Universiteti "tasdiqlayman"
tillarning struktural belgilarini sistemaga soladi
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
tillarning struktural belgilarini sistemaga soladi.
193 umumiylikni aniqlaydi. Dunyodagi barcha tillardagi umumiy xususiyatlar universaliya deb yuritiladi. Masalan, so`zlardagi bir-ko`p ma'nolik, unli va undosh tovushlar, omonim, sinonimlar, urg`u, zamon, so`z turkumlari. Shuningdek, lingvistik tipologiya faqat bir tilga xos xususiy jihatlarni ham o`rganadi. Masalan, rus tilidagi rod kategoriyasi. Lingvistik tipologiya qiyoslanayotgan tillarni umumiylik va xususiylik kategoriyalariga ko`ra ish olib boradi. Biror bir tilni o`rgangan inson shuni yaxshi biladiki, tillarda 2 jihat: 1) moddiy o`xshashlik (birodar, brother, bruder, brat). 2) so`zlarning grammatik tuzilishi, negiz yasalishida, gaplarning bir-biri bilan bog`lanishida o`xshashlik borligini biladi.Тipologiya qiyoslashni taqozo qiladi. Bu metod – tillarni qiyoslab, umumlashtirib o`rganuvchi metod bo`lib,struktural tipologiya - til strukturasidagi umumiylikni o’rganadi. Morfologik tasnifda tillar qarindoshlik munosabatlaridan qat'i nazar grammatik tuzilishi asosida 4ta asosiy guruhga ajratiladi:flektiv, agglutinativ, amorf (o`zak) tillar, mujassamlashtiruvchi (polisintetik) tillar. Tillarning morfologik tipologiyasiga bag`ishlangan dastlabki ilmiy asar Germaniyada 1809-yilda Fridrix Shlegel tomonidan yaratilgan. «Hindlarning tili va donoligi haqida» nomli asarida F. Shlegel tillarni flektiv va affiksal tillarga ajratadi. Uning fikricha, tillar paydo bo`lgan kundan boshlab, bu ikki turdan biriga mansub bo`ladi va shundayligicha qoladi. 1818 yilda F. Shlegelning ukasi Avgust Shlegel «Provansal tili va adabiyoti to`g`risida xotiralar» degan asarida tillarni flektiv, affiksal va amorf tillarga ajratadi. U amorf tillarga xitoy - tibet tillarini kiritib, ularning xususiyatlari to`g`risida batafsil ma'lumot beradi, flektiv tillarni esa sintetik flektiv tillar va analitik flektiv tillarga ajratishni tavsiya etdi. Aka-uka Shlegellardan keyin bu masala taniqli nemis olimi, tilshunoslik fanining asoschilaridan biri Vilgelm Fon Gumboldt tomonidan har tomonlama ko`rib chiqildi. U tillarni flektiv, agglyutinativ, ajratuvchi (amorf), mujassamlashtiruvchi (polisintetik)deb nomlanuvchi to`rt turga ajratdi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling