University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet56/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

3-mashq. «U kim? Bu nima?» («Bolalar ensiklopediyasi», 1987—1988-yillar, 3 jildli) kitobidan olingan quyidagi matnni o‘qing. So‘ng istagan harfingizni ochib, o‘zingizga ma’qul bo‘lgan so‘zning izohini daftaringizga ko‘chirib oling, izohlang.
Kitobdagi barcha maqolalar alfavit tartibida joylashgan. Birinchi kitob A—Y harflari bilan, ikkinchi kitob K—R harflari bilan, uchinchi kitob S—H harflari bilan boshlanadigan maqolalarni o‘z ichiga oladi.
Masalan, sizni «Buxoro» maqolasi qiziqtiradi. 1-jildning 99-betidagi B harfi mundarijasiga qarang. U yerda kitobdagi B harfi bilan boshlanadigan hamma maqolalar ko‘rsatib qo‘yilgan. «Buxoro»ni topdingiz-mi? Kitobning qaysi betida shu haqda hikoya qilingan? 150-betida. Mana, maqolaning o‘zi. Unda Ko‘hna Buxoro haqida, uning tarixi, ajoyib yodgorliklari to‘g‘risida hikoya qilinadi. Shu jilddan jiyda, zilzila, Ibn Sino, yo‘lbars kabi boshqa maqolalarni ham topishingiz mumkin.


4-mashq. «Salomatlik» ensiklopediyasidan afoniya (30-bet), nutq (296-bet), oliy nerv faoliyati (314-bet) so‘zlariga berilgan izohlarni o‘qing. Ular haqida fikr yuriting.

N a m u n a:


Afoniya (yunoncha a — inkor qo‘shimcha va phoni — ovoz) — shivirlab gapirish qobiliyati saqlangan holda ovoz chiqmay qolishi. A. turli kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek, organizmning umumiy kasalliklari belgisi bo‘lishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik A. farq qilinadi.


Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi va tebranmasligi bilan bog‘liq kasalliklarida (yallig‘lanish, rak va h.k.) chin A. ro‘y beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi, nerv kasalliklari paralitik A. ga sababchi bo‘lishi mumkin.
Odatda, miya yarimsharlarida ovoz boylamlarini harakatlan­tiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qo‘rqish va B. natijasida funksional A. yuzaga keladi.
Halqum va hiqildoq shilliq qavatiga o‘yuvchi kimyoviy modda­larning ta’sir etishi spastik A. ga sabab bo‘ladi (30-bet).



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling