Universiteti "tasdiqlayman"


Alisher Navoiy - chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Alisher Navoiy - chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi. 
Alisher Navoiy o`z ona tilida badiiy ijod qilish, ona tilining butun go`zalligi, 
tarovatini amalda ko`rsatish bilangina cheklanib qolmadi. Ona tilini o`sha davrda 
badiiy adabiyot uchun an’ana bo`lib qolgan fors tiliga qiyoslab, bu tildan hech 
qolishmasligini, hatto bahzi o`rinlarda ustunroq turishini ilmiy jihatdan ham 
isbotlab bermoqni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. Ana shu maqsadda 1499-yilda 
ikki til muhokamasiga - ikki tilning chog`ishtirma fammatikasiga bag`ishlangan 
maxsus asarini - «Muhokamat ul-lug`atayn» asarini yaratdi. 
Alisher Navoiyning bu asarining maydonga kelishi bilan dunyo 
tilshunosligida yangi sahifa ochildi. Tilshunoslikning hozirgi kunda chog`ishtirma 
(kontrastiv) lingvistika deb yuritiluvchi yangi yo`nalishiga asos solindi. 
Chog`ishtirma tilshunoslikning o`ziga xos xususiyati shundaki, ikki tizimga 
mansub bo`lgan tillar tilning barcha sathlari bo`yicha bir-biriga solishtiriladi. 
Ularning o`ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. 


78 
Afsuski, tilshunoslik tarixida chog`ishtirma tilshunoslikning ‘aydo bulishi 
G`arb tilshunoslarining nomi bilan bog`lanadi va bu tilshunoslik yo`nalishining 
boshlanishi XIX asrdan deb belgilanadi. Bu fikrlar G`arb olimlarining Alisher 
Navoiy asarlaridan bexabarligidan ‘aydo bulgan. Agar boxabar bo`lganlarida edi, 
Alisher Navoiyning lingvistik merosidan hayratga tushgan va, so`zsiz, uni 
chog`ishtirma tilshunoslikning otasi deb hisoblagan bo`lardilar. Chunki 
«Muhokamatul-lug`atayn» asarida chog`ishtirma tilshunoslikning barcha belgilari 
mavjuddir. 
Birinchidan, solishtirish uchun turli tizimdagi tillar olinadi. Turkiy tillarga 
mansub bulgan turk (o`zbek) tili bilan hind-ovrupo tillarining eroniy tarmog`iga 
oid sart (fors-tojik) tili o`zaro muqoyasa qilinadi. O`rni bilan somiy tillariga 
mansub bulgan arab tiliga ham solishtiriladi. 
Ikkinchidan, solishtirish uchun keltirilgan daliliy 
misollar tasodifiy bo`lmasdan, tilning butun tizimini 
qamrab oladi. Fonetik tuzilishdan tortib sintaktik 
tuzilishgacha har ikki tizimga mansub bulgan tillar 
solishtiriladi. 
Ularning o`ziga xos tomonlari haqida qimmatli 
xulosalar 
beradi. 
Ikki 
tilning 
muhokamasiga 
bag`ishlangan bu asar Alisher Navoiyning turk (o`zbek) 
jonli so`zlashuv tilini ham naqadar chuqur o`zlashtirgan, 
har bir qavmning til xususiyatlari uning e`tiborida bo`lgan, ayni ‘aytda, fors va 
arab tillarining ham zukko bilimdoni sanalgan keng qamrovli tilshunos ekanligini 
to`la namoyish etadi. 
Xullas, Alisher Navoiy tilshunoslikning bir qator sohalari - fonetika, 
morfemika, so`z yasalishi, morfologiya, sintaksis kabi masalalari yuzasidan 
qimmatli fikrlarini bayon qiladi. Til va tafakkur, tilning va tillarning paydo 
bo`lishi, tilda umumiylik va xususiylik kabi bir qancha tilshunoslikning 
umumnazariy masalalari yuzasidan o`z qarashlarini bayon qilgan kontrastiv 
(chog`ishtirma) tilshunoslikka asos solgan buyuk tilshunos allomadir. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling