Universiteti "tasdiqlayman"
Funksional tasniflash va metatil (etalon til) haqida ma`lumot
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
3. Funksional tasniflash va metatil (etalon til) haqida ma`lumot
Funksional tasnif areal tasnif bilan uzviy aloqadordir, chunki dunyo lingvistik xaritasi tillarning bugungi kundagi ma'muriy-siyosiy xaritasi bilan bog`lanib ketadi. Tillarni funksional tasniflash ko`p qirrali bo`lib, unda tillarning hududiy tarqalish miqyosi ham, ushbu tillarda so`zlashuvchilar soni ham, tilning ma'muriy davlat tizimida va jamiyatda tutgan o`rni, hatto mavqeyi va nufuzi ham e'tiborga olinadi. Tillarni funksional tasnif qilishda odatda quyidagi muhim omillar asos qilib olinadi: - dunyodagi o`lik va tirik tillar soni; - tirik tillarda gaplashuvchilar soni; - tilning o`z hududidan tashqarida tarqalish va qo`llanish darajasi; - tillarning hozirgi dunyo hamjamiyatida tutgan o`rni; - o`z yozuviga ega va ega bo`lmagan tillar; - tabiiy va sun'iy tillar; - tilning amal qilish shakli va bajaradigan ijtimoiy vazifalari. Til va jamiyatning o`zaro uzviy munosabati bizga ma'lum. Shu jihatdan kelib chiqib, tillar urug` tili, qabila tili, xalq-elat tili, milliy tillar bosqichlarini boshidan kechiradi. Boshqacha aytganda, til jamiyat darajasiga mos bo`ladi. Shuningdek, tilning tarqalish va boshqa mamlakatlarda, mintaqalarda qo`llanishi ham davlatning xalqaro hamjamiyatda iqtisodiy-siyosiy jihatdan tutadigan o`rni, mavqeyiga bog`liq bo`ladi. Ayrim tillarning boshqa mamlakatlarda ham keng amal qilishi va o`zga xalqlar tomonidan Eng ko‘p tarqalgan til.Siz darhol bu xitoy tili, deb o‘ylashingiz tabiiy hol. To‘g‘ri, yer kurrasidagi eng ko‘p aholi yashaydigan Xitoy Xalq Respublikasidek davlatda bir yarim milliarddan ortiq odam xitoy tilida gaplashgan bilan, lekin u butun jahon bo‘ylab keng yoyilmagan-da! Afsuski, bu baxtli til ispancha ekanligidan ko‘pchilik, hatto, aksariyat tilshunoslarning o‘zlari ham bexabardirlar. Ispan tilini bu qadar ommalashib ketishiga, avvalo, mashhur sayyohlar, dengiz qaroqchilari hamda ispaniyalik mustamlakachilar sabab bo‘lib qolganlar. Shunisi qiziqarliki, Amerika Qo‘shma Shtatlarining 50 ta shtatidan 23 tasida davlat tili ispan tili hisoblansa, bor- yo‘g‘i 21 tasidagina ingliz tili amaldagi til va qolgan shtatlarda esa frantsuz tili hukmronlik mavqeyini saqlab turmoqda. Ma’lumki, AQShda har bir shtat aholisi o‘z mahalliy qonunlariga amal qilib yashaydi. 191 keng o`rganilishi shulardan kelib chiqadi. Aynan shu holat tillarni mahalliy tillar va mintaqalararo, millatlararo aloqa vositasi va xalqaro tillar kabi tillar guruhlariga ajratishga sabab bo`ladi. Xalqaro tillarga BMTning ishchi tillari - ingliz, xitoy, rus, fransuz, ispan va arab tillarini misol qilib keltirish mumkin. Biroq bu yuqorida qayd qilingan omillardan kelib chiqib o`zgarib turadi. Jumladan, bir vaqtlar nemis tili xalqaro til hisoblangan, xitoy va rus tillari bu darajaga keyinroq erishgan. Tillarning funksional tasnifida tilga aloqador vaziyat ham e'tiborga olinadi, ya'ni muayyan jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar va ularga xizmat qiladigan tillar, tilning davlat tizimida, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy, diniy sohalarda qo`llanish darajasi va shulardan kelib chiqib jamiyatda tutadigan o`rni aniqlanadi. Tillar jamiyatda bajaradigan vazifalari va amal qilish shakllariga ko`ra adabiy til va sheva, davlat tili, din yoki fan tili kabi turlarga bo`linishi mumkin. Shunga ko`ra, bir tilli, ikki tilli, ko`p tilli jamiyatlar mavjud. Juda ko`p mamlakatlarda ikki tillilik, hatto uch-to`rt tillilik amal qiladi. Finlyandiya ikki tilli, Belgiya uch tilli, Shveysariya to`rt tilli mamlakat hisoblanadi. Tilning muayyan jamiyatda tutadigan o`rni, avvalo, tilning mamlakatdagi statusi, mavqeyi va mazkur jamiyat tomonidan qo`llanish darajasi bilan belgilanadi. Bu tilga davlat tili maqomi berilishi bilan ham bog`liq bўlib, ko`pchilik mamlakatlarda ushbu maqom mahalliy xalq tiliga beriladi. Shu bilan birga, bir yo`la 2 til davlat tili bo`lgan mamlakatlar ham bor. Davlat tili maqomi tilni himoyalash vazifasini ham bajaradi. Masalan, Shveysariyada konstitutsional qonun asosida 4ta tilga - nemis, fransuz, italyan va retoroman tillariga davlat tili statusi berilgan, vaholanki, retoroman tilida mahalliy aholining 1%ga yaqini o`z oilaviy sharoitida gaplashadi. Ko`p tilli mamlakatlardan biri bo`lgan Hindistonda ingliz va hindu tillari davlat tili sifatida rasman belgilab qo`yilgan. Hindu tili mamlakat aholisining ko`p qismi biladigan til bo`lsa-da, biroq turli shtatlarda yashovchi aholi o`z tillarini kamsitilgan deb hisoblab, ko`proq ingliz tilida gaplashishini afzal ko`radilar. Til siyosatining bunday nozik jihatlari metatillarnig yaratilishiga ham olib keldi. Metatil (etalon til)turli til sistemasini tasnif qilish uchun bitta umumiy Esperanto tili- bu varshavalik okulist shifokor Lazer Markovich Zamengofom tomonidan yaratilgan eng keng tarqalgan sun’iy tildir. Hozirgi kunda bu tildan foydalanuvchilar soni taxminan yuz mingdan boshlab milliongacha deya taxmin qilinadi. 192 sistema, barcha uchun umumiy universal til yaratish g`oyasi XIX asrda paydo bo`ldi. Ushbu g`oyaga ko`ra, metatil asos til sifatida amal qiladi, boshqa tillar uning invarianti hisoblanadi. Etalon til vazifasini sun'iy til, ramziy tillar bajarishi mumkin. Shu maqsadda ayrim sun'iy tillar yaratildi ham. Biroq sun'iy tillar ildizsiz, ya'ni o`z egalarisiz bo`lgani uchun jonli tillardek rivojlanib keta olmadi. Buni 100 yildan ortiq muddat davomida amal qilayotgan esperanto tili misolida ko`rish ham mumkin. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling