Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
German
Paul tomonidan “Til tarixi tamoyillari” kitobida qayd qilingan. Bu fikrni Shleyxerning tilga biologik hodisa sifatida qarash («til – tabiiy organizm») fikri bilan solishtirish mumkin. “Yosh grammatikachilar”, shuningdek, tovush o`zgarishlaridagi qonuniyatlarni aniqlashgan, ular tirik tillar va dialektlar o`rganilishi lozim deb hisoblashgan. 112 organizmga o`xshash tomonlari haqida ham so`z yuritishgan. Yosh grammatikachilar fonetik o`zgarishlarni chuqur tadqiq etishdi, undagi qat`iy qonuniyatlarni, analogiyalarni, o`zlashmalarni va neologizmlarni ajratib ko`rsatishdi. Ular ta`limotiga induvidualizm va psixologizm g`oyalari xos bo`lgan. Shunday qilib, ular tildagi o`zgarishlar sabablarini jamiyatdagi o`zgarishlardan emas, balki inson ruhiyatidagi o`zgarishlardan izlashgan. Masalan, ular zamonaviy rus tili uni o`rganmagan bola uchun o`lik tildir, lekin o`lik til hisoblangan lotin tili esa bu tilni mukammal bilgan filolog-klassik uchun tirik til sifatida namoyon bo`ladi, deb hisoblashgan. Bu qiziq! Qiyosiy-tarixiy metod taraqqiyotining uchinchi bosqichi Aleksandr Potebnya, Gugo Shuxardt, Boduen de Kurtene, Ferdinand de Sossyur va boshqa olimlar faoliyati bilan bog`liqdir. Bu davrda sotsiologik tilshunoslik (ya`ni tilning ijtimoiy vazifalarini muloqot vositasi sifatida ajratish), dialektologiya va dialektografiya sohalari taraqqiy qildi. G.Shuxardt so`zni u anglatgan predmetlar bilan bog`liqlikda o`rganishga chaqiradi. Uning “So`z va narsalar” asari (1912) shu nomli lingvistik maktabning yaratilishiga turtki bo`ldi. Avstriyalik tilshunos Rudolf Meringer tomonidan chop etiladigan “So`z va narsalar” jurnali ushbu maktabga shunday nom berdi. Shuningdek, neolingvistika (Italiyada XX asrning 20-yillarida) oqimi vujudga keldi: bu oqim talqinicha, til ijtimoiy hodisa emas, balki individual hodisadir; yagona til mavjud emas, balki dialektga xos bo`lgan izoglosslar birligi bor, xolos. Asos hind-Yevropa bobo tilidagi bir qator izoglosslarning kashf etilishidir. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling