Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leksik-semantik distributsiya
- 4. Valentlik tahlil usuli
Morfologik distributsiya – bu bir so‘z turkumini boshqa so‘z turkumlari
bilan munosobatga kira olishidir (sifat va ot, ravish va fe’l, artikllar va ot va hakozo). Bunda morfemalar aniqlanib, ularning aloqalari talqin qilinadi, izohlanadi. Leksik-semantik distributsiya – til elementlarining ma’no jihatidan o‘zaro aloqa qilish qobiliyatidir. Sintaktik distributsiya – gap bo‘lakarining bir-biriga nisbatan joylashuvi va munosabatidir. Tilda birliklarni qismlarga, ma’noli qismlarga ajratish segmentatsiya deyiladi. 4. Valentlik tahlil usulida so‘zning nutq faoliyatidagi semantik-sintaktik, funksional faolligini o‘rganish, uning ma’noga bog‘liq imkoniyatlarini yoritish masalalari o‘rganiladi. Bunda so‘zning o‘z ma’nosi asosida boshqa so‘zlar bilan semantik munosabatga kirishuvi, ularni o‘ziga biriktirish xususiyatlari o‘rganiladi, so‘zlar orasidagi semantik munosabat bevosita sintaktik munosabatni yuzaga keltirishi, ya’ni semantik sintagmalar, sintaktik konstruksiyalarni hosil qilishi aniqlanadi. Ushbu metod har bir so‘zda valentlik imkoni mavjud bo‘lishi va u sintaktik aloqada yuzaga chiqishi, valentlikning nutqda – so‘zlar orasidagi turlicha bog‘lanishlarda, ya’ni xususiyliklarda namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. 3.Qiyosiy-tarixiy metod XIX asrning 1-choragida yuzaga kelgan mazkur metod lingvistik metodlar ichida eng faoli hisoblanib, unda o‘zaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning birliklari (tovush, qo‘shimcha va so‘zlar) tarixiy jihatdan qiyoslanadi, ular orasidagi o‘xshashliklar aniqlanib, ularning dastlabki tarixiy shakllarini tiklashga harakat qilinadi. Bu vazifalar quyidagi usullar vositasida amalga oshiriladi: 245 qiyoslash uchun material to‘plash; qiyoslanadigan birliklarni belgilash; birliklar tarkibidagi o‘zgarishlar xronologiyasini aniqlash; so‘z va morfemalarning qadimgi shakli va ma’nolarini tiklash. tillarni qiyosiy o‘rganish va ularning bir-biriga qarindosh va qarindosh emasligini aniqlash; qarindosh deb tanilgan tillarni bir-biri bilan qiyoslab, ularning bobo tilini tiklash. Ushbu metod XIX asrning boshlarida paydo bo‘lgan deyilishiga qaramay, bu yo‘nalish bilan olimlar oldinroq shug‘ullanishga kirishganlar. Unda qiyoslash uchun dalillar faqat qarindosh tillardan - genetik tenglikka ega bo‘lgan tillardangina olinadi. Masalan: ruscha svetok, polyakcha kwiatok “gul”; forscha now, ruscha nov(ыy), nemischa neu, inglizcha new “yangi”; grekcha pater, patras, lotincha pater, sanskritcha pitar, nemischa vater, forscha padar, ruscha papa, hindcha “bobo”,”ota” demakdir. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling