University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet77/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

4-mashq. Sirojiddin Sayyidning «Vatan nadir?» she’rini ifodali o‘qing. So‘ng she’rni nasriy bayon qiling. She’rdagi ot turkumiga xos qo’shimchalarni tahlil qiling.

VAТAN NADIR?


Vatan nadir — anglang ranj-u ozoridan,


So‘rang uni Mirzo Bobur mozoridan.
O‘z zuryodin haydab gulshan, gulzoridan,
Dovonlarda bag‘ri biryon yurt edi bu.

Dilni o‘rtar hamon g‘am-u g‘urbatlari,


Yot ellarda qolib ketdi turbatlari,
«Fig‘onkim...» deb o‘tdi qancha furqatlari,
Yorkentlarda ko‘zi jayron yurt edi bu.

O‘zi gulday o‘g‘lonlarin saylab berib,


Nomlarini ro‘yxatlarga joylab berib,
Cho‘lponlarin o‘zi itday boylab berib,
Izlaridan o‘zi giryon yurt edi bu.

Kelgandi nom borki bunga kelib ketgan,


Cho‘ntaklari tillolarga to‘lib ketgan,
Yana xoksor el ustidan kulib ketgan
Mehmoni ko‘p, mute mezbon yurt edi bu.

...Nadir millat qudratining tamadduni?


Amir Тemur haykalidan so‘rang buni,
Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni?
Jahongiri bexonumon yurt edi bu.

Bir sultonni Xudo yurtga qarab bergay,


Olam ahli so‘ng u yurtga taraf bergay,
Abadiyat qadar unga sharaf bergay,
Sharaf-shoni ro‘yi jahon yurt bo‘ldi bu!

(Sirojiddin Sayyid)


Ayrim so‘zlar izohi: turbatlari — tuproq, yer, ziyoratgoh, maqbara, giryon — yig‘lovchi, yig‘lab turgan; bexonumon — uy-joysiz, darbadar, ro‘yi jahon — yer yuzi.


5-mashq. Quyida berilgan mashqimiz «Xato toping» deb nomlanadi. Noto‘g‘ri qo‘llangan kelishik qo‘shimchalarini aniqlang.

1. Azizlarim, tinglasangiz jim,


Bir suhbatning keldi-da gali.

2. Insonga eshitish qobiliyati tufayligina til, nutq paydo bo‘ladi. Qulog‘idan kirgan tovush, so‘z, gap va iboralar shaklida og‘ziga chiqadi, shuning uchun ham donishmand xalqimiz: «Suv onasiga — buloq, so‘z onasiga — quloq» deb bejiz aytmagan. Shu bois qadimda homilador ayollarga zavqli qo‘shiqlar, ramzli, ta’sirchan so‘zlardanda tashkil topgan latifalar, hikmatlar aytilgan, ona tabiatidan, ruhli holatidan qarab xatga-harakat qilingan, ta’sirchanda so‘zlar topilgan.


3. O‘tkir Hoshimov tinglamoqlik san’ati haqida: «Meni shu qadar yurt e’tiboriga tushmog‘imda bir kichik xislat, ya’ni tinglash, tinglay olishligim ko‘proq yordam bergan bo‘lsa ajab emas. Negaki, men shu kun qadar tinglagan, tinglayotgan saboqlarimni yurtni o‘ziga asar sifatida taqdim etyapman», degan edi.
4. So‘z tinglaganda u yoq-bu yoqqa alanglab yoki hardamxayollik bilan emas, alohida e’tiborda tinglaganlar. Ayniqsa, kattalar tomonidan berilgan dashnom, tanbehni sukut saqlab eshitganlar.
5. Qarashda noravo narsada kar bo‘l, tinglashda noloyiq, gap-so‘zda kar bo‘l.
6. Тinglash ham so‘zlashga kam baholanmaydigan mehnat bo‘lib, uni qonun-qoidalariga amal qilsangiz, yaxshi suhbatdosh bo‘lishni birinchi va eng muhim shartiga amalda qilgan bo‘lasiz.
7. Ona tilidan mahrum bo‘lish — onadan ajrab qolishdan ham mudhishroq.
8. Ey, qobil farzandi arjumand, iloyo, sizning yomon ko‘zdan, nogahoniy ajal, balo-qazolardan, bevaqt o‘lim va tuhmatlardan o‘z panohiga asrasin.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling