Tillarning ikkinchi morfologik tipi - agglyutinativ tillar bo`lib,
agglyutinatsiya (yopishtirish) – so`zning o`zak-negiziga affikslarni muayyan
ketma-ketlikda (asosdan keyin) qo`shib borilishi va bunda har bir affiksning
alohida grammatik ma'noni ifodalashidir. Agglyutinativ tillarda har bir morfema
o`z ma'no mustaqilligini saqlab qoladi. Masalan, boshqird tilida:
им. падеж ед. числа баш (голова) — мн. числа баш-лар (головы)
род. падеж ед. числа баш-тын (головы) — мн. числа баш-лар-тын
(голов)
вин. падеж ед. числа баш-ты (голову) — мн. числа баш-лар-ты
(головы).
Agglyutinativ tillar uchun o’zak tarkibida tovush o’zgarishlari yuz berishi
xarakterli emas. Ularda turlanish va tuslanish odatda bir xil tipda bo’ladi. Biroq
ushbu tillarda ham o’ziga xosliklar ko’p uchraydi. Ushbu tillarga turkiy tillarni
misol sifatida keltirish mumkin.
Tillar morfologik tuzilishining uchinchi tipi – ajratuvchi (o`zak tillar,
amorf tillar) deb atalib, ular so`z o`zgarish tizimini mavjud emasligi bilan
xarakterlanadi. Masalan, xitoy tilida cha - choy, vo - men, bu – yo`q, xe - ichmoq
ma'nosini bildiradi, biroq ushbu so`zlar cha vo bu xe tartibida birikkanida men
choy ichmoq yo`q ma'nosini bildiradi. Lekin ular buni “Men choy ichmayma”
shaklida tushunaveradi. Formal ko`rsatkichlar - affikslarning mavjud emasligi
ushbu tillarda analitik vositalar - yordamchi so`zlar, gapda so`z tartibi, ohang
kabilarning yetakchilik qilishiga olib kelgan. Ushbu tillarda morfologik shakllarni
hosil qiluvchi vositalar bo`lmagani va ularda so`z shakli asosga teng bo`lganligi
uchun ular amorf – o`zak tillar deb yuritiladi. Bunday tillarga xitoy, vyetnam kabi
tillar kiradi.
Tillarning
to`rtinchi
morfologik
tipi
–
Do'stlaringiz bilan baham: |