University of economics and pedagogy


Ma’lumot yig‘ish va tajribalar o‘tkazish


Download 1.79 Mb.
bet49/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Ma’lumot yig‘ish va tajribalar o‘tkazish
Darsning bu fazasi juda ham muhim bo‘lib, unda o‘qituvchi tala-balarni ma’lumot yig‘ishga undaydi va muammoli vaziyat haqida fikriy (yoki amaliy) tajribalar o‘tkazishga chorlaydi. Bunda asosiy maqsad – talabalarga yetarli ma’lumotlar yig‘ish va buning asosida o‘z shaxsiy g‘oyalarini yaratishga imkon berishdir. Ammo bu faza o‘quvchilar va o‘qituvchi orasidagi oddiy savol-javob o‘yiniga aylanib ketmasligi kerak. Barcha savob va javoblar muammoli vaziyatni tushunishga, faktlarni o‘rganishga hamda ularni tahlil qilishga qaratilishi zarur.
Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Ko‘chiring. Lug‘aviy omonimlarni toping, ma’nosini izohlang.

1. Kamina 80 yoshni qoralayapman, mustaqil davlat O‘zbekis­tonning ardoqli farzandiman. 2. Men otam haqida roman qoralayapman. 3. Ham-mang o‘z aravangni tort. 4. Odinaxon dasturxon ustiga tort tortdi. 5. 31- avgust sanasi hech qachon, hech kimning yodidan ko‘tarilmaydi. 6. Keltirilgan mollarni birma-bir sana. 7. Yuzta nomarddan bitta mard yaxshidir. Yuz terisini toza saqlamoq uni har xil mikroblardan xoli qiladi.


Siz ham yuqoridagidek gaplar tuzib, mashqni davom ettiring.




2-mashq. Matnni o‘qib, undan sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping. Har bir sifatning yoniga uning sinonimlarini ham yozib boring.

Prezidentimiz aytganlaridek, «Amir Тemur shaxsini idrok etish tarixni idrok etish demakdir. Amir Тemurni ulug‘lash tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir».


Тarix — haqiqat mezoni, jarchisi. U alday olmaydi, aldanmaydi ham. Тarixiy jarayonlarni yoshlarimiz, butun mamlakat ahli yangi ong hissi bilan qabul qilmoqda. Amir Тemur ham haqli ravishda ota yurti Shahrisabzda qurdirgan Oqsaroy peshtoqiga «Qudratimizga shak-shubhangiz bo‘lsa, biz qurdirgan binolarga boqing», deb yozdirib qo‘ygan edi. Bu buyuk sarkardalik, o‘z kuch-qudrati, mustaqilligiga ishonch, qat’iyat ramzi edi. Demak, Тuronzamin yoshlari, ahli omma uchun ibratli iboralar bu! «Тuzuklar»da o‘qiymiz: «Dilda e’tiqod butun bo‘lsa, aslo naslimiz yo‘qolmagay, tilimiz unutilmagay, e’tiqod susaysa, til emas, imon ham unutilgay...» Yo‘lboshchimiz jismonan baquvvat. Ma’naviyati etuk bo‘lishiga alohida ahamiyat beradi. Bu borada bobomiz Amir Тemurning olib borgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari ibratlidir. Chunonchi, Sohibqiron oila, nikoh, millat tozaligiga va sofligiga katta e’tibor bergan.


3-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni ikki guruhga ajratib ko‘chiring:

1. Sinonimlar.


2. Antonimlar.

Katta-kichik, taom-ovqat, yaxshi-yomon, qisqa-uzun, yuz-chehra, xafa-xursand, qorong‘i-yorug‘, botir-qo‘rqmas, keksa-mo‘ysafid, kambag‘al-bechora, urush-tinchlik, istamoq-qidirmoq, issiq-sovuq, halol-harom, tovush-ovoz, mehnatkash-ishchan, falak-osmon, tirik-o‘lik, kiyim-libos, kun-tun, pishiq-xom, bosh-kalla, halak-halok, so‘zladi-gapirdi, xat-xabar.




4-mashq. Berilgan maqollarni ko‘chiring. Antonimlarning ostiga chizing.

1. Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur. 2. Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor. 3. Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur. 4. Do‘st achitib gapirar, dushman — kuldirib. 5. Yomonning yaxshisi bo‘lguncha, yaxshining yomoni bo‘l. 6. Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang, ko‘p eshitasan. 8. Oyoq kiyiming tor bo‘lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Erni er qilgan ham xotin, qaro yer qilgan ham xotin. 10. Qo‘y bir terining ichida necha ozib, necha semiradi. 11. Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.





Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling