University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet51/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Geografiya faniga oid atamalarni izohi bilan ko‘chiring. Namuna: garmsel — issiq (quruq) shamol.

Durbin, vulqon, atlas, gerbariy, giрoteza, materiklar, kanal, kontur karta, magnit, mineral, meteorologiya, radiatsiya, toponim, ekvator, yupiter, qo‘ltiq, balans, biosfera.




2-mashq. «Amir Тemur davrida davlat boshqaruvida ayollar» mavzusida matn tuzing. Matn ichida quyidagi atamalarni ham qo‘llang.

Saroy, manbashunoslik, elchi, etnograf, sharqshunos, mohir siyosatchi, sulola, musiqachi, davlat, meros, tillaqosh, baldoq, chopon, qilich, kamar, muzey.




3-mashq. Huquqshunoslikka oid atamalarni izohi bilan ko‘chiring, yozilishiga diqqat qiling.

Amnistiya, arbitraj, arxiv, audit, bankrot, brifing, vaucher, viza (ruxsatnoma), grant, deklaratsiya, demokratiya, dividend, dotatsiya, investitsiya, interpol, kadastr, kvorum, kvota, kongress, konsti­tutsiya, lizing, magistr, okrug, patent, reglament, sanatsiya, sanksiya, tender, terror, ekstremizm.


4-mashq. Quyidagi so‘zlarni faol va passiv so‘zlarga ajrating.

Yer, quyosh, odam, bashar, chaqmoq, uy, yo‘l, dinozavr, uzoq, imlo, g‘azal, koinot, ayol, odob, daryo, rejalashtirish, tabib, jadallashtirish, ekmoq, olim, magistratura, bakalavr, zilzila, toshqin, kuldi, sun’iy, agrotexnika, iste’mol, yig‘lamoq, yilnoma, yoqilg‘i, hafta, sut, qatiq, tovar.




5-mashq. Arxaik so‘zlarga ma’no jihatidan muqobil zamonaviy so‘zlar toping.

Yog‘iy, dubulg‘a, bitik, cherik, firqa, yovuq, pud, qadoq, etmak, handasa.




7-mashq. Biror gazetani kuzatib, ularda qo‘llangan 15—20 ta eskirgan, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni aniqlang, so‘ng gap shaklida ko‘chirib yozib, ularning qanday nutqiy ehtiyoj uchun qo‘llanganini izohlang.


8-mashq. Matnni ko‘chiring. Тarixiy so‘zlarga bir chiziq, arxaik so‘zlarga ikki chiziq chizing. Ularga uslub jihatidan mos tushadigan muqobil zamonaviy so‘zlar toping.

Тarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Mironshoh keyingi paytda aysh-u ishratga berilib ketib, davlat ishlariga qaramay qo‘yadi. Sohibqiron kelinidan bu xabarni eshitgach, ertasi kuni hazrat eng nufuzli kishilarini kengashga to‘plab, Mironshoh masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Amir Тemurning o‘zi Mironshoh va uning arkoni davlatiga o‘lim jazosi berilishini aytadi. Тemurning piri Sayyid Baraka va ayrim amaldorlar bu hukmga qat’iyan qarshi chiqadilar, lekin Тemur o‘z so‘zida mahkam turib olgach, Amir Shoh Malik o‘rnidan turib: «O‘g‘lingiz-ku, davlatpanoh», deydi. Amir Shoh Malikka g‘azab bilan tikiladi. Shoh Malik esa yana: «Shahzoda sizning farzandi arjumandingiz erur, davlatpanoh, qatl qildirsangiz, islom qilichiga farzandkushlik isnodi dog‘ bo‘lib tushmog‘i muqarrardur», deydi. Amir Тemurning yanada g‘azabi avjga chiqib: «Men ahkomi shariatda emas, o‘z saltanatimda tartib o‘rnatmog‘im lozim!» deydi.


Shunda Sayyid Baraka o‘rnidan turib: «Baribir, har bir ishdan Olloh taolo voqifdur, hukmdor!», deya ogohlantiradi. Shundan so‘ng Тemur o‘zicha bir qarorga keladi-da, g‘azabdan tushib kengash tugaganligini ma’lum qiladi.
Ertasi shahar xalqini katta maydonga yig‘ib, Mironshoh boshliq uning barcha amir va amaldorlarini qo‘llari bog‘liq holda zindondan olib chiqib, shahar maydoniga olib keladilar. Maydon o‘rtasida turgan jallod hazrat Sohibqironning so‘nggi buyrug‘ini kutardi.
Baraka boshliq barcha amirlar, beklar va shahzodalar o‘rtaga tushib, Mironshohning gunohidan o‘tishni Sohibqirondan iltijo qilib yolboradilar. Shundan so‘nggina Mironshoh banddan ozod etilib, haramidagi xotinlari va kanizaklaridan faqat farzandi borlarigina unga qoldiriladi.
(Т. Fayziyev. «Amir Тemur saboqlari»)



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling