Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet135/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

polisintetik 
(mujassamlashtiruvchi) tillar deb atalib, ularning asosiy tuzilish xususiyati gap 


195 
tarkibida so`zlarning birikib, xuddi qo`shma so`zlar singari birgalikda yozilishidir. 
Natijada bunday tillar hech qanday morfologik ko`rsatkichlarsiz bog`lanadigan bir 
butun sintaktik qurilmalardan iborat bo`ladi. Ushbu sintaktik qurilmalar egadan 
boshlanib kesim bilan tugaydi, gap o`rtasida esa to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol 
bo`laklari joylashadi. Masalan, chukot tilidagi тыатакаанмыркын murakkab 
sintaktik qurilmada ты — men, ата — yog`, каа — bug`u, нмы — o`ldirmoq, ркын 
qilmoq so`zlari o`zaro birikgan holda Я жирных оленей убиваю ёки Мен 
yog`li(semiz)кийикларни ўлдиряпман ma’nosini ifodalaydi. 
Demak, bu o`rinda men-yog`-bug`u-o`dirmoq-qilmoq so`zlari alohida 
so`zlar emas, balki mazmunan bog`langan gap bo`laklari bo`lib kelmoqda. 
Polisintetizm hodisasi hindu tillariga, Shimoli-sharqiy Osiyodagi chukot, koryak, 
kamchadal kabi tillarga xosdir. 
2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik 
Qiyosiy tilshunoslik, komparativistika — tilshunoslikning qarindosh tillarni, 
yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi 
munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy 
taraqqiyotini tavsiflovchi sohasi; til oilalarining, shu tizimlardagi ayrim tillar va 
elementlarning kelib chiqishini aniqlash, jumladan, tillar oʻrtasidagi genetik 
qarindoshlikni — ularning yagona bir manba (bobo til)dan kelib chiqqanligini 
aniqlash (tillarning genealogik tasnifi) ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning 
maqsadlari doirasiga kiradi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tillar tarixini qayta tiklash 
(rekonstruksiya qilish)da asosiy tadqiqot vositasi sifatida qiyosiy-tarixiy metoddan 
foydalanadi. Tadqiqotning eng umumiy shakli — (eng avvalo fonetikani qamrab 
oladigan) qiyosiy-tarixiy grammatikalar va (leksikani namoyon etuvchi) 
etimologik lugʻatlar tuzishdan iborat. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tavsifiy yoki 
sinxronik tilshunoslik, meʼyoriy va umumiy tilshunoslikka qarshi turib, ularni 
inkor etadi; shu bilan birga, u bir qancha masalalarda tavsifiy tilshunoslik bilan 
ham, umumiy tilshunoslik bilan ham oʻzaro aloqada, bogʻliqlikda boʻladi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikda qoʻllanuvchi qiyosiy-tarixiy metodning asosiy 
tadqiqot usullari quyidagilardir: 1) tashqi (qiyosiy) rekonstruksiya (tor maʼnodagi 
qiyosiy-tarixiy metod) — qarindosh tillardagi genetik jihatdan teng , oʻxshash soʻz 
va morfemalarni qidirib topish va bobo tildagi izchil tovush oʻzgarishlarining 
qarindosh tillardagi natijalarini aniqlash; bobo tilning taxminiy-faraziy modelini 
yaratish va keyinchalik undan kelib chiqqan avlod tillarning aniq morfemalarini 
tiklash qoidalarini tuzish; taqqoslanayotgan tillar oʻrtasidagi mosliklar tizimini 
(fonetika, morfologiya, sintaksis, leksika, frazeologiyada) aniqlash va shu asosda 
tillarning qarindoshligini belgilash va b.; 2)ichki rekonstruksiya — ayrim olingan 
bir til tizimida ushbu til tarixining ancha ilk bosqichlarida baʼzi bir elementlarning 
mavjud boʻlganligi haqida aniq guvohlik beruvchi hodisalar va oʻzaro 
munosabatlarni aniqlash; ayrim bir tildagi eng qadimiy shakllar bilan eng yangi 
shakllarni oʻzaro taqqoslash; 3)oʻzlashma (rekonstruksiya qilinayotgan tillarga 
oʻzlashgan yoki shu tillardan boshqa tillarga oʻzlashtirilgan) soʻzlar tahlilidan 
maʼlumotlar chiqarib olish; 4)toponimika materiallaridan maʼlumotlar chiqarib 
olish va boshqalar. Amalga oshirilgan rekonstruksiyalar til tizimining barcha 


196 
tomonlarini: fonologiya, morfonologiya, morfologiya, leksika, qisman sintaksisni 
qamrab oladi. Biroq ushbu rekonstruksiyalarni tarixan aniq bir bobo til bilan 
bevosita tenglashtirib boʻlmaydi, ular tarixiy haqiqat boʻlmish bobo til haqidagi 
mavjud maʼlumotlarni modellashtiradi, xolos; ushbu maʼlumotlar baʼzi obʼyektiv 
sabablarga koʻra barcha avlod tillarda yoʻqolib ketgan morfemalar hamda 
fonemaviy ziddiyatlarni aniq rekonstruksiya qilish imkoniyati yoʻqligidan, 
muqarrar ravishda toʻliq, mukammal boʻla olmaydi; bir qator rekonstruksiyalar 
taxminiyfaraziy holatda boʻladi. 
Tillarni tarixiy taraqqiyotsiz qiyoslash, tarixiy qiyoslashdan farqli ravishda
qarindosh va noqarindosh tillarni chogʻishtirish deb atalib, u avvaldan 
Yevropaning antik davrida (yunon va lotin tillarini chogʻishtirish), qadimiy 
Hindistonda (sankrit bilan prakritlarni — oʻrta hind tillarni chogʻishtirish), XI—
XII asrlar Sharq tilshunosligida (M.Koshgʻariy va M.Zamaxshariy lugʻatlarida 
qarindosh va noqarindosh tillar lugʻaviy birliklarning chogʻishtirilishi) mavjud 
boʻlgan. Chogʻishtirma tilshunoslik XVII—XVIII asrlarda Yevropadagi va 
dunyoning boshqa mintaqalaridagi turlituman qarindosh tillar boʻyicha tadqiqot 
materiallarining toʻplana borishi bilan yanada rivojlanadi va Qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslikning paydo boʻlishiga zamin hozirlaydi. 
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning, eng avvalo, uning magʻzi boʻlmish qiyosiy 
tarixiy grammatikaning paydo boʻlishini odatda XVIII asr oxirida yevropalik 
tilshunoslarning sanskrit bilan tanishuvlariga bogʻliq deb hisoblaydilar (mas, nemis 
olimi F.Shlegelning "Hindlarning tili va donoligi" (1808) asari, ingliz olimi U. 
Jounzning "Sanskrit bilanklassik tillar" (yunon va lotin) orasida qarindoshlik 
borligi haqidagi fikrlari va boshqalar). Lekin Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka asos 
soluvchi asarlar XIX asrning 1-choragida maydonga keldi. Nemis tilshunosi 
F.Boppning "Sanskrit tilining tuslanish tizimi haqida va uni yunon, lotin, fors va 
german tillaridagi tuslanish tizimiga qiyoslash" (1816) va 3 jildli "Sanskrit, zand 
(avesto), arman, yunon-lotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy 
grammatikasi" (1833—1852) asarlari hamda daniyalik olim R.K.Raskning 
"Qadimiy shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi" (1818) 
asari qiyosiy tilshunoslik sohasidagi dastlabki jiddiy tadqiqotlaridir. Shuni aytish 
kerakki, F.Bopp va R.K.Rask bir-birlarining tadqiqotlaridan bexabar holda, 
mustaqil ravishda qiyosiy tilshunoslikka asos soladilar. Nemis tilshunosi 
Ya.Grimm esa oʻzining 4 jildli "Nemis grammatikasi" (1819—1837) va 2 jildli 
"Nemis tili tarixi" (1848) asarlari bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka maʼlum hissa 
qoʻshib, tilshunoslik metodologiyasiga tarixiylik tushunchasini kiritadi. Rus 
tilshunosi A.X. Vostokov oʻzining "Slavyan tili haqida mulohazalar" (1820), 2 
jildli "Cherkov slavyan tili lugʻati" (1858—1861) bilan, chex tilshunosi 
Dobrovskiy esa "Qadimgi slavyan tili grammatikasi" (1822) va boshqalar asarlari 
bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning slavyanshunoslik tarmogʻini asoslab, uni 
rivojlantirdilar. Shunday qilib, F. Bopp, R.K .Rask, Ya.Grimm, A.X.Vostokovlar 
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va bu tilshunoslikning ilmiy tekshirish metodi boʻlgan 
qiyosiy-tarixiy metodga asos soldilar. Grimm va nemis olimi A.Pott esa Qiyosiy-
tarixiy tilshunoslikning asosi boʻlgan qiyosiy-tarixiy fonetikani fan sifatida 
amaliyotga kiritdilar. Bobo tilni rekonstruksiya qilish yoʻlidagi dastlabki jiddiy 


197 
urinishlar XIX asr oʻrtalarida nemis olimi A.Shleyxer tomonidan amalga 
oshirilgan. Tillarning yozuvgacha boʻlgan tarixi materiallarini, eng avvalo 
fonemalarni, dalillar asosida rekonstruksiya qilishning aniq metodikasi (daniyalik 
K.Vernerning, 
nemis 
olimi 
K.Brugman 
boshchiligidagi 
"yosh 
grammatikachilar"ning , F.de Sossyur va boshqalarlarning asarlarida) XIX asrning 
soʻnggi choragida ishlab chiqilgan. Ushbu metodika hozirgi qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslikning ham asosi hisoblanadi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yangi 
bosqichi A.Meye, fransuz olimi A.Benvenist, daniyalik X.Pedersen, polyak olimi 
Ye.Kurilovich, italiyalik V.Pizani, rus olimlari A.V.Beletskiy, A.V.Desnitskaya, 
V.M.IllichSvitich va boshqalarning nomlari bilan bogʻliq. Qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslik fani Hindistondan Yevropagacha boʻlgan oʻzaro qarindosh tillarni 
qiyoslash va eng qadimiy shakllarni tiklashga urinish asosida yaratilganligi uchun 
baʼzan hind-yevropa tilshunosligi deb ham atalgan. 
Hind-yevropa tillari qarindoshligini oʻrganish va german tillarini tadqiq 
qilishdan 
tashqari 
XIX 
asrning 
2-yarmidan 
boshlab 
slavyanshunoslik, 
boltiqshunoslik, romanshunoslik (romanistika), eronshunoslik, keltshunoslik, 
hindshunoslik, somshunoslik (semitologiya) ham qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning 
keng rivojlangan sohalari hisoblangan. XX asrning 1-yarmida mazkur sohalar bilan 
bir qatorda hind-yevropa tillarining boshqa guruhlarini qiyosiy-tarixiy oʻrganish, 
ural tilshunosligi (ayniqsa finugorshunoslik), turkiyshunoslik, moʻgʻulshunoslik 
ham keng rivojlandi. Qiyosiy-tarixiy jihatdan muvofiqligi oʻrganilayotgan tillar 
doirasi kengayib bormoqda (tungusmanjur, dravid, kartvel, xitoytibet, avstronez 
tillari, Afrikadagi somhom tillari, bantu tillari, indeys tillarining bir qancha 
guruhlari va boshqalar). Uzoq qarindosh tillarni (nostratik tillar, Amerika, Afrika, 
Okeaniyadagi tillarning makro oilalarini) oʻrganish rivojlanmoqda. Qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslik boʻyicha tadqiqotlarning natijalari tillarning genealogik tasnifiga asos 
boʻlib, etimologiya va lingvistik paleontologiyaning ilmiy poydevori hisoblanadi. 
Tarixchilar uchun esa xalqlar etnogenezi, ularning yozuvga qadar boʻlgan tarixi, 
qadimiy xalqlar madaniyati va oʻzaro aloqalari haqidagi lingvistik maʼlumotlardan 
foydalanish imkonini beradi. 
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik XIX asr — XX asr boshlarida, asosan, 
Germaniya, AvstroVengriya va Skandinaviya mamlakatlarida rivojlangan boʻlsa, 
keyingi paytlarda bu tilshunoslik Rossiya (SSSR), AQSH, Gʻarbiy Yevropa, 
Finlyandiya, 
Shvetsiya, 
Vengriya, 
Yaponiya, 
Hindiston 
va 
boshqalar 
mamlakatlarda ham taraqqiy etmoqda. Turkiyzabon davlatlarda ham Qiyosiy-
tarixiy tilshunoslikka qiziqish kuchayib bormoqda, qarindosh va noqarindosh 
tillarni oʻzaro qiyosiy oʻrganishga, lugʻaviy, morfologik birliklarning tarixiy 
shakllarini aniqlashga eʼtibor berilmoqda. Xususan, Oʻzbekistonda oʻzbek-
qoraqalpoq, oʻzbek-turkman, oʻzbek-qozoq, oʻzbek-tojik, oʻzbek-rus tillarini, 
Qozogʻistonda qozoq-oʻzbek, qozoq-moʻgʻul tillarini qiyosiy oʻrganish boʻyicha 
muayyan izlanishlar olib borilgan. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling