Universiteti "tasdiqlayman"


XVII-XVIII asrlarda tilshunoslikdagi


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

 
3.XVII-XVIII asrlarda tilshunoslikdagi 
o‘zgarishlar 
XVII asr tilshunoslari ratsionistlarning “aql inson faoliyatida yetakchi rol 
o‘ynaydi”, degan fikrini olib, uni tilga tadbiq qilganlar, ya’ni aqlga, mantiqqa 
aloqador bo‘lgan qonuniyatlarni tilga nisbatan qo‘llaganlar. Shuning uchun Por-
Royal tadqiqotchilari tadqiqot ishlarini fransuz tilini tavsiflashdan boshlagan 
bo‘lsalar ham, o‘z fikrlarini dalillashda grek, lotin, hatto qadimgi yahudiy tili 
dalillariga ham murojaat qilganlar. XVII-XVIII asrlar davomida “ratsional” va 
“universal” grammatikalarning bir necha variantlari 
yaratilgan bo‘lib, ular falsafiy, mantiqiy grammatika deb 
ham yuritilgan. Ularning fikricha, gap mantig‘ida universal 
grammatikaning falsafiy asosi bo‘lgan ratsionalizm mavjud 
(ratsionalizm – aql).
Birinchi bosqichning asosiy namoyondalari: 
Frans Bopp (1791-1867) – buyuk nemis tilshunosi, 
Berlin 
universiteti 
professori, 
qiyosiy-tarixiy 
metod 
asoschisi. Asarlari: “Sanskrit tilining tuslanish sistemasi 
va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish 
sistemasiga qiyoslash” (1816), “Sanskrit, zend, arman, 
grek, lotin, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy 
grammatikasi” (3 tom, 1833-1852).
F.Bopp tillarning morfologiyasini qiyoslash asosida 
qarindoshligini isbotlashga harakat qilgan, hind-Yevropa tillari 
atamasini olib kirgan. U yaratgan agglyutinatsiya nazariyasiga 
ko‘ra, so‘z o‘zgartiruvchilar ilgari mustaqil qo‘llanib kelgan 
o‘zaklarning keyinchalik asosiy o‘zakka birikishidan, ya’ni 


85 
agglyutinatsiyasidan kelib chiqadi. Masalan, shaxs-son affikslari olmosh 
o‘zaklaridan kelib chiqqan. Biroq u fonetikaga e’tibor qaratmadi, malay, 
polineziya va janubiy kavkaz tillarini ham hind-Yevropa tillariga kiritib jiddiy 
xatoga yo‘l qo‘ydi.

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling