University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet69/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Savol va topshiriqlar
1. So‘z turkumlari deb nimaga aytiladi?
2. Mustaqil so‘z turkumlari qaysilar?
3. Yordamchi so‘z turkumlari haqida gapiring.
4. Mustaqil so`z turkumlarining o’ziga xos xususiyatlarini ayting.
5. Yordamchi so`z turkumlarining o’ziga xos xususiyatlarini ayting.
6. Alohida olingan so`z turkumlarining o’ziga xos xususiyatlarini ayting.
7. To‘plam nima?
8. Tasnif nima?
9. Tasnifda qanday belgilarga tayaniladi?
Muloqot vositasida dars berish usullari

Qiyin fan yo‘q, faqat hazm etilishi


qiyin bo‘lgan izohlargina bor, xolos
Gersen.

Ushbu usulda dars berish talabalarni fikrlashga o‘rgatadi va ularda bu bilan bog‘liq malakalar hosil qiladi. Muloqot vositasida dars bera oladigan o‘qituvchilar ko‘pincha ushbu sohadagi (yo‘nalishdagi, fandagi, mavzu bilan bog‘liq) eng malakali, ta’lim va amaliyot sohasida katta tajribaga ega ustozlar bo‘lib, ular ta’lim jarayonida xilma-xil zamonaviy usullarni ongli, ijodiy va jonli ravishda qo‘llay oladilar. Ko‘pincha, «Dars berishga o‘rganishning eng yaxshi usuli – dars jara-yoniga bevosita kirishishdir», – deb noto‘g‘ri ta’lim beradilar. Chunki sohani to‘liq bilmasdan dars berish suzishni bilmay, suvga tushganday gap. Bundan tashqari, bunday yetarli darajada malakaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘qish uchun bilim dargohiga kelgan o‘quvchilar (talabalar) ning hafsalasini pir qilib, o‘qishdan sovitadi. Bunday o‘qituvchidan saboq olganlar esa o‘ziga xos chalasavodlar (yoki «intellektual nogironlar» deyishimiz ham mumkin) safini to‘ldirishi aniq. Bizning-cha, dars samaradorligini oshirishning birdan-bir yo‘li, o‘z sohasini va tanlangan fanni puxta o‘zlashtirishdir. Haqiqatan ham, agar o‘qituvchi o‘zi dars berayotgan sohani chuqur va har taraflama bilmasa, qanday qilib uning nozik tomonlarini tushuntirishi, savollarga to‘liq javob berishi va samarali hamda ilg‘or pedagogik usul (texnologiya) larni qo‘llay olishi mumkin. Bunda o‘qituvchining dars samarasi ham pasayib, talabalarga o‘zi bilmagan, his qilmagan va ko‘rmagan asosiy dalillarni ham-da ta’riflarni kitobiy va sayoz holda tushuntirib beradi xolos. Talabalar bunday o‘qituvchilar haqida ko‘pincha «U nazariy masalalarnigina bi-ladi», – deb o‘zaro fikr yuritadilar. Bu esa, o‘z navbatida darsga qiziq-ishning ancha susayishiga olib kelib, oxir-oqibatda ushbu o‘qituvchi talabalar orasida o‘z obro‘-e’tiborini batamom yo‘qotadi. Muloqot vositasida dars bera oladigan o‘qituvchilar jarayonni boshqarishni, tartibni saqlash usullarini yaxshi bilishlari, psixologiyani, o‘zaro muloqot asoslarini tushunishlari, soha bilan bog‘liq nazariy va amaliy muammolarni puxta o‘zlashtirib olgan bo‘lishlari lozim. Ular doimiy ravishda 20-30 nafar malakali va qiziquvchan tinglovchilar oldida so‘zlash, fikrini bildirish, muloqot qilish va o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish qobiliyatini namoyish qilishga qodir va tayyor turishlari kerak. Muloqot vositasida dars berishning uch asosiy va ajralmas tarkibiy qismi mavjud:



muammolarning qiziqarli jihatlarini tushunish va ko‘ra olish hamda buni ma’lum bir artistik (mnemonik), mohirona harakatlar vositasida namoyish etish.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling