o`zgarishlar, shakl hosil qiluvchi suffikslar va prefikslar orqali ifodalanadi. Sintetik tuzilishli tillarga rus, polyak, belorus, litva va boshqa tillar kiradi. Bunday tillarda turlovchi va tuslovchi qo`shimchalar bir necha turli bo`ladi. Nutqda so`zlar orasidagi sintaktik munosabatlari asosan fleksiyalar asosida amalga oshiriladi. Analitik flektiv tillarda, garchi fleksiyalar bo`lsa ham, ularning miqdori katta emas, gapdagi so`zlar orasidagi sintaktik munosabat ko`proq so`z tartibi va yordamchi so`zlar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun analitik tillarda so`z tartibi qat'iy, har bir gap bo`lagi o`z o`rnida turishi shart. Bu tillarda odatda gapning egasi birinchi o`rinda (kesimdan oldingi o`rinda), kesim ikkinchi o`rinda (egadan keyingi o`rinda), agar kesim o`timli fe'l bilan ifodalangan bo`lsa, unda uchinchi o`rinda (kesimdan keyin) to`ldiruvchi turadi. Sintetik flektiv tillarda so`z tartibi nisbatan erkin bo`ladi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling