Universiteti "tasdiqlayman"
3.Alisher Navoiyning lingvistik qarashlari
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
73 3.Alisher Navoiyning lingvistik qarashlari. Jahon madaniyati tarixida katta obro`-e`tiborga sazovor bo`lgan Alisher Navoiy butun faoliyatini o`zbek madaniyatini dunyoga tanitish, o`zbek tili mavqeini baland ko`tarishga bag`ishladi. Alisher Navoiy o`zigacha bo`lgan turkigo`y shoirlardan Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Amiriy, Gadoiy va Mavlono Lutfiylarning nomlarini hurmat bilan tilga oladi. Lekin forsiy shoirlar qarshisiga chiqadigan, ular bilan dadil bellasha oladigan yolg`iz Mavlono Lutfiydan o`zga shoir paydo bo`lmaganidan afsuslanadi. Hamon badiiy adabiyotda fors-tojik tili yetakchilik qilmokda, o`zbek tilining imkoniyatlari yashirin qolmokda edi. Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: “Bu alfoz va iboratda bu navh daqoyiq ko`pdurkim, bu kunga degincha hech kishi haqiqatig`a mulohaza qilmag`on jihatdin bu yashurun qolibdur... va filhaqiqat, agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafzda vushat (kenglik) va maydonida muncha fusxat (ochiqlik) topilur...» Shoir turk (o`zbek) tilini xazina, chamanzor hisoblaydi. Bu shunday xazina va chamanzorki, atrofi el oyog`i yetishidan asralgan va qimmatbaho narsalarga boshqalarning qo`li tegishidan saqlangan. Ammo «mahzanining yiloni xunxor (qonxo`r) va gulshanining tikani behad va shumor (son-sanoqsiz)». Shoirlar ilonlarning nayzasidan qo`rqib, bu xazinadan baxra ololmay o`tganlar. Go`yo nazm tudasining guldasta bog`lovchilari tikanlar sanchilishi zararidan hadiksirab, bu chamanzordan gulni qo`lga kiritolmaganlar. Fors-tojik adabiyoti o`zbek adabiyotiga nisbatan ancha qadimiy va boy tajribaga ega bo`lganligi, bu tilda hatto qofiya-lug`at kitoblari ham yaratilganligi tufayli fors-tojik tilida ijod qilish bir muncha osonroq edi. Shuning uchun ham ko`pgina turk (o`zbek) shoirlari o`z ona tillarida emas, balki fors-tojik tilida ijod qilar edilar. Natijada o`zbeklarning ma`lum guruhi fors-tojik tilidagi adabiyotlardan bahramand bo`lsalar ham, lekin ko`pchiligi badiiy adabiyotdan bebaxra qolayotgan edi. Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida yozadi: Forsi el topdi chu xursandliq Turki dog`i topsa barumandliq. Alisher Navoiy o`zbek shoirlarini o`z ona tilida ijod qilishga, hech bo`lmaganda har ikki tilda barobar qalam tebratishga chaqirdi. U o`zbek adabiy tilining ravnaqi uchun kurashni davrning eng muhim ishi deb bildi: Senga oncha haq lutfi voqehdurur, Ki to turk alfozi shoyehdurur. Bu til birla to nazm erur xalq ishi, Yaqin qilmamish xalq senidek kishi. (“Sadai Iskandariy”) Ana shu yo`lda hormay-tolmay kurash olib borgan buyuk shoir Alisher Navoiy o`zining o`lmas badiiy, publitsistik va ilmiy asarlari bilan butun mamlakatni yakqalam qildi va o`zbek adabiy tilining shuxratini olamga tanitdi: Turk nazmida chu tortib men alam, 74 Ayladim ul mamlakatni yakqalam. Alisher Navoiyning o`zbek adabiy tili ravnaqi uchun kurash olib borishini Husayn Boyqaro doimo rag`batlantirib turdi. Husayn Boyqaroning o`zi ham shu tilda ijod qildi. Alisher Navoiy Sulton Husayn Bahodirxon podsholik taxtiga o`tirgach va mamlakat so`rovchilik o`rnida orom topgach, mamlakat ipiga tinchlik gavharlarini tizgani, jahon ekinzoriga jamiyat urug`larini ekkani, so`z ahlini yuqori darajaga ko`targani, har ilmda foydali asarlar yaratilgani, qiziq kitoblar, ajoyib devon, g`azal, qasida va masnaviy turlari yuzaga chiqib, hamma yoqqa taralgani, o`zlari ham, garchi ham forsiy va ham turkiy shehr aytmoqqa qodir bo`lsalar ham, turk tilining mavqeini ko`tarish maqsadida turk tilida devon yaratishga mayl qilganini mamnuniyat bilan bayon qiladi. Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy», «Xamsa», «Lison ut-tayr», «Majolis un-nafoyis», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug`atayn» kabi o`lmas asarlari bilan dunyoga mashhur bo`ldi. Usha davrda fors-tojik tilida mavjud bo`lgan barcha adabiy tur va janrlarda turk (o`zbek) tilida ham ijod qilish mumkin ekanligini isbotlamoq uchun ularning qammasida asarlar yaratdi. Davlat hujjatlari va xatlarini fors-tojik tilidan qolishmaydigan darajada o`zbek tilida yozish mumkinligini kuyidagicha bayon qildi: « ... va muqobalada forsiy alfozning dilnazir insholari mavjud va dilpisand makotib domlolari mahbud. To xayolga andoq keldikim, turk alfozining dog`i ruqhalari hamul misol bila aytilgay va bu til nomlarini ham ushul minvol bila sabt etilgay» («Munshaot»). Har qaysi uslubda forsiguy shoirlar bilan ijodiy musobaqalashib, o`zbek tilining go`zalligi va imkoniyat darajasining kengligini namoyish etdi. Bu haqda «Mezon ul-avzon» asarida shunday yozadi: «... Ajam shuarosi va fure fusaxosi har qaysi uslubdakim, suz arusiga jilva namoyish berib erdilar, turk tili bila qalam surdum va har nechuk qoidadakim, mahni abkoriga ziynat va oroyish ko`rguzub erdilar, chig`atoy lafzi bilan raqam urdum. Andoqkim, to bu mazkur bo`lg`on til va lafz binosidur, hech nozimg`a bu dast bermaydur va hech roqimg`a bu muyassar bo`lmaydur». Lekin Alisher Navoiy fors tilida katta ijod yo`liga chiqa olmaganligidan emas, balki turk (o`zbek) farzandi ekanligidan turk (o`zbek) tilining obro`- e`tiborini ko`tarish farzandlik burchi ekanligini his etganligidan turk (o`zbek) tilida ijod qilmoqni bosh vazifa qilib qo`ydi. Xolbuki, Alisher Navoiy yoshlik yillarida fors tilida ijod qila boshlagan va ajoyib muvafaqqiyatlarga erishayotgan, o`z ijodi bilan ko`plab forsigo`y shoirlarni lol qoldirayotgan edi. Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: «Bu so`zlardin hasm mundoq bo`lmasun va muddaiy bu navh gumon qilmaski, mening tabhim turk alfoziga muloyim tushgan uchun tahrifida mubolag`a izhor qiladurmen, va forsiy iboratqa munosabatim ozroq uchun inkor va nafyig`a isror ko`rguzurmenkim, forsiy alfoz istiyfosin va ul iborat istiqsosin ishi mendin ko`proq qilmaydur, erkin va saloh (yaxshi) va fasodin (yomon) mendin yaxshiroq bilmaydur...» Shunday qilib, temuriylar davri Markaziy Osiyoda uyg`onish davri bo`lib qoldi. Sohibqiron Amir Temurning tutgan dono til siyosati tufayli anhanaviy fors tilining nufuzini pasaytirmagan holda turkiy tillarning obro`-e`tiborini ko`tarishga imkoniyat yaratildi. 75 Turk (o`zbek) tilining qo`llanish doirasini kengaytirish, uning haq-huquqini tiklash, ichki imkoniyatlarini to`la namoyish etishga alohida ahamiyat berildi. Ana shunday sharoitda shehriyat sultoni Alisher Navoiy adabiyot gulshaniga kirib keldi va turk (o`zbek) tilini shehriyat osmoniga ko`tarishni umrining mazmuni deb bildi. Dunyoga dong taratgan badiiy asarlari bilan turk (o`zbek) tilining shuhratini olamga yoydi. Bu fikrlar XIX asr tilshunosligida buyuk inqilob hisoblangan strukturalizm g`oyalari, xususan, F. De Sossyur, Lui Yelmslev qarashlarining negizi emasmi? Lui Yelmslev o`zgarmas narsani konstanta deb nomladi. Alisher Navoiy tasavvuf falsafasiga asoslangan xolda, olam, tabiat butun mavjudot yagona zotning ko`rinishlari (tazohiri)dir, deydi. Bir vaqtlar u «o`zi o`zida» edi. Mikdor jihatdan beniqoyat, sifat jihatidan xilma-xil va shaklan behisob konkret narsalarning imkoniyatlarini o`zida saqlar, shu imkoniyatlarning mujassamiday yashar edi. Bu vaqtda u komil emas edi. Navoiy fikriga ko`ra, «g`uncha» edi. U o`zidagi imkoniyatlarni ro`yobga chiqarmoqchi, abstrakt mohiyatini konkretlashtirmoqchi, guldek ochilmoqchi, kamolotga erishmoqchi, o`z husnini, mahoratini namoyon etmoqchi va shu bilan o`z husnini chin go`zalliklar, voqeliklar orqali ko`rib tomosha qilmoqchi bo`ldi. Tabiat, bu dunyo go`yo bir oyna (mirhot), unda Ollohning aksi mavjud. Borlikdagi hamma narsada xudoning (yorning) jamoli: Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling