Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

bir necha sahifa” (dissertatsiyasining ilova qismi), Boltiq tillaridagi urg`uga 
bag`ishlangan asarlari, hind-Yevropa tillarining fonetik strukturasiga bag`ishlangan 
bir qancha kichik-kichik hajmli ishlari (shogirdi prof. V.K. Porjezinskiyning 
ko`rsatishicha, hammasi bo`lib 35ta asari) bor. Shuni aytish 
kerakki, F.Fortunatovning ilmiy merosi hali yetarlicha 
o`rganilgan emas. 
F.Fortunatov ajoyib tilshunoslarni yetishtirgan o`ziga 
xos lingvistik maktab yaratdi. Bu maktabga uning M.M. 
Pokrovskiy (1869-1942), keyinchalik o`z maktabini yaratgan 
A.A. Shaxmatov (1864-1920), V.K. Porjeniskiy (1870-1929), 
A.I. Tomson (1860-1935), D.N. Ushakov (1873-1942), M.N. 
Peterson kabi ko`p sonli mashhur shogirdlari mansubdir. F.Fortunatov oldiga chet 
mamlakatlardan ham yosh olimlar kelib, undan ta`lim olar edilar. Shuning uchun 
uning chet ellik shogirdlari ham ko`p edi. 
Qozon maktabi 
Moskva maktabi bilan bir qatorda XIX asr oxirlarida Qozon universitetida 
ham alohida lingvistik maktab maydonga keldi. Unga mashhur 
rus va polyak tilshunosi Ivan (Yan) Aleksandrovich (Ignansi) 
Boduen de Kurtene (Netsislav) (1845-1929) rahbarlik qildi.
1870-yilda Leypsigda “XIV asrgacha bo`lgan qadimgi 
polyak tili haqida” nomli mashhur asari bosmadan chiqadi. 
1874-yilda 
esa 
doktorlik 
dissertatsiyasini 
(“Rezyan 
shevalarining fonetikasini o`rganish tajribasi”) himoya 
qiladi, shu yili Qo`zon universitetida avval dotsent, keyin 
professorlik vazifasida ishlay boshlaydi. Rossiyada birinchi 
marta eksperimental fonetika laboratoriyasini tashkil qilindi. Boduenning asarlari 
juda ko`p bo`lib, ularning talay qismi matbuotda e`lon qilingan. Shuning uchun 
ularning xammasini to`plash xam qiyin. 
Boduen de Kurtene tabiiy fanlarga qiziqar edi. U hammadan burun 
Darvinning evolyutsiya nazariyasiga alohida ahamiyat bergan. Bu uning 
asarlaridagi darvinizmga moyillikdan ham ko`rinadi. Shuning uchun ham u 
tilshunoslikni tabiiy fanlarga kiritadi. 
Shu bilan birga, Boduen tilga ijtimoiy jihatdan kerakligini ham ko`rsatgan. 
Masalan, u yozadi: “Til butun holda ham, o`zining qismlari holida ham kishilar 
orasida o`zaro aloqaga hizmat qilsagina, ahamiyatga ega bo`ladi”. 
I.A. Buduen de Kurtenening ta`limotida quyidagilar juda muhimdir: 
1. Ma`lum tarkibiy qismlar va kategoriyalar kompleksi 
bo`lgan tildan uzluksiz takrorlanib turadigan protsess tilini 
farqlash kerak. Ma`lumki, buni Ferdinand de Sossyur til va nutq 
deb nomlaydi.


116 
 
 
 
Boduen Qozonda ishlagan davrlarida uning maktabiga, I.V. Krushevskiy, 
V.A. Bogoroditskiy, S.K. Bulich va boshqalar kirgan bo`lsa, Peterburgda ishlagan 
vaqtlarida L.V. Sherba, B.A. Larin, A.P. Barannikov, V.V. Radlov kabi mashhur 
tilshunoslar uning yo shogirdlari, yoki izdoshlari sifatida atrofida to`plangan edilar. 
Varshavada ishlagan paytlarida esa V.Doroshevskiy kabi olimlarni yetishtirdi. 
Boduen de Kurtenening shogirdlaridan N.V. Krushevskiy o`zining “Til 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling