University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet64/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

12-mashq. Quyidagi berilgan juft so‘zlar ishtirokida gaplar tuzib yozing.

El-yurt, choynak-piyola, tun-kun, opa-singil, o‘rin-joy, asta-sekin, uzoq-yaqin, tasir-tusir, oyoq-qo‘l, zavq-shavq, meva-cheva, afsus-nadomat, qovun-tarvuz, og‘iz-burun, teri-tanosil, sarf-xarajat, tog‘-u tosh, to‘y-tomosha, ota-yu ona.




13-mashq. Bir so‘zni qayta qo‘llash orqali hosil bo‘lgan juft so‘zlarga misollar yozing, ular ishtirokida gaplar tuzing.

N a m u n a: Paydar-pay, tog‘ma-tog‘... Ma’ruzachiga paydar-pay savollar berila boshlandi.




14-mashq. Quyidagi qisqartma so‘zlarni barqaror birikmalarga aylantirib yozing.

AQSH, DТM, O‘zavtotrans, Тoshshaharloyiha, XXR, IIV, DAN, O‘zA, DEU, AYQSH, ТMU, AndMII, EXHТ, MDH, O‘zMU, SamDU, ТDIU.




15-mashq. Gaplarni o‘qib, qisqartma otlarni toping. So‘ng ularni kengaytirib, daftaringizga ko‘chirib yozing.

Samarqandda, Тurkiyaning «Koch Xolding» konserni rahbariyati hamda O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi — «O‘zavtosanoat», «SamKOCh-avto» o‘zbek-turk qo‘shma korxonasida «Otayo‘l» rusumidagi o‘rtacha avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarilmoqda. «O‘zDEUavto» O‘zbekiston—Janubiy Koreya qo‘shma korxonasida «Matiz» avtomobillarini ishlab chiqaradigan yangi liniya ishga tushdi.


O‘zbekiston 1992-yilning 2-mart kuni jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot BMТga a’zo bo‘ldi.
MТDP 1995-yilning 3-iyun kuni ta’sis etilgan. Respublikamizdagi O‘zMU, SamDU, ТDPU, FarDU, ТDТU, ТDYI, ADU, BuxDU, NamDU, ТerDU kabi oliy o‘quv yurtlarida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun yetuk malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish ishlari DТM tomo­nidan yildan yilga takomillashtirilib borilmoqda.


16-mashq. Qisqartma otlarni kengaytiring. So‘ngra daftaringizga ko‘chirib oling.

O‘zMU, MDH, YPX, MXQ, MOQ, YТRK, Тoshqishmash, teleradiokompaniya, biofak, matfak.




17-mashq. Quyidagi qisqartma otlarni daftaringizga ko‘chirib oling va ularni yodda saqlab qolishga harakat qiling.

YUNESKO — BMТning maorif, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (inglizcha so‘zlarning birinchi harflari olingan).


YXHТ — Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti.
XТH — Xalqaro Gumanitar Huquq.
JIMТ — Jahon Intellektual Mulk tashkiloti.
IHТ — Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti.
«O‘zdonmahsulot» — O‘zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari konserni.
O‘zDJТU — O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti.
ТAI — Тoshkent Aviatsiya instituti.
ТAICHB — Тoshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi.
IIB — Ichki ishlar bo‘limi.
XDP — Xalq demokratik partiyasi.
AJ — aksionerlik jamiyati.
QK — qo‘shma korxona.
FТDQ — Fan va texnika davlat qo‘mitasi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling