haqidagi fan ocherki” nomli doktorlik dissertatsiyasida umumiy tilshunoslik
masalalari, tilning taraqqiyot qonunlari kabi umumiy problemalar bilan bir qatorda,
so`zning morfologik strukturasi va so`z yasalishi, so`zning qayta bo`linishi va
soddalanishi kabi konkret masalalar bilan ham shug`ullanadi.
N.V. Krushevskiy yosh grammatikachilarning ilmiy-tadqiqot metodini
“arxeologik” metod deb tanqid qildi. U fonetikaning eng muhim vazifasi bobo
tilning tovush sistemasini qayta tiklash emas, balki ma`lum tilning tovushlari
xarakterini, ularning o`zgarish qonuniyatlarini, yo`qolishi va yangi tovushlarning
paydo bo`lishi sharoitlarini o`rganishdir, deb hisobladi.
Boduenning talanti va har taraflama bilimli shogirdi V.A. Bogoroditskiy
Qozon maktabiga xos bo`lgan umumiy nazariy yo`nalishni saqlagan holda, uni
yana ham rivojlantirdi, ayrim masalalarni aniqladi. V.A. Bogoroditskiyning asosiy
asarlari shular: “Rus tilida urg`usiz unlilar”, “Rus tili grammatikasidan
umumiy kurs”, “Tilshunoslik va rus tili bo`yicha ocherklar”, “Eksperimental
ma`lumotlarga ko`ra rus tilining fonetikasi”, “Umumiy tilshunoslik bo`yicha
leksiyalar”, “Oriy-Yevropa tillarining qiyosiy grammatikasi” va boshqalar.
Uning turkiy tillarga bag`ishlangan asarlari ham diqqatga sazovordir. Bular:
2. Тil qurilishida Boduen uch darajani: 1) So`z va gaplarning
fonetik tuzilishi. 2) So`zlarning morfologik tuzilishi. 3) Gaplarning
morfologik tuzilishini ajratdi. Shu asosda u tilshunoslikka morfema
haqidagi ta`limotni kiritdi.
3. Boduengacha grammatikaning ilmiyligi uning tarixiyligida
deb tushuntirilar edi. Boduen esa tilda tarixiylikni dinamikani
aniqlash zarur bo`lganidek, statikani aniqlash ham zarur deb
hisobladi. Boduen tovush va harf tushunchalarini ajratdi.
Grammatik
paradigmaning
yozuv
sistemasiga
bog`liqligini
ko`rsatdi.
4. Nihoyat, I.A. Buduen de Kurtenening lingvistikaning
borgan sari aniq fanlarga yaqinlashayotganini, lingvistikada
matematikadagi miqdoriy deduktiv (umumiylikdan xususiylikka
boruvchi) metoddan foydalanish mumkinligini oldinga surdi.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |