Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Rasmus Xristian Rask (1787-1832) – daniyalik tilshunos. Asarlari: “Island 
tili bo‘yicha qo‘llanma” (1811), “Island tilining kelib chiqishi” (1818), “Frakiy 
tili haqida” (1822). R.Rask tillarni leksik jihatdan 
qiyosladi, germanistikaga asos soldi, slavyan tillari mustaqil 
tarmoq ekanligini isbotladi.  
Yakob Grimm (1785-1863) – nemis tilshunosi. 
Asarlari: “Nemis grammatikasi” (4 tom, 1819-1837), 
“Nemis tili tarixi” (1848). U german tillarining tarixiy 
fonetikasini yaratdi, tildagi o‘zgarish va taraqqiyotni 
tovushlarning o‘zgarishida ko‘rdi, jumladan, buyuk 
ko‘chish qonuni asosida undoshlarning siljiganini isbotlab berdi. Xalq tarixini 
o‘rganishda tilning taraqqiyotini asosiy deb bildi. 
Tilshunoslik metodologiyasiga tarixiylik tushunchasini 
kiritgani uchun u tarixiy grammatikaning asoschisi 
hisoblanadi. “Nemis tili tarixi” asarida: “Bizning tilimiz 
bizning tariximizdir. Xalqlar haqida suyaklar, qurollar 
va mozorlarga qaraganda jonliroq bo‘lgan guvoh bor. 
Bu – ularning tilidir. Til – inson ruhining guvohidir”, - 
deb yozgan edi. 
Aleksandr Xristoforovich Vostokov (1781-1864) 
– rus tilshunosi. Asarlari: “Slavyan tili haqida mulohazalar” (1820), “Rus 
grammatikasi” 
(1831), 
“Rumyansev 
muzeyidagi 
rus 
va 
slavyan 
qo‘lyozmalarining tasviri”, “Cherkov slavyan tili lug‘ati” (1858-1861). U 
slavyan tillari tarixiy taraqqiyotini davrlashtirgan, shu oilaga mansub tillarni 
tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rganishni boshlab bergan olimdir. 
Xulosa qilib aytganda, bu davrda ijod qilgan olimlar juda katta amaliy ish 
bajardilar. R.Rask skandinaviya tillarini, F.Bopp Yevropa tillari va qadimgi hind 
tilini, Ya.Grimm esa got-german tillarini tadqiq qilib, bu tillarning yagona oilaga 
mansubligini o‘rganadi. Ushbu olimlar olib borgan tadqiqotlar komparativistika – 
qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishiga va 
tilshunoslik fanini mustaqil fan sifatida shakllanishiga 
zamin yaratdi. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling