Universiteti "tasdiqlayman"


 Areal tasniflash asoslari


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet129/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

2. Areal tasniflash asoslari 
Areal tasnifda tillarning georafik-hududiy jihatdan tarqalish miqyosi 
o`rganiladi, ya'ni tillarning, dunyo tillarining, jo’g’rofiy xaritasi yaratiladi. Ayni 
vaqtda bu tillarga xos hodisalarning makon va zamonda tarqalish qonuniyatlarini 
aniqlash, tillarning bir-biriga ta'siri masalalarini o`rganish imkonini ham beradi. 
Areal tilshunoslikning markaziy masalalaridan biri tillar, lahjalar va shevalarning 
chegaralari, dialektlar va tillarning shakllanish bosqichlari, ularning o`zaro 
aloqalarini o`rganishdir. Tillararo aloqalar muayyan hududda yashovchi turli 
tillarni birlashtiruvchi tillararo ittifoqlarini yuzaga keltiradi. Masalan, Bolqon 
yarim orolida hind-yevropa tililari oilasining 4 ta tarmog`i vakillari hisoblanadigan 
bulg`or, makedoniya, rumin, moldova, alban va yangi grek tillarini bir ittifoqga 
birlashgan bo`lib, ushbu tillar ko`p yillik aloqalar ta'sirida fonetik, grammatik, 
leksik jihatdan o`zaro o`xshash jihatlarga ega bo`lganlar. Turli tillar oilalari 
vakillari hisoblanuvchi o`zbek va tojik tillari o`rtasidagi aloqalar ham ushbu 
tillarga o`z ta'sirini o`tkazmay qolmagan. Barcha turkiy tillarga xos bo`lgan 
singarmoniya hodisasining o`zbek tilida yo`qolib borayotgani, o`zbek tilidagi “j” 
lovchi shevalar o`rnini “y” lovchi shevalar egallagani ham ushbu tillararo aloqa 
ta'siridir.
Areal tasnif dunyo tillarining xaritasini zamonaviylik va tarixiylik nuqtayi 
nazaridan, ya'ni sinxron(bir davr) va diaxron( ikki davr) aspektda tasnif qilish 
imkonini ham beradi. Tarixiy shart-sharoit natijasida 
tillar turli hududlarda tarqalishi mumkin. Jumladan, ispan 
tilida gaplashuvchi 300 mln aholidan 30 mingginasi 
Ispaniyada, qolganlari asosan Lotin Amerikasi hududida 
yashaydi va ispan tilini o`z ona tillari deb biladi. 
Shuningdek, portugal tilida gaplashuvchilarning asosiy 
qismi ham Portugaliyada emas, Braziliyada yashaydi. 
Tillarning o`zaro aloqalarini diaxron yondashuv asosida 
o`rganish ushbu tillarning hozirgi holatida yuz bergan o`zgarishlari va keyingi 
taraqqiyoti xususiyatlarini tadqiq qilish imkoniniyatini beradi.


190 
Bu juda qiziq!!!

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling