Universiteti "tasdiqlayman"


Temuriylar davrida o`zbek tilshunosligi


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Temuriylar davrida o`zbek tilshunosligi. O`zbek xalqi tarixida temuriylar 
davri zarhal harflar bilan ajralib turadi. Sohibqiron Amir Temur davrining yetuk 
bilimdoni bo`lgani uchun uzi barpo etgan buyuk imperiya hududida ilm-fan, 
madaniyat, san`at, arxitekturaning rivojiga alohida ahamiyat berdi. Dunyoning turli 
joylaridan olimu fuzalolarni saroyga yig`ib, ularga izzat-ikrom ko`rsatdi. Ijod 
qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratib berdi. Temur tuzuklarida yozilishicha, 
saroy majlisida olimu fuzalolar doimo Sohibqiron yonidan joy olganlar. Shuning 
uchun ham bu davrda ilm-fan, madaniyat, sanhat gullab-yashnadi. Imperiya 
hududi, ayniqsa, uning poytaxti Samarkand ulkan qurilish maydoniga aylandi. Bu 
davr G`arb olimlari to`fi tahkidlaganidek, Markaziy Osiyoning Uyg`onish davri 
edi. 
Amir Temur turk (o`zbek) tilining obro`-e`tiborini ko`tarish, uning funksiya 
doirasini kengaytirish, bu tilni diplomatik munosabatlar, davlatning turli hujjatlari 
yuritiladigan tilga aylantirishga alohida ahamiyat berdi. Shuni tahkidlash kerakki
Sohibkironning turk (o`zbek) tilining haq-huqukini tiklash uchun harakati o`sha 
davrda badiiy adabiyotda, davlatning rasmiy hujjatlarida anhanaviy til bo`lgan fors 
tilini kamsitish hisobiga bo`lmadi. U tilning rivojiga ham keng imkoniyat yaratib 
berdi. Xalqlar o`rtasida til asosida konflikt chiqishiga mutlaqo yo`l qo`yilmadi. 
Ikki tillilik imperiya hududida keng tarkaldi. 
Amir Temur turk (o`zbek) tilining fors tili bilan teng nufuzga ega bo`lishi 
uchun barcha shart-sharoitni yaratishga harakat qildi. O`zi ham tuzuklarini va ko`p 
davlat yozishmalarini turk (o`zbek) tilida yozdi. Bu esa turk tilining davlat tili 
mavkeiga ko`tarilishiga imkoniyat yaratdi. XX asrning buyuk yozuvchisi Chingiz 
Aytmatov, Sohibqironning ana shu xizmatlarini nazarda tutib, hozirgi barcha 
turkiyzabon xalqlar Amir Temur oldida qarzdor ekanligini tahkidladi. 
Amir Temur va temuriylar turk tilida badiiy asarlar yaratishga alohida 
ahamiyat berdilar. Shuning uchun temuriylar saroyida bir qancha turkiyzabon 
adiblar izzat ikromga sazovor bo`ldilar. 
Xususan, Mavlono Lutfiy Shohruh Mirzo saroyida xizmat qilib, o`z 
zamonasining «Malik ul-Kalom» iga aylandi. 
Sakkokiy Mirzo Ulug`bek saroyida ijod qildi va Ulug`bekning izzat-
ikromiga sazovor bo`ldi. Olim-fozillarga katta hurmat bilan qaraganligi, ilm-
mahrifatga ahamiyat berganliklari tufayli temuriylar uz oilalarida bola tarbiyasiga, 
ularning ilm olishlariga ham e`tiborni kuchaytirdilar. Buning natijasida 
temuriylardan bir qator olimlar, shoirlar yetishib chikdi. Mirzo Ulug`bek, mashhur 
«Taashshuqnoma» asarining muallifi Sayid Ahmad ibn Mironshoh, Husayn 
Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday temuriyzodalardandir. 
Temuriylar saroyida o`sib-ulg`aygan Alisher Navoiy Amir Temur niyatini 
to`la amalga oshirishga bel bog`lab, o`zbek adabiy tilining yalovbardori bo`lib 
maydonga chikdi. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling