University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet22/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Morfologiya- grammatikaning tarkibiy qismi. U yunoncha morphe va logos so’zidan olingan bo’lib, “shakl haqidagi fan” ma’nosini beradi.
Morfologiyada so’z turkumi, unga xos Grammatik kategoriya va Grammatik shakl, bu shaklni hosil qilish yo’li va vositasi o’rganiladi. Morfologiyaning obyekti, asosan, so’zning shakl yasalishi masalasi. So’zning shakl yasovchi qo’shimcha va nomustaqil so’zni olishi shakl yasalishi, o’zgarishi deyiladi. Masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan, kitob uchun, kitob bilan so’zlari kitob so’zining kelishik qo’shimchasi va ko’makchi asosidagi o’zgarishi.
So’zning ma’noviy tasnifi. Bunda so’z quyidagi guruhga ajraladi:
a)mustaqil lug’aviy ma’noli so’z (fe’l, ot, sifat, son, ravish);
b)nomustaqil lug’aviy ma’noli so’z (olmosh va undov);
v)lug’aviy ma’nosiz so’z (ko’makchi, bog’lovchi, yuklama).
Yordamchi so’z gap bo’lagi va qo’shma gap tarkibidagi sodda gapni o’zaro bog’laydi yoki ularga qandaydir qo’shimcha ma’no yuklaydi. U lug’aviy ma’noga ega emas, so’roqqa javob bo’lmaydi va yakka holda gap bo’lagi bo’lib kelmaydi.
Alohida so’z nisbiy mustaqil lug’aviy ma’noga ega. Ular goho so’roqqa javob bo’lmasa ham, o’zining mahsus so’rog’iga ega emas. Gapda qandaydir sintaktik vazifani bajaradi. Lekin har biri o’ziga hos umumiy hususiyati bilan alohida-alohida turkumni tashkil etadi.
Mustaqil so’zning qaysi turkumga kirishini aniqlash so’roq berish asosida bo’ladi. Har bir turkumning o’z so’roq tizimi bor. Ammo b irdan ortiq turkumga hos umumiy so’roq ham mavjud. Masalan, qanday so’rog’i sifat, ravish va otga, nima so’rog’i ot, olmosh, taqlid, harakat nomiga ham xos. Ot esa sifat va ravish vazifasida kelganda uning so’rog’iga javob bo’ladi: yog’och qoshiq-qanday qoshiq?, takror aytmoq-qay tarzda aytmoq?
Sifatning so’rog’iga sifat o’rnida qo’llanuvchi olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, sifat vazifasida kelgan ot, taqlid va modal ham javob bo’ladi. Sifat otlashib, otning so’rog’ini olishi mumkin.
So’zning yasalishiga ko’ra tasnifi. Ot, sifat, fe’l, ravish yasalish tizimiga ega. Boshqa turkum yasalmaydi.
So’z turkumi. O’zbek tilida 12 ta so’z turkumi bo’lib, u uch guruhga bo’linadi:
1)Mustaqil so’z turkumi: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish.
2)Yordamchi so’z turkumi: ko’makchi, bog’lovchi, yuklama.
3)Alohida olingan so’z: modal, undov, taqlid.
Mustaqil so’z olamdagi narsa hodisa, belgi, miqdor, harakat, holat kabini ataydi, ya’ni mustaqil lug’aviy ma’noga ega bo’lib, so’roq oladi. Mustaqil so’z turkumi sirasida faqat olmosh predmet-hodisa, belgi va miqdorni bildira olmaydi,balki unga ishora qiladi.
Yordamchi so’z gap bo’lagi va qo’shma gap tarkibidagi sodda gapni o’zaro bog’laydi yoki ularga qandaydir qo’shimcha ma’no yuklaydi. U lug’aviy ma’noga ega emas, so’roqqa javob bo’lmaydi va yakka holda gap bo’lagi bo’lib kelmaydi.
Alohida so’z nisbiy mustaqil lug’aviy ma’noga ega. Ular goho so’roqqa javob bo’lmasa ham, o’zining mahsus so’rog’iga ega emas. Gapda qandaydir sintaktik vazifani bajaradi. Lekin har biri o’ziga hos umumiy hususiyati bilan alohida-alohida turkumni tashkil etadi.
So’z turkumi tasnifi. So’z quyidagi belgi asosida tasnif qilinadi:
So’zning ma’noviy xususiyati;
So’zning morfologik xususiyati;
So’zning yasalish xususiyati.
So’zni tasniflash uchun, avvalo, har birining atash ma’nosini emas, balki umumiy ma’nosini hisobga olish kerak. Masalan, ot predmet, sifat predmet belgisi, ravish harakat belgisi, son aniq miqdor, fe’l ish-harakat va holat ma’nosiga ega.
Mustaqil so’zning qaysi turkumga kirishini aniqlash so’roq berish asosida bo’ladi. Har bir turkumning o’z so’roq tizimi bor. Ammo birdan ortiq turkumga hos umumiy so’roq ham mavjud. Masalan, qanday so’rog’I sifat, ravish va otga, nima so’rog’i ot, olmosh, taqlid, harakat nomiga ham xos. Ot esa sifat va ravish vazifasida kelganda uning so’rog’iga javob bo’ladi: yog’och qoshiq-qanday qoshiq?, takror aytmoq-qay tarzda aytmoq?
Sifatning so’rog’iga sifat o’rnida qo’llanuvchi olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, sifat vazifasida kelgan ot, taqlid va modal ham javob bo’ladi. Sifat otlashib, otning so’rog’ini olishi mumkin.
So’zning yasalishiga ko’ra tasnifi. Ot, sifat, fe’l, ravish yasalish tizimiga ega. Boshqa turkum yasalmaydi. So’zning ma’noviy, morfologik, sintaktik, yasalish belgisi quyidagi jadvalda berilgan:
belgisi quyidagi jadvalda berilgan:

Sifat, son, ravish, shu so’z turkumi o’rnida qo’llanuvchi olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, taqlid, undov va modal (ma’noli) otlashish xususiyatiga ega. Chunki ular o’zi bog’langan otni tushirib, uning Grammatik shakli va sintaktik xususiyatiga ega bo’la oladi.


Otlar birlik va ko‘plik sonda keladi. Birlik sondagi otlar bir predmetni bildiradi. Ko‘plik sondagi otlar birdan ortiq predmetni bildiradi. Otlar ko‘plikda -lar qo‘shimchasi orqali ifodalansa, morfologik usul hisoblanadi: bolalar, uylar. Ko‘plik ma’nosi qo‘shimchasiz holda maxsus so‘zlar yordamida ifodalansa, leksik usul hisoblanadi: bir qancha odam, ming-ming daraxt, beshta daftar. Ba’zan bu usullar aralash ifodalanishi mumkin (leksik-morfologik usul): Ko‘p ota-onalar kelishdi.
Harakat-holat, belgi nomini bildirgan otlar, donalab sanalmaydigan narsa va jism nomlari, juft predmetlarni bildiruvchi otlar va atoqli otlar faqat birlikda qo‘llanadi: do‘stlik, un, ko‘z, Muattar va h.
-lar qo‘shimchasi ko‘plik ma’nosidan tashqari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1) narsalarning turini, navini xilini: Do‘konga yog‘lar (guruchlar, suvlar va h.) keltirildi; 2) jamlikni: Ma’muraxonlar kelishdi; 3) hurmatni: Dadamlar ishlaydilar;
4) kinoyani: Janoblari kelibdilar-da; 5) kuchaytirishni: Boshlarim og‘rib ketdi; 6) taxminni: Soat beshlarda keladi.
-lar ko‘rsatkichi otlardan tashqari olmosh, son, sifat, fe’l, ravish turkumidagi so‘zlarga ham qo‘shilishi mumkin: bular, kimlar, bizlar, tushuntirishlar, kattalarni, beshlar, ilgarilari, kelganlar kabi. Bu ko‘rsatkich fe’lga qo‘shilganda tuslovchi tarkibida keladi: boradilar(3-shaxs tuslovchi tarkibida).

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling