University of economics and pedagogy


Mustaqil va yordamchi so‘zlarning xususiyatlari


Download 1.79 Mb.
bet21/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Mustaqil va yordamchi so‘zlarning xususiyatlari
Mustaqil so'zlar Yordamchi so‘zlar - lug'aviy ma’noga ega; nominativ vazifa bajaradi; morfologik jihatdan o'zgaradi; - gapda mustaqil holda gap bo'lagi bo'lib kela oladi. lug'aviy ma'noga ega emas; - turli yordamchi ma’no va vazifalarda qo'llanadi; morfologik jihatdan o'zgarmaydi: - gapda mustaqil gap bo'lagi vazifasida kela olmaydi.
Mustaqil so'z har turkumlarining har biri o'ziga xos grammatik kategoriyalarga ega. Ulaming alohida turkumlarga bo'linishida ham ana shu morfologik belgi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, egalik kategoriyasi faqat otlarga xos bo'Isa, nisbat kategoriyasi yoki zamon faqat fe’llar uchun xarakterlidir. Grammatik kategoriya - umumiy ma’nosiga ko'ra birlashuvchi grammatik shakllar tizimidir. Grammatik kategoriya tushunchasi grammatik ma’no bilan uzviy bog'Iiq. Har qanday grammatik ma’no grammatik kategoriyalar orqali ifodalanadi. Demak, grammatik kategoriya umumlashgan grammatik ma’no demakdir. Umumiy grammatik ma’noni tashkil etuvchi xususiy ma’nolar bir-biriga zid bo'ladi. Masalan, son kategoriyasini olib ko'raylik: talaba talabalar, gul—gullar kabi. Bunda birlik bilan ko'plik grammatik shakllari zid ekaniigi izoh talab qilmaydi. Ko'plik ma’lum grammatik vosita - affiks (-lar) orqali ifodalanmoqda. Birlik esa bunday qo'shimchaga ega emas. Demak, -lar morfemasi ko'plikni ifodalamoqda. Ana shu birlik va ko'plik ma’nolari grammatik son kategoriyasini beradi. Grammatik kategoriyalar tillarda uch xil bo'ladi: 1) sintetik grammatik kategoriyalar; 2) analitik grammatik kategoriyalar; 3) aralash grammatik kategoriyalar. Sintetik grammatik kategoriyalar affiksal morfemalar orqali ifodalanadi. Masalan, universitetning hovlisi, kitobni о 'qimoq kabi.
Analitik grammatik kategoriyalar yordamchi so'zlar orqali ifodalanadi: kelmon bilan chopmoq, sovg'a uchun olmoq. Aralash grammatik kategoriyalar ham sintetik, ham analitik vositalar orqali ifodalanadi: Biz qishloq tomonga borgan edik. Grammatik kategoriyalar tillarda bir xil bo'lmasligi eslatilgan edi. Masalan, otga xos grammatik kategoriyalarini olaylik. Otning rus tilida son, kelishik, rod kategoriyalari, o‘zbek tilida son, kelishik, egalik kategoriyalari, ingliz tilida son, kelishik, aniqlik-noaniqlik kategoriyalari, fransuz tilida ham shu singari kategoriyalar mavjud. Grammatik kategoriyalar ma’lum grammatik vosita orqali ifodalanadi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling