University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet67/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Savol va topshiriqlar
1. Grammatika so’zining ma’nosi nima?
2. Grammatika qanday bo’limlardan iborat?
3. So’zning grammatik maʼnosi deganda nimani tushunasiz?
4. Grammatik ma’no hosil qiluvchi grammatik shakllar haqida gapiring.
5. So’zlarning sintetik, analitik, juft va takroriy, aralash hamda nol ko’rsatkichli shakllari haqida nimalar bilasiz?


Erkin ravishda o‘z fikrini ifodalash
O‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq biror-bir matn parchasi o‘qilganidan so‘ng yoki biror bir muammoli mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan munozaradan so‘ng, talaba (o‘quvchi)larga ma’lum vaqt berilib, ularning o‘z fikrlarini erkin va yozma ravishda ifodalashga imkon berish ham ijobiy natijalarga olib keladi. Bu hol talabalarga muammo (mavzu haqida) hech kimdan tortinmasdan erkin ravishda fikrlash imkonini beradi. Ularning ijodiy imkoniyatlarining ko‘z ilg‘amas qirralarini rivojlantirishga olib keladi. Ya’ni «Har bir o‘quvchida ham daholikning bir bo‘lagi mavjud». Shunday qilib, bunda talaba/o‘quvchilar berilgan muddatda matn (mavzu, muammo) haqida o‘z fikrlarini to‘xtamasdan yozadilar. Agar ulardan birortalari men nima yozishni bilmayapman desa, xuddi shu gapni yozib qo‘yishlarini so‘rasangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Demak, bunda asosiysi to‘xtovsiz va tez yozish, uni qayta o‘qimaslik, tuzatmaslik. Ushbu yozma ish (esseni) bajarib bo‘linganidan so‘ng ko‘rib chiqilishi va tahlil qilinishi mumkin. Bunda asosiy g‘oyalarga, fikrlarga nazar solib, o‘ylagandan so‘ng, yangi yozma ishni bajarish mumkin. Albatta, bu holda oldingi bosqichdagi hamma chala va chuqur o‘ylanmagan fikrlar olib tashlanadi hamda yozma ish bir qadar tugallangan holatga keladi.
Qisqa muddatli yozma ish
Bu turdagi yozma ishning dars oxirida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda o‘quvchi/talabalar o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini umumlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘qituvchi esa o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi qanday bo‘layotganligini bilib oladi. Bunda o‘quvchi (talaba) larga ikki yo‘nalishdagi ishni bajarish taklif etiladi:
1. Ushbu mavzu yuzasidan nimalarni bilib oldilar?
2. Qaysi savolga ular qoniqarli javob ololmadilar?
O‘quvchilar tomonidan yozilgan ishlarni o‘qituvchi yig‘ishtirib oladi va ularni keyingi darsni rejalashtirishda yoki o‘quvchi (talaba)lar bilimini tegishli yo‘nalishlarda yanada chuqurlashtirish maqsadida ishlatishi mumkin.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling