Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet133/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Flektiv tillar. Flektiv tillarda so`zlarning morfologik 
tuzilishida fleksiya asosiy o`rin 
tutib, u ichki va tashqi turlaga bo`linadi. Fleksiyada bir 
grammatik vosita bir necha grammatik ma'noni 
ifodalash uchun qo`llanishi bilan xarakterlanadi. 
Masalan, rus tilidagi ruka so`zidagi -a okonchaniyesi 
bir yo`la jenskiy rod, birlik son, imenitelniy padej 
ma'nolrini ifodalaydi. Flektiv tillarda affikslar asosdan 
oldin ham (prefikslar), keyin ham (suffikslar), o`rtada 
ham (infikslar) kelishi mumkin. Flektiv tillarga, 


194 
avvalo, hind-yevropa tillari kiradi va ular asosda o`zgarishlar yuz berishi bilan 
xarakterlanadi. Masalan, rus tilida бегать – бежать, летать – лечу va 
h.k.Ushbu tillar analitik va sintetik tuzilishga ega bo`lib, analitik tuzilishda 
grammatik ma'nolarni ifodalashda yordamchi so`zlar, so`z tartibi va ohang katta 
rol o`ynaydi. Analitik tuzilishli tillarga ingliz, fransuz, nemis, arab va boshqa tillar 
kiradi. Sintetik tuzilishda esa grammatik ma'nolar so`z shakllari tarkibidagi 
fleksiyalar – o`zgarishlar, shakl hosil qiluvchi suffikslar va prefikslar orqali 
ifodalanadi. Sintetik tuzilishli tillarga rus, polyak, belorus, litva va boshqa tillar 
kiradi. Bunday tillarda turlovchi va tuslovchi qo`shimchalar bir necha turli bo`ladi. 
Nutqda so`zlar orasidagi sintaktik munosabatlari asosan fleksiyalar asosida amalga 
oshiriladi. Analitik flektiv tillarda, garchi fleksiyalar bo`lsa ham, ularning miqdori 
katta emas, gapdagi so`zlar orasidagi sintaktik munosabat ko`proq so`z tartibi va 
yordamchi so`zlar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun analitik tillarda 
so`z tartibi qat'iy, har bir gap bo`lagi o`z o`rnida turishi shart. Bu tillarda odatda 
gapning egasi birinchi o`rinda (kesimdan oldingi o`rinda), kesim ikkinchi o`rinda 
(egadan keyingi o`rinda), agar kesim o`timli fe'l bilan ifodalangan bo`lsa, unda 
uchinchi o`rinda (kesimdan keyin) to`ldiruvchi turadi. Sintetik flektiv tillarda so`z 
tartibi nisbatan erkin bo`ladi. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling