Universiteti "tasdiqlayman"


Matn tarkibi uch qismga bo`linadi: a) ifoda qobig`i, b) matn mazmuni


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet164/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Matn tarkibi uch qismga bo`linadi: a) ifoda qobig`i, b) matn mazmuni 
(semantikasi) v) matn grammatikasi
Matnning butunligini, yaxlitligini ta`minlab turuvchi narsa uning asosida 
yotgan asosiy g`oyadir. Bu g`oyani matn tilshunosligida makrotema deb ataydilar. 
Makrotemalar o`z navbatida bir qancha mikrotemalardan tashkil topgan bo`ladi. 
Mikrotemalar matnning asosiy g`oyasi, ya`ni makrotema orqali bir-biri bilan 
o`zaro bog`langan bo`ladi. Matnni tashkil etuvchi birliklar orasidagi bog`lanish 
presuppoziciya va implikaciya munosabatlari orqali amalga oshadi. Bu ikki 
tushuncha bir-biri bilan o`zaro bog`liqdir. Har qanday yangi gap matn tarkibida 


239 
oldingi gapni to`ldirib keladi va o`z navbatida yangi gapning tuzilishiga zamin 
hozirlaydi. Matn tarkibida gaplar ana shu tarzda zanjirsimon bir-biri bilan 
bog`lanib ketaveradi. Shu holat matn tilshunosligida presuppoziciya yoki 
implikaciya deb yuritiladi. 
Matnni tashkil etuvchilar orasidagi bog`lanishda gapning aktual bo`linishi 
imkoniyatlari muhim o`rin tutadi. Bu nazariyaga ko`ra, har qanday gap ikki qismga 
bo`linadi: a) eski axborot qismi – tema; b) yangi axborot qismi – rema. Yangi 
gapni matn tarkibida shakllantirishdan maqsad remani ifodalashdir. Gap esa faqat 
remadan tashkil topmaydi, ya`ni uning tarkibida tema ham bo`lishi kerak, chunki 
shu gap o`z temasi (eski axboroti) bilan oldingi gap yoki gaplar sistemasi bilan 
o`zaro bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, matn tarkibida gaplar ichida temalar va 
remalarning ana shunday almashinib kelishi matnning yaxlitligini, butunligini, 
o`zaro bog`lanishini ta`minlaydi. 
Matn tilshunosligining aniqlashiga ko`ra, rema quyidagi vositalar 
yordamida ifodalanadi: a) noaniq artikllar; b) so`z tartibi (inversiya); v) mantikiy 
urg`u; g) yuklamalar; d) ayrim sintaktik konstrukciyalar. Temani ifoda qilishda 
quyidagi vositalar ishtirok etadi: a) olmoshning ayrim turlari; b) aniq artikllar; v) 
o`rin va payt ma`nolarini sinsematik ravishda ifodalovchi so`zlar(qachon –o`sha 
vaqtda, qaerda-o`sha erda kabi); g) ba`zi kirish so`z va iboralar (darhaqiqat, 
demak, xullas, zero kabi); d) so`z va gap tartiblari; e) matn g`oyasi bilan 
bog`langan etakchi so`zlarning qayta-qayta takrorlanishi va boshqalar. 
Har kanday matnning yaratilishi ma`lum bir amaliy maksadlarni ko`zda 
tutadi. Matnlar maqsadlariga kura bir-biridan farq qiladi. Shu jihatdan matnlarni 
quyidagi to`rt tipga ajratish mumkin: a) og`zaki matnlar, b) yozma (qo`lyozma), v) 
bosma matnlar, g) ommaviy muloqotga xos matnlar. Bu matnlarning xar biri o`z 
navbatida bir qancha mayda turlarga bo`linadi. Masalan, og`zaki matn: monolog, 
dialog (suhbat), ovozalar (mish-mish), fol`klor singari turlardan iborat. 
Yozma (qo`lyozma) matnlar to`rt turga bo`linadi: 
1. Epigrafik matnlar – bunga peshlavhalar, ko`rsatkichlar kiradi. Masalan, 
NDPI, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, aeroport
talabalar yotoqxonasi kabilar. 
2. Sfragistik matnlar – bunga muhrlarga bitilgan matnlar kiradi. 
3. Numizmatik matnlar – pullar, tangalardagi yozuvlar. 
4. Paleografik yozuvlar – a) maktub, b) hujjat, v) ijodiy asarlar. 
Bosma matnlar qo`lyozma matnlarning mukammal ko`rinishi bo`lib, ular o`z 
navbatida adabiy matnlar va ilmiy matnlarga bo`linadi. Adabiy matnlarga badiiy 
asarlar kiradi, ilmiy matnlarning ham turlari xilma-xildir. 
Ommaviy mulokot vositalari matn tiplarining to`rtinchi ko`rinishidir. Bu 
matn vositalarining omma orasiga etib kelishida texnika vositalari (radio, 


240 
televidenie, kino)ning roli beqiyos. Bu matnlar bir marta e`lon qilinadi, kayta 
tiklanadigan bulsa, unga qo`shimcha axborot ham qo`shilishi lozim. Bunday 
matnlar so`nggi yangiliklarni ommaga taqdim etadi (gazeta, jurnal, radio, 
televidenieda beriladigan asarlar). 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling