University of economics and pedagogy
«Menga yakunlovchi yoki oxirgi so‘zni bering»
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
«Menga yakunlovchi yoki oxirgi so‘zni bering»
Ushbu ta’lim jarayonini faollashtirish uslubi ham matnni o’qigandan so‘ng fikrlash jarayonini faollashtirish uchun qo‘llaniladigan bir usuldir. Bu uslub har qanday turdagi matnni o‘rganish va muhokama qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. U, ayniqsa, umumiy munozara jarayoniga juda ham sust, uyatchan talabalarni jalb qilish uchun foydali bo‘lishi mumkin. «Menga yakunlovchi yoki oxirgi so‘zni bering» usuli quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 1. O‘quvchilardan ularning matnni o‘qish va o‘rganish jarayonida bir necha, ular uchun qiziqarli va diqqatga sazovor joylarini yoki so‘z bo‘laklarini (sitatani) topish so‘raladi. 2. Talaba ushbu qismlarni birorta qog‘ozga (kartochkaga) yozib oladi va matndagi uning betini (joyini) ko‘rsatib qo‘yadi. 3. Qog‘ozning (kartochkaning) orqa tomonida o‘quvchi ushbu so‘z tarkibi yoki fikrga nisbatan o‘zining javobini (taqrizini, ilovasini, sharhini) yozib qo‘yadi. Bunda u ushbu fikr bilan rozi bo‘lmasligi, unga biror nima qo‘shishi, rivojlantirishi yoki shunga o‘xshash narsalarni amalga oshirishi mumkin. Bu uning shaxsan o‘ziga havola etiladi. 4. Keyingi darsda o‘quvchilar ushbu kartochkalarni olib keladilar va o‘qituvchi ularning ayrimlaridan yozganlarini o‘qishni so‘raydi. Bunda, albatta, talaba ushbu qismni (so‘zni, sitatani) qaysi joydan (betdan) olganini aytishi lozim, chunki ushbu holda boshqa o‘quvchilarning ham u bilan birgalikda sinxron (baravar, ayni bir vaqtda) fikr yuritish jarayoni osonlashadi. 5. Bu qism (so‘z, sitata) o‘qib bo‘lingandan so‘ng, o‘qituvchi boshqa o‘quvchilarning bunga javoban munosabat bildirishlarini so’raydi. Bu munosabat ijobiy, salbiy, rozilik, norozilik ko‘rinishida yoki boshqa bir muhim jihatlarni qo‘shish haqida bo‘lishi mumkin. Lekin buni amalga oshirganda talabalarning munozara maqsadidan chetga og‘ib ketishlariga, berilgan fikrlarning ma’nosiz bo‘lishiga va boshqa-larni hafa qilishiga yo‘l qo‘ymang. 6. O‘quvchining oldindan yozib qo‘ygan fikrini aytishiga imkon bering va u o‘z shaxsiy fikrini guruh (auditoriya)ga bayon qilsin. Shundan so‘ng munozara hech qanday ko‘rinishda o‘quvchilar yoki o‘qituvchi tomonidan zinhor davom etmasligi lozim. Shuning uchun ham bu usul «Menga yakunlovchi yoki oxirgi so‘zni bering» deb atalishini anglagan bo‘lsangiz kerak. 7. O‘qituvchi keyingi o‘quvchini chaqiradi va jarayon yangidan boshlanadi. Bir dars davomida hamma o‘quvchilarga ham bunday imkoniyat yaratib bo‘lmaydi, albatta. Shuning uchun bu ishlarni keyingi darsda ham davom ettirish mumkin. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling