University of economics and pedagogy
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol-javob jarayonini tahlil qilish
- Mavzu yuzasidan mashqlar 1-mashq
Savol va topshiriqlar
1. Atama deganda nimani tushunasiz? 2. Atama qanday hosil qilinadi? 3. Atamaning umumxalq so‘zidan qanday farqi bor? 4. Atamalarni yasash va ularni tartibga solish muammolari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi? 5. Atamalarni tartibga solishga qanday zaruriyat tug‘ildi? 6. Atamalarni tartibga solishning qaysi yo‘llarini bilasiz va qaysisi sizga ma’qulroq? 7. Iqtisodiyot sohasida qabul qilingan beshta yangi atama toping va ular ishtirokida gap tuzing. 8. Тilning rivojlanishi deganda nimani tushunasiz? 9. O‘zbek tili leksikasidagi o‘zgarishlar haqida gapiring. 10. Mustaqillik sharoitida yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni ayting. 11. Jargon va argoga misolar keltirib izohlang. Savol-javob jarayonini tahlil qilish Savol-javob vositasida ta’lim berish usulining oxirgi fazasi talabalarga o‘z fikrlash jarayonlarini tahlil qilishga imkon berish va berilgan savol hamda javoblarni tanqidiy nuqtayi nazardan o‘rganishni qamrab oladi. O‘qituvchi talabalardan fikran orqaga qaytishni taklif qiladi va ularga darsning har bir fazasida ularga qanday fikrlar kelganini eslashni va bu fikrlar sonini hisoblashni topshiradi. Qachon ular birinchi marta muammoli holatni tushunishga erishdilar? Nega ular ba’zi tushuntirishlarni boshqalarga nisbatan tezroq tushuna boshladilar? Dars davomida ular muammoli holat haqida o‘z fikrlarini nima uchun o‘zgartirdilar? Bu o‘zgarishga nima sabab bo‘ldi? Bu usulda ta’lim bergandan so‘ng talabalardan teskari aloqa ko‘rinishidagi ma’lumotlar olish va darsning samarasini aniqlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda deklarativ ta’lim berish usullarini baholash uchun o‘tkaziladigan usullar va qoidalardan farqli o‘laroq, baholash usullari ham o‘ziga xos bo‘lishi lozim. Mavzu yuzasidan mashqlar 1-mashq. Quyidagi so‘zlarni faol va passiv so‘zlarga ajrating. Yer, quyosh, odam, bashar, chaqmoq, uy, yo‘l, dinozavr, uzoq, imlo, g‘azal, koinot, ayol, odob, daryo, rejalashtirish, tabib, jadallashtirish, ekmoq, olim, magistratura, bakalavr, zilzila, toshqin, kuldi, sun’iy, agrotexnika, iste’mol, yig‘lamoq, yilnoma, yoqilg‘i, hafta, sut, qatiq, tovar. 103-mashq. Matnni ko‘chiring. So‘ngra umumturkiy so‘zlar, o‘zbekcha so‘zlar, forscha-tojikcha so‘zlar, arabcha so‘zlarni joylashtirilgan chizma chizing va matndagi so‘zlarni shu chizmalarga joylashtiring. FARZAND VA OТA UCHRASHUVI «Тoshkent — Andijon» poyezdi Asakaga yetib keldi. Yo‘lovchilar tez-tez vagonlardan tusha boshladilar. Havo ochiq, ko‘kda son-sanoqsiz yulduzlar charaqlagan, mayin shabada esib turibdi. Shahrixon soyi shovullab, suvi qirg‘oqqa uriladi, paxsa devorlardan engashgan olcha munchoqlari, oq o‘riklar oydinda ko‘zga tashlanib qoladi, uzoqlarda elektr chiroqlari miltillaydi. Yuk xaltasini orqalab olgan imoni komil, mo‘min yigit bu manzaralarga suqlanib, ko‘cha o‘rtasidan kelmoqda. Uzoq vaqt jang olovlarida yurgan kishi uchun bu manzaralar orombaxsh tuyular, quvonchi ichiga sig‘mas edi. Novcha teraklar uchida oyning kumush parchasi suzadi, shamol novda-nihollarni tebratadi. Ana, tong ham otmoqda. Allaqayerda bulbul to‘lib-toshib kuylaydi, yaqin o‘rtada xo‘roz qichqiradi. Ko‘prik oldida fonus ko‘targan kishi paydo bo‘ldi. Bu — Po‘latjonning otasi edi. Po‘latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapira olmas, vujudi esa karaxt bo‘lib qolgandek qimirlamas edi. Farzand bilan ota uchrashuvini ko‘kdagi oy kuzatar edi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling