University of economics and pedagogy
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
Tayanch so‘z va iboralar: grammatika, grammatik sath, morfologiya, so ‘z, so ‘z shakl, grammatik mа’no, grammatik shakl, sintetik shakl, analitik shakl, grammatik vosita, grammatik kategoriya, grammatik vazifa, so'z turkumlari, mustaqil soz turkumlari, yordamchi so ‘z turkumlari, oraliq so 'z turkumlari.
Grammatika (grek grammatika > harf о ‘qish va yozish san'ati) tilshunoslikning so'z shakllarini, so'z birikmasi va uning turlarini, gap va uning turlarini, ya’ni tilning grammatik qurilishini o'rganuvchi bo‘limi. Grammatika morfologiya va sintaksis kabi bo‘limlarni o'z ichiga oladi. Morfologiya (gr. morphe — shakl + logos tali mot) so‘z shakllari haqidagi grammatik ta’limotdir. Morfologiya so'zlaming grammatik shakllari va so‘z turkumlarini o'rganadi. So'z leksik ma’nodan tashqari grammatik ma’no ham anglatadi. So'zning grammatik ma’nosi ham morfologiya sohasida o'rganiladi. So'zning grammatik ma’nosi haqida gap borar ekan, grammatik ma ’no, grammatik shakl, grammatik vosita terminlarining mohiyatini tushunib olish lozim. Grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan til vositalari grammatik shakldir, Masalan, borayapman fe’li tarkibida hozirgi zamon, birinchi shaxs birlik; talabalarimiz oti tarkibida birinchi shaxs egalik, ko'plik ma'nosini ifodalovchi grammatik shakllar qo'llangan. So'zning lug'aviy ma’nosi ustiga qo'yiladigan, grammatik shakli ifodalaydigan ma’no grammatik ma'no hisoblanadi. Demak, grammatik ma’no so'zning qaysi so'z turkumiga mansubligi, qanday grammatik shakllarni qabul qilganligi, gapda qanday sintaktik vazifani bajarganligini ko'rsatuvchi, bir qancha so'zlar uchun umumiy bo'lgan ma’nodir. Masalan, do'ppi so'zining grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, bosh kelishikda, birlikda; kitoblar so'zining grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, bosh kelishikda, ко ‘plikda kabi. So'zning grammatik ma’nosi lug'aviy ma’nodan umumiyligi bilan farqlanadi. Masalan, ruchka, daftar, o'quvchi, maktab so'zlari alohida-alohida lug'aviy ma’no anglatgani holda, bir umumiy grammatik ma’noga ega: ot, turdosh ot, birlikda, bosh kelishikda. O'zbek tilida grammatik ma’no quyidagi vositalar bilan ifodalanadi: 1. Affiks (qo'shimcha)lar. 2. Yordamchi so'zlar. 3. So'z tartibi. 4. Takror. 5. Ohang. Grammatik shaklning ikki turi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl. Affikslar vositasida hosil bo'luvchi grammatik shakl sintetik (yun. synthetikos - biriktirilgan, qo'shilgan) shaki hisoblanadi. O'zbek tilida shakl yasovchi qo'shimchalar vositasida, ya’ni sintetik usul bilan grammatik ma’no ifodalash keng tarqalgan. Masalan, bola - bolalar (ko'plik shakli), bolam (egalik shakli), bolamni (kelishik shakli) kabi. Yordamchi so'zlar vositasida hosil bo'luvchi grammatik shakl analitik (yun. analytikos — yoyiq, yoyilgan) shakldir. O'zbek tilida yordamchi so'zlar vositasida, ya’ni analitik usul bilan ham grammatik ma’no ifodalanadi. Masalan, telfon orqali (vosita ma’nosi), otam bilan (birgalik ma’nosi) birliklarida ko'makchilar ma’lum ma’nolami ifodalashdan tashqari shu so'zlami keyingi boshqa so'zlarga tobe bog'lashga xizmat qiladi. Gapda so'z tartibining o'zgarishi bilan ham ba’zan grammatik ma’no o'zgaradi. Masalan, keng ko'cha (so'z birikmasi) - Ko'cha keng (gap). Demak, so'zlaming tartibi o'zgarishi bilan sintaktik munosabat o'zgarib, boshqa sintaktik birlik hosil bo'ladi. Takror (reduplikatsiya) orqali ham turli grammatik ma’nolar ifodalanadi. Bunda bir so'z yoki uning biror qismini takror qo'llash tushuniladi. Masalan, dasta-dasta gul (ko'plik ma’nosi), baland- baland bino (orttirma daraja shakli) kabi. Takror boshqa tillarda, jumladan, o'zbek tilida so'z ma’nosini kuchaytirish, bo'rttirish vositasi sifatida ham qo'llanadi. Takror o'zbek tilida quyidagi maqsad va ma’nolarda qo'llanadi: 5) taqlid: 6) qo'shimcha grammatik ma’no ifodalash uchun: qip-qizil, oppoq, qop-qora, baland-baland (sifat darajalari) kabi; Ohang vositasida ham grammatik ma’no ifodalanadi. Ohang o'zgarishi bilan grammatik ma’no o'zgaradi. Masalan, Nilufar о 'qishga kirdi (darak gap) — Nilufar о 'qishga kirdi? (so' roq gap), Nilufar о 'qishga kirdi! (undov gap) kabi. So'zlarning lug'aviy, umumiy grammatik ma’no va vazifalariga ko'ra ma’lum guruhlarga bo'linishi so'z turkumlari deyiladi. So'zlami turkumlarga ajratishda quyidagi xususiyatlar hisobga olinadi: 1) so'zning ma’noviy xususiyatlari (lug'aviy (leksik) ma’nosi); 2) so'zning morfologik xususiyatlari; 3) so'zning sintaktik xususiyatlari; 4) so'zning yasalish xususiyatlari. O'zbek tilida 12 ta so'z turkumi bor. Ular quyidagilar: ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe'l, bog'lovchi, ko'makchi, yuklama, undov so'zlar, taqlid so'zlar, modal so'zlar. So'z turkumlari ma’no va vazifasiga ko'ra quyidagi 3 guruhga bo'linadi: I. Mustaqil so'z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish. II. Yordamchi so'z turkumlari: ko‘makchi, bog'lovchi, yuklama. III. Oraliq (alohida) so'z turkumlari: undov so'zlar, taqlid so'zlar, modal so'zlar. Lug'aviy ma’no anglatadigan, ma’lum so‘roqqa javob bo'lib, gapda mustaqil ravish da gap bo'lagi vazifasida keladigan so'zlar mustaqil so'zlar sanaladi. Mustaqil so'zlar ot, sifat, son, olmosh, ravish kabi mustaqil so'z turkumlariga mansub so'zlardir. Masaian, dars, yulduz, go ‘zal, erta, birinchi, bormoq kabi. Mustaqil so'zlar narsa-buyum, belgi, hodisa, miqdor, harakat, holat kabilami ifodalaydi. Faqat olmoshlar lug'aviy ma’no anglatmaydi, balki ularga ishora qiladi. Shu xususiyati bilan olmosh boshqa mustaqil so'zturkumlaridan farqlanadi. Ot, sifat, son, olmosh turkumlari ismlar deb ham yuritiladi. Mustaqil holda lug'aviy ma’no anglatmaydigan, gap bo'lagi vazifasida kela olmaydigan, turli yordamchi ma’no va vazifalarda qo'llanadigan, grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so'zlar yordamchi so'zlar deyiladi. Yordamchi so'zlar ko'makchi, bog'lovchi, yuklama kabi yordamchi so'z turkumlariga mansub so'zlardir. Oraliq so‘z turkumlariga mansub undov, taqlid va modal so'zlar ham lug'aviy ma’no anglatmaydi, biroq gap bo'lagi vazifasida kela oladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling