University of economics and pedagogy
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Yasama sodda so‘zlarga, shuningdek, qo‘shma so‘zlarga misollar yozing. 2-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi usul bilan hosil qilinganligini aniqlang. Uni sodda so‘zlar bilan almashtirib ko‘ring. ...Xatlibegim qo‘lidagi tasbehini xontaxtaga qo‘yib, piyoladagi sharbatdan bir ho‘pladi. — Mavlono! Men sho‘rlik sizni yo‘qlab kelishdan murodim, xabaringiz bor, valine’mat davlatpanoh, — iloyo umri uzoq bo‘lg‘ay! — og‘ir dardga chalinmish. Saroy to‘la alloma, mushkul kalom, dovrug‘i jahon hakimlar, biroq sho‘rlik og‘am o‘z yog‘ina o‘zi qovurilib yotmish! Dardiga davo, ko‘ngliga orom berguvchi na bir habibi bor, na bir tabibi. — Xatlibegim harir durrasining uchini ko‘ziga bosib, piq-piq yig‘lab yubordi. — Olampanohning dardiga davo qidirish o‘rniga saroyda ig‘vo, fisq-fasod! Inongan tog‘lari Ali G‘arib bilan Abul Hasanak bo‘lsa martaba talashishdan boshqani bilmas. Davlatpanoh olamdan o‘tsa, iloyo, bichgan kafanlari o‘zlarig‘a buyurg‘ay! — taxtga kim o‘ltiradi? Shundan boshqa tashvishlari yo‘q ularning! Тo‘ng‘ich o‘g‘il amir Mas’ud qolib, kichik o‘g‘il, aqli noraso Muhammadni taxtga ko‘tarmoq rejasini tuzadurlar! (O. Yoqubov) 3-mashq. O‘qing, yasama so‘zlarni topib, ularning o‘zagi va qo‘shimchalarini aniqlab yozing. 1. Тushlik o‘tib, ikki soatlik majburiy hordiq tamom bo‘lgandan keyin kasalxona gavjum bo‘lib ketadi. 2. Karavot simlari asabiy g‘ijirlab ketdi. Shunda to‘satdan yuragi tez-tez gursillab ura boshladi. 3. Shunday qildiki, yupqa gardishli ko‘zoynagi siljib ketdi. 4. Mashina qora oqqushdek yengil suzib borar, yon derazadan bahor shabadasi shiddat bilan yopirilib kirar. Sirojiddinning siyrak sochlari peshanasiga tushib, ora-chora ko‘z o‘ngini to‘sib qo‘yardi. 5. U zina oldiga yetganda qo‘ng‘iroq uzoq asabiy jiringladi. 6. O‘rta Osiyoda Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘illar lashkariga qiron keltirgan. 7. Asfalt yo‘lkaning bir chekkasida paxtalik chopon kiyib olgan mallasoch kishi o‘tirardi. 8. Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarini ko‘raga tergan, boyagi qassob bola allaqachon qo‘yni tinchitgan edi. 9. Chapdast bir yigit ko‘zlari yulduzdek chaqnab turgan oppoq otning jilovidan mahkam tutib, darvozadan olib kirdi. (O‘. Hoshimov) 4-mashq. «Imlo lug‘ati»dan foydalanib, ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlarga 20 ta, qo‘shib yoziladigan qo‘shma so‘zlarga 20 ta so‘z yozing, ularni izohlang. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling