Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

«Chu yor aylar emish barcha yerda javlon husn, 
Teng o`ldi Kahba bila dayri sumoyun menga» 
(«Xazoyin ul-maoniy») 
Xudo o`zining komilligini inson qiyofasida topdi. Shuning uchun ham 
barcha mavjudotlar ichida sharifi insondir: 
Barchasini garchi latif aylading, 
Barchadin insonni tarif aylading. 
Navoiy Ollohning tazohirlari bo`lgan narsalar olamida insonning rolini 
ulug`laydi. Farididdin Attor falsafasida Olloh eng komil, borliq, tabiat, shu 
jumladan, inson esa hech qanday komillikka ega emas, u aldamchidir, insonning 
inson bo`lib yashab turishi vaqtinchalik deb qaraladi. Shuning uchun uning 
falsafasiga binoan, bu aldoqchi, foniy dunyodan voz kechib, yetti vodiy (I) Talab 
vodiysi, 2) Ishq vodiysi, 3) Mahrifat vodiysi, 4) Istig`no vodiysi, 5) Tavahhud 
vodiysi, 6) Hayrat vodiysi, 7) Fakru Fano vodiysi) dan o`tib, Olloh vasliga vosil 
bo`lishga intilish kerak. 
Haqiqiy, abadiy baxtli hayot ana shunda ekanligi tahkidlansa, Navoiy 
falsafasida Olloh tabiatdagi har bir narsada zuhur etishi bayon qilinadi. Olloh 
kamolotga erishishni istadi va bunga o`zini nihoyat darajada go`zal va boy tabiat, 
jumladan, inson shaklida zuhur etish bilan erishdi. Buni yetti vodiydan o`tib, 
Semurg`ni axtargan qush obrazi orqali ochiq ifodalaydi: 
Kim, qilib Semurg`ni o`ttiz qush havas, 
O`zlarin ko`rdilar, ul Semurg`u bas. 
Demak, tabiatdagi barcha narsa va hodisalar qandaydir zotning - Ollohning 
tajallisidir. Bu tabiat zotning bevosita kuzatishga berilgan turli ko`rinishlaridir. 


76 
Navoiyning umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat voqelik 
munosabati to`g`risidagi qarashi go`zal podshoh haqidagi hikoyasida ham yorqin 
ifodalanadi. Hikoyada bayon qilinishicha, bir podshoq (Ollohga ishora) bo`lib, u 
nihoyatda go`zalligi bilan barchani maftun etgan. 
Uni ko`rish hammaning orzusi bo`ladi va bu orzuga erishmoq uchun ko`p 
azob chekadilar. Buni bilgan o`sha podshoh katga qasr soldirishni va unga katta 
oyna (mirhot) o`rnatishni buyuradi. Bundan maqsadi shuki, uning husniga shaydo 
bo`lganlarning, unga intilganlarning, bu yo`lda azob chekayotganlarning orzularini 
qondirish edi. Podshoh bu oynaga o`z aksini soladi, unda gavdalanadi. Natijada 
odamlarning shu oynaga nazar tashlashlari uni ko`rgan bilan teng bo`ladi: 
Qasr-tan, anda kungulni ko`zgu deb bil, 
Ko`zguda Olloh husnini nazzora qil. 
Tazohirlar zot haqida doim ham to`g`ri ma`lumot beravermaydi. Ko`pincha 
u kishini aldashi mumkin. Shuning uchun ham olamni bilishni Alisher Navoiy ikki 
darajaga bo`ladi: fahmiy bilish va idrokiy bilish. Fahmiy bilish ko`pincha idrokiy 
bilishga to`siq bo`lishi mumkin. Lekin idrokiy bilishgina borliq haqida to`g`ri va 
ilmiy xulosa beradi. 
Buning uchun bizning hissiy bilishimizga berilgan xususiy ko`rinishlarni 
bir-biriga solishtirish va ular o`rtasidagi umumiy jihatlarni aniqlash va ana shu 
umumiy belgi asosida xususiyliklarni ma`lum umumiylikka birlashtirish lozim 
bo`ladi. Agar kishi fahmiy bilish darajasida qolib, xususiyliklarni umumiylikka 
birlashtira olmasa, u haqiqiy obhektiv bilimga erisha olmaydi. 
Buni Alisher Navoiy «Lison ut-tayr»da ko`rlarning fil haqidagi hissiy 
bilimini bayon qilish orkdli juda aniq bayon qilib beradi. 
Alisher Navoiyning umumiylik va xususiylik, zot va tajallilar munosabatini 
belgilashi unga tilshunoslikda til va nutq munosabatini ochish, til va nutq 
birliklarini ma`lum darajada farqlash imkoniyatini berdi. 
Hozirgi tilshunoslikda til va nutq bir-biridan izchil ravishda farqlanadi. Til 
va nutq munosabatini ochish lingvistik tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. Shu 
kunga qadar bu ikki hodisani bir-biridan farqlash dastlab mashhur nemis olimi 
Vilgelm Gumboldtdan boshlangan va u shveytsariyalik olim Ferdinand De Sossyur 
lingvistik ta`limotining asosini tashkil qiladi, deb hisoblab kelindi. 
Lekin Alisher Navoiy asarlariga e`tibor berilsa, bu olim Vilgelm Gumboldt 
va F.de Sossyurlardan ancha oldin til va nutq xodisalarini bir-biridan 
farqlaganining guvohi bo`lamiz. Alisher Navoiy imkoniyat tarzidagi so`z (til 
birligi) sohibi ixtisos (so`zlovchi) tomonidan turli xil jilvalantirilishi (nutq birligi 
sifatida reallashtirilishi) mumkinligini bayon qiladi. 
«Muhokamat ul-lug`atayn» asarida tahkidlanishicha, so`z go`yo durdur. 
Durning joylashish o`rni dengiz tubi bo`lsa, so`zning joylashish o`rni ko`ngildir 
(xotiradir). 
Dur g`avvos yordamida dengiz tubidan tashqariga chiqarilib, jilvalantirilsa 
va g`avvosning qiymati javharni jilvalantira olish qobiliyatiga qarab belgilansa, 
so`z sohibi ixtisos tomonidan ko`ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning 
qiymati so`z qo`llash mahoratiga, uni jilvalantirish qobiliyatiga qarab belgilanadi. 
Dengiz qahrida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan durlar g`avvos yordamida 


77 
harakatga keltirilsa, ko`ngil tubidagi imkoniyat tarzidagi suzlar ham so`zlovchi 
tomonidan nutqiy jarayonda o`z jilvasini topadi. 
Bundan ko`rinadiki, imkoniyat va voqehlik, umumiylik va xususiylik 
dialektikasi Gegeldan ancha oldin Alisher Navoiy asarlarida o`z aksini topgan. Til 
va nutqning yuqoridagidek farqlanishi ham ana shu dialektikaning tilda namoyon 
bo`lishining ko`rinishidir. 
Alisher Navoiy falsafasida shakl va mazmun dialektikasi ham markaziy 
o`rinni egallaydi. Shakl va mazmun o`zaro uzviy bog`liq. Shu bilan birgalikda 
mazmun shaklga nisbatan birlamchi sanaladi. Shakl va mazmun dialektikasi tilda 
til va tafakkur dialektikasi orqali namoyon bo`ladi. Alisher Navoiy til va 
tafakkurning o`zaro chambarchas bog`liqligini, til fikrni (mahnini) ifodalovchi 
qudratli vosita ekanligini, ana shu vosita insonni komil insonga aylantirgani, 
hayvondan judo qilganini e`tirof etadi. Alisher Navoiyning til va tafakkur 
dialektikasi haqidagi qarashini quyidagi fikri orqali payqash mumkin: «Chunalfoz 
va maskur mahluqotdin murod mahnidir». Ya`ni olamdan olgan ma`lum 
bilimimizni ifodalash, boshqalarga yetkazish uchun gapiramiz. 
Umumiy tilshunoslikning otasi sanaluvchi Vilgelm Gumboldt Alisher 
Navoiydan bir necha yuz yil keyin bu fikrni takrorlaydi. Uning bayon qilishicha, til 
fikrni ifodalaydi. Aqliy faoliyat mutlaqo ruxdydir. U nutqtovushlari yordamida 
moddiylashadi va sezgi tahsiriga berilish imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Alisher Navoiy so`zlarda shakl va ma`no dialektikasi haqida ham fikr 
yuritadi. Uning fikricha, ma`lum ma`no turli shakllarda jilva namoyish qilishi, biri 
orqali ulik badanga tiriklik bag`ishlash, ikkinchisi orqali esa, tirik tanga zahri 
halokat yetkazish mumkin. 
Ma`lum ma`noning turli shakllarda ifodalanishi mumkinligi, shuning uchun 
ham nutqda bu shakllardan so`zlovchining maqsadga muvofig`ini qullash 
imkoniyati borligi, uni qay darajada amalga oshirish suzlovchining mahoratiga 
bog`liqligini kursatish orqali so`zlovchini notiqlik san`atini egallashga dahvat 
etadi. Alisher Navoiyning bu fikrlari keyinchalik leksik uslubiyat (leksik stilistika) 
deb yuritiluvchi tilshunoslik sohasining rivojiga asos bo`lib xizmat qildi. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling