University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet52/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

9-mashq. So‘zlarning tarixiylik jihatidan qaysi qatlamga xosligini aniqlang.

Qarol, feodal, rejissor, yulduz, tashabbus, Тurkiston, rasad­xona, ochilg‘on, teleskop, kuyev, teatr, malay, san’at, dizayn, arbob, epizod, rutba, musofirxona, mirshabxona, devon, milliy xavfsizlik, diрlomatiya, aviasozlik, jumhuriyat, dukchi, charx, mug‘anniy, ashula, fermer, kompyuter, cho‘pchak, musallas, nota, professor, studiya, sanatsiya, asov, taqa, tarbiya, erk, ma’rifat, arava­kash, mahliqo, qalandarlar, rafiq, mushk-u anbar, faytun, mehmon, g‘oyibona, g‘anim.




10-mashq. Gazetalarning biridan kasb-hunarga oid 10—15 ta so‘zlarni toping, so‘ng gap shaklida ko‘chirib yozib, qaysi kasbga oid so‘z ekanini aniqlab, ma’nosini izohlang.


11-mashq. Quyidagi arxaik so‘zlarga ma’no jihatdan muqobil zamonaviy so‘zlar toping.

Bitik, cherik, etmak, yog‘iy, dubulg‘a, firqa, yovuq, handasa, fasohat, fiqh.




12-mashq. Adabiy tilda uchramaydigan, faqat shevangizda uchraydigan so‘zlardan misollar keltiring. Ularning adabiy tildagi ma’nosini ham ko‘rsatib bering.


13-mashq. Matnni o‘qing. Dialektal so‘zlarning ishlatilishiga e’tibor bering.

— Nabiram hazilga moyil. Ammo u ketdi, degan, siz o‘ldimi, degansiz, haymi?


— Shundoq-ku... lekin...
— Aka Abdurahmon amonme? Nima deydi? Jalil tabibning gapini so‘zma-so‘z takrorladi.
— Hay, pulingiz kissangizgame?
— Ha.
— Oling.
— Qancha?
Hayim aytdi. Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘rog‘liq pulni olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib dedi:
— He esingizga bir narsa sizning. Bu yerga sanamang pulni, boshqa joyga sanab keling.
Jalil xoliroq ko‘chaga borib pulni sanab yana gazeta parchasiga o‘radi-da, ustaxonaga kelib, yamoqchiga uzatdi.
— Erta keling, — dedi yamoqchi.
— Yana ertami?
— Ha sizga osonme, bu! Xohlasangiz boshqa yerga izlang.
— Xo‘p, xo‘p...
(Тohir Malik)


14-mashq. Matnni o‘qing. Dialektizmlarni topib, tahlil qiling. Yozuvchining uslubiy maqsadini izohlang.

Bir faqir bir badavlat odamga hamsoya erdi. Bir kuni aning o‘g‘li faqirning uyiga borib ko‘rdiki, ul odam bola-chaqasi birlan allaqanday taomni yeb o‘ltiribdur, andak zamon tikilib turib ul taomga mayl qildi, ammo uy egalarining hech qaysisi ani taklif qilmadi...


Bola yig‘lab uyiga qaytdi. Ota-onasi yig‘laganing boisini so‘radilar. U bola faqirning taomga taklif qilmaganidan shikoyat qildi. Otasi buyurdiki, filhol anvoyi laziz taomlardan pishirgaylar. Bola taomni yemadi, manga hamsoyaning taomidan kerak deb, andoq yig‘lab turdiki, otasi faqirning uyiga bordi va aytdiki, ey faqir, bizga ranj va ozor yetkurganing nimaga kerak bo‘lur, deb. Faqir andak fursat boshini quyi solib turib dediki: «Ey xo‘ja, bul ishda sir bordir, mandin tilamagilki, ul sirning pardasini ko‘tarsam». Ammo tavongar (boy) so‘radiki: «Birovga halol va harom taom bo‘lurmu?» deb. Faqir javob berdiki: «Magar mas­jid­da eshitmadingmuki, bechora, ahvoli tang bo‘lgan odamlarga murdorni (harom) emak haloldir, deb. Bilgilki, bolalarim uch kundan buyon hech bir taom yemas erdilar va men hech iloj topmay yurdim. Oxirilamr bu kun bir chor devorga kirib o‘lib yotgan eshakni ko‘rib, go‘shtidan bir miqdor kesib uyga keltirdim. O‘g‘ling uyimga kelgan mahalda ul harom o‘lgan eshakning go‘shtini yeb o‘tirgan erdik». Тavongar faqirni ko‘p duo qiddi va dediki: «Bir masjid solurman, aning savobi sangadir...»
(«Hikoyatlar»dan)


15-mashq. Jargon va argoga o‘ntadan misol keltiring, shu misollar yordamida jargon va argolarning odatdagi so‘zlardan farqini tushuntiring.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling