University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet66/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

3-mashq. O‘qing. Matn ichidan ot, olmosh, fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping.

KIBRDAN SAQLANING


Mutakabbirlik qilish hech bir mo‘min bandaga hargiz durust ham, joiz ham ermas. «Men falonchidan kammanmi? U kim bo‘lib qolibdi?» deguvchilar eslasinlarki, Iblis Odam alayhissalomga sajda qilishdan bosh tortib: «Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilurmanmi?» dedi. («Isro» surasi, 61-oyat)


Yana aytdi: «Men undan yaxshiroqdurman». («Sod» surasi, 76-oyat) Endi agar suratda tavozelik qilib yurganlar bo‘lsa, o‘z ibodatlaridan g‘ururlanib, ko‘ngillarida o‘zlarini boshqa gunohkor bandalardan yuqori qo‘ymasun. O‘zining gunohlarini eslasun. Har bir odamni ko‘rganda shu odam avliyomikin deb o‘ylash lozimligini aytganlar o‘tmish ajdodlarimiz. «Nega Xudoyim falonchini qilgan gunohlari uchun azoblamas ekan?» deguvchilar va boshqalarni past ko‘rguvchilarga ushbu hikoyat ibrat bo‘lsin. Shayx Hasan Basriy rahmatullohu alayhi daryo bo‘ylab kelayotir erdilar. Sohilda bir erkak bir xotun birla sharob ichib o‘lturg‘onini ko‘rdilar. Shayxning ko‘ziga bul ish makruh, ya’ni xunuk bo‘lib ko‘rindi: «Bular nechuk bandalarki, erkak birla xotun kishi sharob ichib o‘ltirg‘ay?» deb o‘zini alardin baland ko‘rdi. Shu paytda daryoda bir kema g‘arq bo‘ldi. Kemadagilar: «Ey, Xudoning bandasi!» deb nido qildilar, ya’niki madad so‘radilar. Sharob ichguvchi kishi o‘zini daryog‘a tashlab kemadagilarni mollari birla olib chiqdi, magar bir kishi qolib ketdi. Sharob ichg‘on kishi Hasan Basriyning qoshig‘a kelib «Ul kishi senga qoldi» dedi. Shayx daryog‘a qadam qo‘ydi ersa suvg‘a botub ketdi, holo ilgari suvning ustida xuddi quruqliqdagi kabi yurib, hatto namoz ham o‘qig‘on erdi. Qo‘rqib daryodan chiqdi. Boyagi kishi yana daryog‘a tushib qolgan odamni ham qutqardi.
So‘ngra shayxga kelib aytdi: «Ey Hasan Basriy, bir martaba o‘zingni birovdan baland tutganing sababli daryog‘a botding, bundan so‘ng hargiz bundog‘ ish qilmag‘il. Ul ayol mening onam bo‘ladi. Seni sinamoq uchun onamni nomahram ko‘rsatib qo‘ydim. Ichg‘onimiz sut erdiki, sening ko‘zingga sharob qilib ko‘rsatdim».


4-mashq. She’rni badiiy o‘qish san’atiga rioya qilgan holda o‘qing, so‘ngra sifat turkumiga oid so‘zlarni topib, alohida yozib chiqing.

SEN MILLAТNING MULKISAN


So‘zi qudratli, sirli,
Ham go‘zal, ham sehrli,
Go‘yoki tirik jondek,
Muhabbatli, mehrli,
Go‘zal, janona tilim,
Asl, durdona tilim.
Dilimiz tarjimoni,
Fikrimiz jism-u joni
So‘zlar bo‘lsak so‘zimiz,
Xaloskori, posboni,
Ona til, ona tilim,
Asl, durdona tilim.


5-mashq. Gaplarni o‘qing. Mustaqil so‘zlarning leksik va grammatik ma’nolarini aniqlang.

N a m u n a: Bu — leksik ma’nosi: ko‘rsatish, grammatik ma’nosi: olmosh, ko‘rsatish olmoshi, sintaktik vazifasi: sifatlovchi aniqlovchi.


1. Bu gaplarning barini Hafiza xomush va oqilona tinglardi. (Mirm.) 2. Dilshod kitobni yopdi, ildam odimlar bilan hovli tomon ketdi. (M. I.) 3. Atrofi ko‘k panjaralar bilan o‘ralgan ulkan bog‘ darvozasidan kiraverishda uch qavatli shinam bino savlat to‘kib turibdi. (J. Abd.) 4. Yo‘lchi qishloqdan keltirgan xaltasini kampirga uzatdi. (O.)




6-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardangrammatik ma’noni ifodalovchi vositalarni aniqlab, ularni izohlang.

1. Dehqonni yer davolaydi. Urug‘ bilan birga orzu, dard-hasrat, quvonchlarini ham yerga to‘kadi. (S. Nurov.) 2. Gulnorning g‘oyib bo‘lishi Yo‘lchiga yashin urgan kabi ta’sir ko‘rsatdi. (O.) 3. Zufar Hakimovichning yuzida ham endi bezovtalik ifodasi yo‘q edi. (P.Q.) 4. Ona mehriga tenglashadigan mehr-muhabbat olamda topilarmikan? (Y. Shukurov)





Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling