University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet48/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

6-mashq. Quyida berilgan so‘zlar qavs ichidagi so‘zlar bilan birga qanday ma’noga ega bo‘lganligini tushuntiring.

Maslahat (oldi, qildi, soldi), dili (qora, siyoh, pok), toshmoq (suv, ichi, to‘lib), mayl(i) (qo‘shimchasi, bo‘ldi, bildirdi), zarar (yetkazadi, qildi, ko‘rdi), iliq (gap, suhbat, suv), dars (hayot, matematika), ochmoq (ko‘ngil, eshik, yo‘l).




7-mashq. Berilgan so‘zlarni ikki ustunga bo‘lib ko‘chiring.

Ko‘p ma’noli Bir ma’noli


(polisemantik) (monosemantik)

Atlas, xosiyat, kompyuter, xurmo, xunuk, parcha, xoreografiya, patir, pasta, patnis, g‘ildirak, g‘isht, g‘oz, g‘uncha, gazeta, gram­matika, urg‘u, dunyo, tilxat, paxta, soya, shaxs, olmosh, doya, qoshiq, qoya, xat, quy, davlat, qushni, marketing, vertolyot, tirnoq, maqol, uy, tom, kirish so‘z, undalma, yuvg‘ich, dars, haykal, topishmoq, aruz, tish, til ...




8-mashq. Ma’no ko‘chishning metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik usullariga Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Тohir Malik asarlaridan misollar yozing.


9-mashq. Gaplarni o‘qing, ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni toping va izohlang.

1. Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi. (Oybek) 2. Otam yetimlarning boshini siladi. 3. Mungli kuy yurakni tirnar edi. 4. Soraxon qo‘l siltab, onamning o‘zlari ham urishqoqlar, dedi. (A.Qahhor) 5. Yo‘lchining so‘zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi. (Oybek) 6. Bolalar yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo‘ldi-da, labini burib vaysay boshladi. (Oybek) 7. Kuyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: «...ishoning, dada, Karomatni boshimga ko‘taraman», dedi. (S. Ahmad) 8. O‘shanda ham Yusuf amaki dadamni yolg‘izlatmay, holidan xabar olib turgan. (H. Nazir) 9. Kuyov bo‘lmay qaro yer bo‘lgur na o‘ligini ko‘rsatadi, na tirigini. (A. Qahhor)




Savol va topshiriqlar

1. So‘z tovush tomonidan tashqari yana nimaga ega bo‘lishi kerak?


2. So‘zning leksik ma’nosi deganda nimani tushunasiz?
3. So‘zning grammatik ma’nosi nima?
4. Leksema va so‘z nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
5. Bitta gap keltirib, uni so‘zlarga ajrating, so‘zlarning leksema qismini aniqlang.
6. Ko‘p ma’noli so‘zlar nima?
7. Ko‘p ma’noli so‘zlar nima uchun paydo bo‘ladi?
8. Ko‘chma ma’no qanday aniqlanadi?
9. Тo‘g‘ri ma’no-chi?
10. Metafora deganda nimani tushunasiz?
11. Metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chishiga o‘zingiz beshta misol keltirib, ma’no ko‘chish asosini tushuntirib bering.
12. Sinekdoxa ko‘chma ma’no hosil qilishning qanday usuli?
13. Sinekdoxaning metafora va metonimiyadan farqi nimada?
14. Sinekdoxaga uchta misol topib, ko‘chma ma’no hosil bo‘lish sababini tushuntiring.
15. Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi deganda nimani tushunasiz?
16. Vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’no ifodalashning metafora, metonimiya, sinekdoxa asosida ko‘chma ma’no ifodalashdan qanday farqi borligini tushuntiring.
17. Vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’noning ifodalanishiga uchta misol keltiring va ko‘chma ma’no ifodalash sababini izohlab bering.
18. Ma’no torayishiga misollar keltiring va izohlang.
19. Ma’no kengayishiga misollar keltiring va izohlang.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling