Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

To`rtinchi davr (hozirgi davr). Turkiya va Suriya hududlarida qudratli 
davlatchilik mavjud bo`lgan. Bu yerda xettlar istiqomat qilishgan. Arxeologik 
qazishmalar paytida olimlar mixxat belgilar tushirilgan o`n minglab loydan 
yasalgan lavhalarni topishgan. Matnlarning ko`pchiligi akkad tilida yozilgan 
bo`lib, bu til Qadimgi Sharqda o`ziga xos “lotin tili” vazifasini o`tagan. Lekin 
noma`lum tilda yozilgan matnlar ham ko`p edi. Olimlar bu til – xett tili degan 
xulosaga kelishdi. Xett tili sirlarini esa qiyosiy-tarixiy metod tamoyillarini 
qo`llagan buyuk chex olimi B.Grozniy ochishga muvaffaq bo`ldi. Xett tili 
ma`lumotlari hind-Yevropa tillari tarixini chuqurroq va aniqroq o`rganishga va 
qiyosiy-tarixiy metodni rivojlantirish va mukammallashtirishga yordam beradi. 
Xett tili sirlarini ochish olimlarga eramizdan oldingi XVIII asrgacha bo`lgan 
qadimiy davr qa`riga kirib borish imkoniyatini berdi. Chunki xett tilining kelib 
chiqishi (demak, hind-Yevropa tili ham) shu davr bilan belgilanadi. 
German Paul tarixiylikning rolini bo`rttirib, “tilshunoslik fani 
to`lig`icha tarixiydir” va til tizimi haqidagi har qanday tarixiy 
bo`lmagan ish ilmiy ish emas deb ta`kidlagan. “Yosh 
grammatikachilar”ning yana bir kamchiligi ularning faqat 
alohida shakl va kategoriyalarni o`rganishgani va ularda til tizimi 
degan tushunchaning mavjud bo`lmaganligidadir.


113 
Xett tilidagi “vadar” va rus tilidagi “voda” va xett tilidagi “nebis” va rus 
tilidagi “nebesa” bir xil ma`nolarga ega. Rus tilida va xett tilida 3 sanoq soni “tri” 
deb talaffuz qilinadi. Xett tili rus, ingliz, yunon, litva va boshqa hind-Yevropa 
tillari bilan qarindosh bo`lib chiqdi. 
Bu 
davrda, 
shuningdek, 
sinxron 
tilshunoslik, 
glottoxronologiya, 
strukturalizm va boshqa yo`nalishlar ham taraqqiy eta bordi. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling