University of business and science”


Download 148.45 Kb.
bet7/9
Sana21.07.2023
Hajmi148.45 Kb.
#1661474
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7.H MUSTAQIL ish stastika

3-rasm. Kalamushning labirintda o’tkazgan vaqti uchun MINITAB tasviriy statistikalari
Endi intervalni shakllantiramiz:
Ko’rsatkichlarni tekshirish shuni ko’rsatadiki, vaqtlarning 23 tasi o’rtacha atrofidagi bitta standart chetlanish oralig’ida yotadi. Ushbu raqam 23/30, yoki taxminan tanlama to’plam ko’rsatkichlarining 77%ini aks ettiradi.
Keyingi interval:
Ikkitadan tashqari barcha vaqt ko’rsatkichlari ushbu interval ichida, shuning uchun 28/30, yoki taxminan 93% ko’rsatkichlar, ning 2 ta standart chetlanishi orasida yotadi.
Nihoyat, atrofidagi 3 standart chetlanish oralig’i:
Vaqt ko’rsatikchlarining hammasi o’rtachaning 3 standart chetlanishi oralig’ida yotadi.
Ushbu bitta, ikkita, uchta standart chetlanish foizlari (77%, 93%, va 100%) empirik qoida orqali taqdim qilingan 68%, 95%, va 100% kabi taxminlarga to’liq mos tushadi (2.7-jadval ).
Ortga nazar tashlashAgar siz ushbu ma’lumotlar qatori uchun chizilgan MINITAB chastota gistogrammasiga qarasangiz (4-rasm), e’tibor berishingiz mumkinki, taqsimot haqiqatdan ham qo’rg’on shaklga ega emas va na juda ham og’ma emas. Demak, biz qo’rg’on shaklli taxminlardan etarlicha qoniqarli natijalar oldik. Albatta, biz Chebishev qoidasidan bilamizki (2-jadval), ya’ni taqsimot shakli qanday bo’lishidan qat’iy nazar, eng kamida 75% va eng kamida 89% ko’rsatkichlar mos ravishda ning ikki va uch standart chetlanishli oralig’ida yotishi kutiladi.
Echish.Bosib o’tilgan masofa ma’lumotlarning variatsion kengligi 44.9-30.0 =14.9. Chebishev va empirik qoidadan bilamizki, ko’rsatkichlarning aksariyati (agar taqsimot qo’rg’on shaklida bo’lsa, taxminan 95%) o’rtachaning ikkita standart chetlanishi oralig’ida bo’ladi. Shu bilan birga, taqsimot qatorining shakli va ko’rsatkichlar sonidan qat’iy nazar, ularning hammasi o’rtachaning uchta standart chetlanishi oralig’ida joylashadi. Mos ravishda, ko’rsatkichlarning variatsion kengligi 4 (ya’ni, ±2s ) va 6 (ya’ni, ±3s ) standart chetlanish orasida bo’ladi (5-rasmga qarang).

Download 148.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling