University of economics and pedagogy


O’zbek tilida so’z yasalishi


Download 1.79 Mb.
bet18/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

O’zbek tilida so’z yasalishi

  • So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo`lib, u yangi ma’noli so`z yasalishi, so`z yasash usullari, so`z yasalishiga aloqador bo`lgan hodisalarni o`rganadi.

  • “Soz yasalishi” atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo`llanadi:

  • 1) tilshunoslikning so`z yasalishi bilan bog`liq hodisalarni tekshiruvchi bo`limini;

  • 2) umuman so`z yasalishi, so`z hosil qilinishini bildiradi.

  • Nutqda so`zlar tub yoki yasama shaklda qo`llanadi.

  • Yasovchi affikslarga yoki yasovchi qismlarga ega bo`lmagan so`z tub so`z deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o`n, yigirma, biz, hamma, ba’zi, bormoq, kelmoq, o`qimoq, sekin, birga, hozir va h.k.

  • Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so`z yasama so`z deb yuritiladi. Masalan, tinchlik, bog`bon, gulzor, jonlan, birlash, ko`kar, sezgir, zavqli so`zlari o`zakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li) qo`shish usuli bilan yasalgan bo`lsa, Dilorom, Oqtepa, bilaguzuk, sohibjamol, sofdil, erksevar so`zlari so`zlarni yoki so`z shakllarini qo`shish, biriktirish usuli bilan hosil qilingan.

  • Tilda mavjud bo`lgan so`z (yoki so`zlar, so`z shakllar negizida ma’lum usullar bilan yangi ma’nodagi so`zlarni hosil qilish so`z yasalishi deyiladi.

  • O`zbek tilidagi so`z yasash usullar haqida

  • O`zbek tilida so`z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo`lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va yetakchi usullar hisoblanadi.

  • Affiksatsiya usuli. So`zga so`z yasovchi affiks qo`shish bilan yangi so`z hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, paxtakor, sinfdosh, quvonch, do`stlik, ochiq, tirishqoq, serjilo, ilmiy, o`yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko`pincha, ertalab va boshqalar.

  • So`z yasovchi affikslar o`zbek tilida asosan suffiks tarzida qo`llanib, so`z o`zagidan so`ng qo`shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o`zak oldiga prefiks tarzida qo`shilib, yangi ma’nodagi so`z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, beg`araz, noo`rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k.

  • O`zbek tilida so`z yasovchi affikslardan tashqari, o`z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so`z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, Yangiobod.

  • Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so`z yoki so`z shakllarining qo`shiluvi, birikuvi orqali yangi so`z yasash kompozitsiya usuli bilan so`z yasash deyiladi. Bu usul bilan qo`shma, ayrim juft so`zlar hosil qilinadi. Masalan, guldasta, gultojixo`roz, asalari, tomorqa, xushfe’l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havo rang, e’lon qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gall, yonma-yon, zo`r-bazo`r, ketma-ket va b.

  • Abbreviatsiya usuli. Bu usulga ko`ra, bir butun holda qo`llanadigan to`g`ri ma’noli turg`un birikmalarning qismlari har xil yo`l bilan qisqartirilib so`z hosil qilinadi. Bu usul rus tilidan kirgan bo`lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi: BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH - Mustaqil davlatlar hamdo`stligi, ATSAvtomatik telefon stantsiyasi, ToshMI – Toshkent meditsina instituti, filfak – filologiya fakulteti, akademlitsey – akademik litsey, peduniversitet – pedagogika universiteti va b.


  • Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling