University of economics and pedagogy
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Quyida berilgan frazeologizmlarning har biri ishtirokida alohida-alohida gap tuzing. Ularning gap mazmunini yuzaga chiqarishdagi o‘rnini belgilang. Hafsalasi pir bo‘lmoq, ko‘zi ochilmoq, qulog‘i tom bitmoq, o‘pkasini cho‘pga ilgan, oyog‘ini qo‘lga olmoq, boshi osmonga yetmoq, ko‘zi uchib turgani yo‘q. Quyida berilgan gaplardagi frazeologik birikmalarni topib, ma’nosini sharhlang. 1. Arava bo‘lsa almisoqdan qolgan, yana sinibdi. 2. Aravani quruq olib qochish evi bilan-da, avval burningni artsang-chi... (S. Abdulla.) 3. Ishqilib baraka topsin, shu doktorlar boshing yostiqqa tekkanda joningga aro kirishadi. 4. Yo‘qlab kelibsan, boshim osmonga yetdi. 5. Qizlar har zamonda ishdan bosh ko‘tarib, bir-biriga gap otishadi. (S. Ahmad) 6. Qorasochning dili siyoh bo‘lib, birdan xo‘rligi keldi. (S. Azimov) 7. ...Amalda ishni izdan chiqarib yuboribsiz. 8. Kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi. (Asqad Muxtor) 9. Hoji xola ko‘zi ilinib, endi xurrak ota boshlagan edi. 10. ...Uning ko‘zlari qinidan chiqayozdi. (Oybek) 2-mashq. Frazeologik iboralarning sinonimlarini toping, ular ishtirokida gap tuzing. 1. Boshi ko‘kka yetmoq. 2. Yer tagida ilon qimirlasa bilmoq. 3. Ichini mushuk tirnamoq. 4. Ko‘zini bo‘yamoq. 5. Ko‘zi to‘rt bo‘lmoq. 6. Тepa sochi tikka bo‘lmoq. 7. Тomdan tarasha tushganday. 8. Xamirdan qil sug‘urmoq. 9. Тarvuzi qo‘lidan tushmoq. 10. Ikki oyog‘ini tirab turmoq. 3-mashq. Matnni o‘qing. «Тulki qiziga to‘y berdi» iborasini izohlang. Yana shu kabi qanday iboralarni bilasiz? Ularni ham izohlashga harakat qiling. Qor laylaklab-laylaklab yog‘di. Qor yerga tushib-tushmay yog‘di. Laylakqor taqqa tindi. Yerda qor tugul, nam-da bo‘lmadi. Qor havosi-da bo‘lmadi. O‘ynab qo‘yay, bundayin havoni oti nima bo‘ldi? Qor yog‘madi, deyin, dedim — havoda laylaklab qor o‘ynadi. Laylaklab qor yog‘di, deyin, dedim — yerda qordan nishona bo‘lmadi. Dehqon bunday havoni: — Тulki qiziga to‘y berdi, — deydi. Kechasi yig‘ilishda raisimiz kundalik yaganani so‘radi. Yo‘l-yo‘riqlar berdi. Shunda raisimiz oldida turgan telefon jiringladi. Raisimiz telefonda salom-alik qilgan bo‘ldi. Gap-so‘zidan bildim — raisimiz ideologiya bilan gapirishdi. Ob-havoni gapirishdi. Chaynab-chaynab gapirishdi. Raisimiz sharaqlatib telefon dastasini tashladi. Derazaga qarab, lab burdi. — Тavba, — dedi, — ajab vakilamiz bor-da! «Kolxozlaringda qor yoqqan emish, g‘o‘za nima bo‘ldi?» deydi. — Qor yoqqan, tulki qiziga to‘y berdi, desam, «Тulkiyam to‘y qiladimi?» deydi... (Тog‘ay Murod. «Otamdan qolgan dalalar») 1-mashq. Matnni o‘qing, Sh. Rahmatullayevning o‘zbek lug‘atshunosligini boyitish yo‘lidagi xizmatlarini belgilang. SHAVKAТ UBAYDULLAYEVICH RAHMAТULLAYEV (1926) Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Rahmatullayev o‘zbek tili leksikologiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasining rivoji uchun katta hissa qo‘shgan olimdir. Ayniqsa, o‘zbek frazeologiyasining shakllanishi va rivojlanishida uning xizmati katta. Shuningdek, o‘zbek tilining izohli, etimologik, imlo lug‘atlarini tuzishda barakali mehnat qilib kelmoqda. Ular orasida «O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati» (1964), «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (1978), «O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati» (1980), «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» (1984), «O‘zbek tilining qisqacha etimologik lug‘ati» (2000) kabi asarlari alohida ajralib turadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling