University of economics and pedagogy
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тiyilish
- Тejamlilik
- Me’yor
2-mashq. Franklinning dono fikrlarini o‘qing. Otlarning nokategorial shakllarini aniqlang.
— Ishingni qamchila, toki ish seni qamchilay boshlamasin. — Qunt — omadning onasi. — Yerga engashganning qomati oliftaning bo‘yidan balandroq. — Qo‘shnining uyidan o‘z vaqtida ket, to u sendan bezib ketmasin. — Qarzini o‘z vaqtida qaytaradigan kishi — boshqalarning hamyoniga xo‘jayindir. — Qabrga kirganda to‘yib uxlab olarsan. — Erta turib, erta yotish — sog‘lom, boy va dono qilur. — Bitta bugun ikkita ertagi kunni bosadi. — Ko‘proq rohat topay desang, undan nariroq qoch. — Eng yaxshi xizmatkoring bo‘lishini istaysanmi? Unda o‘zingga o‘zing xizmat qil. — Oz-oz tejalib, katta-katta sarmoya hosil bo‘lur. — Bitta o‘choqqa o‘tin g‘amlashdan ko‘ra ikkita o‘choq qurish yengilroq. — Dastlabki maylni yengish undan keyin keladiganlarini qondirishdan osonroq. — Nafsing bilan maslahat qilishdan avval hamyoning bilan kengash. — Ishlaydigan kalit doim yaraqlab turadi. — Barcha bilan xushmuomala, ko‘pchilik bilan dilkash va ayrimlar bilan apoq-chapoq bo‘l. — Yalqovlik — xuddi zang: ishlab — to‘zganga qaraganda tezroq yemiradi. — Bahona izlaydigan ustaning usta ekani shubhali. — Ishni nazorat qilmaslik — ishchilarga hamyonni ochib qo‘yishday gap. — Uch marta ko‘chish bitta yong‘in bilan teng. — Arraning qiрig‘i mayda, ammo chinorni qulatadi. — Hayitgacha qarz olsang, ertaga hayit deyaver. — Maslahat berish mumkin-u g‘ayrat berib bo‘lmaydi. 1. Тiyilish — to‘yib ketguncha yemaslik, kayf bo‘lguncha ichmaslik. 2. Sokinlik — faqat o‘zingga yoki boshqalarga foyda keltirish mumkin bo‘lgan so‘zlarni so‘zlash, quruq gaplardan qochish. 3. Тartib — har bir buyumni o‘z joyida saqlash; har bir mashg‘ulotga muayyan vaqt ajratish. 4. Qat’iyat — nimani qilish lozim bo‘lsa, so‘zsiz shunga kirishish; kirishilgan narsani esa so‘zsiz bajarish. 5. Тejamlilik — pulni faqat yaxshilik keltiradigan ishlarga sarflash, ya’ni hech narsani isrof qilmaslik. 6. Mehnatsevarlik — vaqtni bekor o‘tkazmaslik; har doim foydali biror ish bilan mashg‘ul bo‘lish; har qanday befoyda mashg‘ulotdan voz kechish. 7. Samimiyat — yolg‘on yoki aldov bilan hech kimga zarar keltirmaslik, solih va adolatli fikr yuritish; bu tamoyillarga gapirganda ham amal qilish. 8. Adolat — hech kimga zarar keltirmaslik; adolatsizlik qilmaslik va zimmadagi ezgu ishlarni bajarmay qo‘ymaslik. 9. Me’yor — hech narsada haddan oshmaslik; adolatsizlik tufayli tug‘iladigan alam tuyg‘usini imkoni boricha tiyish. 10. Ofiyat — badan bulg‘anishiga yo‘l qo‘ymaslik; kiyinish va turar joyda orastalikka amal qilish. 11. Xotirjamlik — arzimas narsalar hamda odatdagi yoki muqarrar holatlardan hayajonga tushmaslik. 12. Donolik. 13. Kamtarlik — Suqrotga taqlid qilish. 3-mashq. O‘qing. Ot so‘z turkumiga xos so‘zlarni toping va ulardagi grammatik shakllarni belgilang. Aziz farzandlar! Siz o‘z xalqingiz, Vataningiz, millatingizning ko‘z qarog‘larisiz. Ammo, unutmang: tanbal, daqqi, bezori, sharobxo‘r, g‘irrom, fosiq, giyohvand, fahsh kishi ma’naviy nogiron degan so‘z. Unga hech kimning ko‘zi uchib turgani yo‘q. O‘zi uchun, qorni uchun yashab, nafs gadosi bo‘lib yurganlar jamiyat uchun «ortiqcha odamlardir». Azizlar! Fan cho‘qqilarini egallang. Тokim ilmiy taraqqiyotda biz faol «iste’molchi» emas, faol bunyodkorlik maqomini qo‘lga kiritaylik. (G‘aybulloh as-Salom) Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling