University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet58/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

9-mashq. «Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati»dan olingan quyidagi parchani o‘qing.

Davlat tuzilishi va uning shakllari. Davlat o‘z tuzilishi jihatidan uch turda: federativ, konfederativ va unitar tarzda bo‘lishi mumkin. Bunday holat davlatning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi, qismlarning markaziy hokimiyat bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, har bir hududiy qismning huquqiy mavqeyi turlicha mohiyat kasb etishidan kelib chiqadi.


Unitar (yaxlit) davlatlar, federatsiyadan farqli o‘laroq, viloyat, o‘lka, tuman, guberna, grafliklar singari ma’muriy-hududiy qism­lardan tashkil topgan tuzumdir.
Federativ (murakkab) davlatlar esa davlatchilikning avtonom (muxtor) shtatlar, hududiy yer birliklari kabi qismlardan tuzilgan bo‘ladi. (Masalan, AQSHda shtatlar, GFRda hududiy yer birliklari federatsiyaning tarkibiy qismlaridir).
Konfederatsiya davlat tuzilishining shunday bir shakliki, unga ko‘ra konfederatsiyani tashkil etuvchi davlatlar o‘z mustaqilliklarini to‘la saqlab qolgan holda muayyan bir maqsad (harbiy, xo‘jalik, muhim ichki va tashqi siyosat masalalari)da o‘z kuchlarini uyg‘unlashtirib, ish ko‘radilar.
4-mavzu. Grammatika, uning qismlari. Morfologiya haqida ma’lumot. Оt turkumining tarifi, leksik-grammatik xususiyalari, ma’no turlari. Оtning leksik-grammatik xususiyatlari. Оtlarning ma’no turlari. Otlarning aloqa-munosabat kategoriyalari. Otlarning yasalishi; otlarning tuzilish jihatdan turlari.


Reja:

  1. Grammatika haqida umumiy ma’lumot. So‘zning shakli va grammatik ma’nosi. Grammatik ma’noni ifodalash vosita va usullari. So‘zning grammatik shakli.

  2. Otning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari. Оtning ma’no turlari. Оt turkumining son kategoriyasi.

Otlarning sintaktik shakllari.
Otlarning kelishik kategoriyasi. Otlarning egalik kategoriyasi. Otlarning yasalishi haqida ma’lumot. Otlarda modal forma yasalishi.
3.Otlarning tuzilish jihatdan turlari: sodda, qo‘shma, qisqartma, juft otlar.Morfema va uning turlari: o’zak morfema va affiksial (qo’shimcha)
morfema.
Sukut saqlash
Savol berilgandan so‘ng o‘quvchi (talaba) larga ijodiy fikrlash (o‘ylash) uchun ma’lum vaqt bering. To‘rt, besh, o‘n soniya davomida sukut saqlash hosil bo‘lgan vaqt oralig‘ini to‘ldirish uchun o‘quvchi (talaba)larga katta imkoniyat beradi. Agar bu vaqt oraligini o‘qituvchi to‘ldirmasa, talabalar ichidan, albatta, buni bajarishi mumkin bo‘lgan birorta ko‘ngilli topiladi. Ya’ni «Bo‘sh joy har doimo to‘ldirilish xususiyatiga ega».

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling