Universiteti "tasdiqlayman"


  3.Alisher Navoiyning lingvistik qarashlari


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

 


73 
3.Alisher Navoiyning lingvistik qarashlari. 
 
Jahon madaniyati tarixida katta obro`-e`tiborga sazovor bo`lgan Alisher 
Navoiy butun faoliyatini o`zbek madaniyatini dunyoga tanitish, o`zbek tili 
mavqeini baland ko`tarishga bag`ishladi.
Alisher Navoiy o`zigacha bo`lgan turkigo`y shoirlardan Sakkokiy, Haydar 
Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Amiriy, Gadoiy va Mavlono Lutfiylarning 
nomlarini hurmat bilan tilga oladi. Lekin forsiy shoirlar qarshisiga chiqadigan, ular 
bilan dadil bellasha oladigan yolg`iz Mavlono Lutfiydan o`zga shoir paydo 
bo`lmaganidan afsuslanadi. Hamon badiiy adabiyotda fors-tojik tili yetakchilik 
qilmokda, o`zbek tilining imkoniyatlari yashirin qolmokda edi. 
Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: “Bu alfoz va iboratda bu navh 
daqoyiq ko`pdurkim, bu kunga degincha hech kishi haqiqatig`a mulohaza 
qilmag`on jihatdin bu yashurun qolibdur... va filhaqiqat, agar kishi yaxshi 
mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafzda vushat (kenglik) va maydonida 
muncha fusxat (ochiqlik) topilur...» 
Shoir turk (o`zbek) tilini xazina, chamanzor hisoblaydi. Bu shunday xazina 
va chamanzorki, atrofi el oyog`i yetishidan asralgan va qimmatbaho narsalarga 
boshqalarning qo`li tegishidan saqlangan. Ammo «mahzanining yiloni xunxor 
(qonxo`r) va gulshanining tikani behad va shumor (son-sanoqsiz)». Shoirlar 
ilonlarning nayzasidan qo`rqib, bu xazinadan baxra ololmay o`tganlar. Go`yo nazm 
tudasining guldasta bog`lovchilari tikanlar sanchilishi zararidan hadiksirab, bu 
chamanzordan gulni qo`lga kiritolmaganlar. 
Fors-tojik adabiyoti o`zbek adabiyotiga nisbatan ancha qadimiy va boy 
tajribaga ega bo`lganligi, bu tilda hatto qofiya-lug`at kitoblari ham yaratilganligi 
tufayli fors-tojik tilida ijod qilish bir muncha osonroq edi. Shuning uchun ham 
ko`pgina turk (o`zbek) shoirlari o`z ona tillarida emas, balki fors-tojik tilida ijod 
qilar edilar. 
Natijada o`zbeklarning ma`lum guruhi fors-tojik tilidagi adabiyotlardan 
bahramand bo`lsalar ham, lekin ko`pchiligi badiiy adabiyotdan bebaxra qolayotgan 
edi. Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida yozadi: 
Forsi el topdi chu xursandliq 
Turki dog`i topsa barumandliq. 
Alisher Navoiy o`zbek shoirlarini o`z ona tilida ijod qilishga, hech 
bo`lmaganda har ikki tilda barobar qalam tebratishga chaqirdi. U o`zbek adabiy 
tilining ravnaqi uchun kurashni davrning eng muhim ishi deb bildi: 
Senga oncha haq lutfi voqehdurur, 
Ki to turk alfozi shoyehdurur. 
Bu til birla to nazm erur xalq ishi, 
Yaqin qilmamish xalq senidek kishi. 
(“Sadai Iskandariy”) 
Ana shu yo`lda hormay-tolmay kurash olib borgan buyuk shoir Alisher 
Navoiy o`zining o`lmas badiiy, publitsistik va ilmiy asarlari bilan butun 
mamlakatni yakqalam qildi va o`zbek adabiy tilining shuxratini olamga tanitdi: 
Turk nazmida chu tortib men alam


74 
Ayladim ul mamlakatni yakqalam. 
Alisher Navoiyning o`zbek adabiy tili ravnaqi uchun kurash olib borishini 
Husayn Boyqaro doimo rag`batlantirib turdi. Husayn Boyqaroning o`zi ham shu 
tilda ijod qildi. Alisher Navoiy Sulton Husayn Bahodirxon podsholik taxtiga 
o`tirgach va mamlakat so`rovchilik o`rnida orom topgach, mamlakat ipiga tinchlik 
gavharlarini tizgani, jahon ekinzoriga jamiyat urug`larini ekkani, so`z ahlini yuqori 
darajaga ko`targani, har ilmda foydali asarlar yaratilgani, qiziq kitoblar, ajoyib 
devon, g`azal, qasida va masnaviy turlari yuzaga chiqib, hamma yoqqa taralgani, 
o`zlari ham, garchi ham forsiy va ham turkiy shehr aytmoqqa qodir bo`lsalar ham, 
turk tilining mavqeini ko`tarish maqsadida turk tilida devon yaratishga mayl 
qilganini mamnuniyat bilan bayon qiladi. 
Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy», «Xamsa», «Lison ut-tayr», «Majolis 
un-nafoyis», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug`atayn» kabi o`lmas asarlari 
bilan dunyoga mashhur bo`ldi. Usha davrda fors-tojik tilida mavjud bo`lgan barcha 
adabiy tur va janrlarda turk (o`zbek) tilida ham ijod qilish mumkin ekanligini 
isbotlamoq uchun ularning qammasida asarlar yaratdi. Davlat hujjatlari va xatlarini 
fors-tojik tilidan qolishmaydigan darajada o`zbek tilida yozish mumkinligini 
kuyidagicha bayon qildi: « ... va muqobalada forsiy alfozning dilnazir insholari 
mavjud va dilpisand makotib domlolari mahbud. To xayolga andoq keldikim, turk 
alfozining dog`i ruqhalari hamul misol bila aytilgay va bu til nomlarini ham ushul 
minvol bila sabt etilgay» («Munshaot»). 
Har qaysi uslubda forsiguy shoirlar bilan ijodiy musobaqalashib, o`zbek 
tilining go`zalligi va imkoniyat darajasining kengligini namoyish etdi. Bu haqda 
«Mezon ul-avzon» asarida shunday yozadi: «... Ajam shuarosi va fure fusaxosi har 
qaysi uslubdakim, suz arusiga jilva namoyish berib erdilar, turk tili bila qalam 
surdum va har nechuk qoidadakim, mahni abkoriga ziynat va oroyish ko`rguzub 
erdilar, chig`atoy lafzi bilan raqam urdum. Andoqkim, to bu mazkur bo`lg`on til va 
lafz binosidur, hech nozimg`a bu dast bermaydur va hech roqimg`a bu muyassar 
bo`lmaydur». 
Lekin Alisher Navoiy fors tilida katta ijod yo`liga chiqa olmaganligidan 
emas, balki turk (o`zbek) farzandi ekanligidan turk (o`zbek) tilining obro`-
e`tiborini ko`tarish farzandlik burchi ekanligini his etganligidan turk (o`zbek) tilida 
ijod qilmoqni bosh vazifa qilib qo`ydi. Xolbuki, Alisher Navoiy yoshlik yillarida 
fors tilida ijod qila boshlagan va ajoyib muvafaqqiyatlarga erishayotgan, o`z ijodi 
bilan ko`plab forsigo`y shoirlarni lol qoldirayotgan edi. Alisher Navoiy bu haqda 
shunday yozadi: «Bu so`zlardin hasm mundoq bo`lmasun va muddaiy bu navh 
gumon qilmaski, mening tabhim turk alfoziga muloyim tushgan uchun tahrifida 
mubolag`a izhor qiladurmen, va forsiy iboratqa munosabatim ozroq uchun inkor va 
nafyig`a isror ko`rguzurmenkim, forsiy alfoz istiyfosin va ul iborat istiqsosin ishi 
mendin ko`proq qilmaydur, erkin va saloh (yaxshi) va fasodin (yomon) mendin 
yaxshiroq bilmaydur...» 
Shunday qilib, temuriylar davri Markaziy Osiyoda uyg`onish davri bo`lib 
qoldi. Sohibqiron Amir Temurning tutgan dono til siyosati tufayli anhanaviy fors 
tilining nufuzini pasaytirmagan holda turkiy tillarning obro`-e`tiborini ko`tarishga 
imkoniyat yaratildi. 


75 
Turk (o`zbek) tilining qo`llanish doirasini kengaytirish, uning haq-huquqini 
tiklash, ichki imkoniyatlarini to`la namoyish etishga alohida ahamiyat berildi. Ana 
shunday sharoitda shehriyat sultoni Alisher Navoiy adabiyot gulshaniga kirib keldi 
va turk (o`zbek) tilini shehriyat osmoniga ko`tarishni umrining mazmuni deb bildi. 
Dunyoga dong taratgan badiiy asarlari bilan turk (o`zbek) tilining shuhratini 
olamga yoydi. 
Bu fikrlar XIX asr tilshunosligida buyuk inqilob hisoblangan strukturalizm 
g`oyalari, xususan, F. De Sossyur, Lui Yelmslev qarashlarining negizi emasmi? 
Lui Yelmslev o`zgarmas narsani konstanta deb nomladi. 
Alisher Navoiy tasavvuf falsafasiga asoslangan xolda, olam, tabiat butun 
mavjudot yagona zotning ko`rinishlari (tazohiri)dir, deydi. Bir vaqtlar u «o`zi 
o`zida» edi. Mikdor jihatdan beniqoyat, sifat jihatidan xilma-xil va shaklan behisob 
konkret narsalarning imkoniyatlarini o`zida saqlar, shu imkoniyatlarning 
mujassamiday yashar edi. 
Bu vaqtda u komil emas edi. Navoiy fikriga ko`ra, «g`uncha» edi. U o`zidagi 
imkoniyatlarni ro`yobga chiqarmoqchi, abstrakt mohiyatini konkretlashtirmoqchi, 
guldek ochilmoqchi, kamolotga erishmoqchi, o`z husnini, mahoratini namoyon 
etmoqchi va shu bilan o`z husnini chin go`zalliklar, voqeliklar orqali ko`rib 
tomosha qilmoqchi bo`ldi. 
Tabiat, bu dunyo go`yo bir oyna (mirhot), unda Ollohning aksi mavjud. 
Borlikdagi hamma narsada xudoning (yorning) jamoli: 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling