Universiteti "tasdiqlayman"
Alisher Navoiy - chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
Alisher Navoiy - chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi.
Alisher Navoiy o`z ona tilida badiiy ijod qilish, ona tilining butun go`zalligi, tarovatini amalda ko`rsatish bilangina cheklanib qolmadi. Ona tilini o`sha davrda badiiy adabiyot uchun an’ana bo`lib qolgan fors tiliga qiyoslab, bu tildan hech qolishmasligini, hatto bahzi o`rinlarda ustunroq turishini ilmiy jihatdan ham isbotlab bermoqni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. Ana shu maqsadda 1499-yilda ikki til muhokamasiga - ikki tilning chog`ishtirma fammatikasiga bag`ishlangan maxsus asarini - «Muhokamat ul-lug`atayn» asarini yaratdi. Alisher Navoiyning bu asarining maydonga kelishi bilan dunyo tilshunosligida yangi sahifa ochildi. Tilshunoslikning hozirgi kunda chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistika deb yuritiluvchi yangi yo`nalishiga asos solindi. Chog`ishtirma tilshunoslikning o`ziga xos xususiyati shundaki, ikki tizimga mansub bo`lgan tillar tilning barcha sathlari bo`yicha bir-biriga solishtiriladi. Ularning o`ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. 78 Afsuski, tilshunoslik tarixida chog`ishtirma tilshunoslikning ‘aydo bulishi G`arb tilshunoslarining nomi bilan bog`lanadi va bu tilshunoslik yo`nalishining boshlanishi XIX asrdan deb belgilanadi. Bu fikrlar G`arb olimlarining Alisher Navoiy asarlaridan bexabarligidan ‘aydo bulgan. Agar boxabar bo`lganlarida edi, Alisher Navoiyning lingvistik merosidan hayratga tushgan va, so`zsiz, uni chog`ishtirma tilshunoslikning otasi deb hisoblagan bo`lardilar. Chunki «Muhokamatul-lug`atayn» asarida chog`ishtirma tilshunoslikning barcha belgilari mavjuddir. Birinchidan, solishtirish uchun turli tizimdagi tillar olinadi. Turkiy tillarga mansub bulgan turk (o`zbek) tili bilan hind-ovrupo tillarining eroniy tarmog`iga oid sart (fors-tojik) tili o`zaro muqoyasa qilinadi. O`rni bilan somiy tillariga mansub bulgan arab tiliga ham solishtiriladi. Ikkinchidan, solishtirish uchun keltirilgan daliliy misollar tasodifiy bo`lmasdan, tilning butun tizimini qamrab oladi. Fonetik tuzilishdan tortib sintaktik tuzilishgacha har ikki tizimga mansub bulgan tillar solishtiriladi. Ularning o`ziga xos tomonlari haqida qimmatli xulosalar beradi. Ikki tilning muhokamasiga bag`ishlangan bu asar Alisher Navoiyning turk (o`zbek) jonli so`zlashuv tilini ham naqadar chuqur o`zlashtirgan, har bir qavmning til xususiyatlari uning e`tiborida bo`lgan, ayni ‘aytda, fors va arab tillarining ham zukko bilimdoni sanalgan keng qamrovli tilshunos ekanligini to`la namoyish etadi. Xullas, Alisher Navoiy tilshunoslikning bir qator sohalari - fonetika, morfemika, so`z yasalishi, morfologiya, sintaksis kabi masalalari yuzasidan qimmatli fikrlarini bayon qiladi. Til va tafakkur, tilning va tillarning paydo bo`lishi, tilda umumiylik va xususiylik kabi bir qancha tilshunoslikning umumnazariy masalalari yuzasidan o`z qarashlarini bayon qilgan kontrastiv (chog`ishtirma) tilshunoslikka asos solgan buyuk tilshunos allomadir. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling