University of economics and pedagogy
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Ko‘chiring. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so’zlarni toping. 1. Тojixon Saidaning kelganidan xursand bo‘ldi, minnatdorchilik bildirgani so‘z, o‘tqazgani joy topolmay qoldi. (A. Qahhor) 2. Тushirilgan molning isini chiqarmadi. 3. Shundan so‘ng ikkovi shuncha qalinlashdiki, hatto bir juma kuni Murodxo‘ja domlaning mehmonxonasida bir haftalik so‘z boyligini aytib tamom qildi. (A. Qahhor) 4. Mamlakatning istiqboli ham, kelajagi ham yoshlar, sog‘lom insonlar qo‘lida bo‘lishi tabiiy holdir. Namuna: Pok niyatli (sofdil, diyonatli, yuragi toza) kishilarga, olimlar va fozillarga dargohim doimo ochiq edi. 2-mashq. Ushbu gaplardagi ma’no ko‘chishini izohlang. Besh qo‘lini og‘ziga tiqmoq, besh qo‘l barobar emas, yuzlar, ko‘zlar boqar edi biz tomon, eshikka kiraylik. O‘zingiz ham yuqoridagiga o‘xshash ma’no ko‘chishga misollar yozing. 3-mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. Omonim yoki polisemantik so‘z ekanligini aniqlang. Do‘st, yosh, yuz, nafis, mol, oyoq, bel, tut, yengil, gul, sher, sana, uch, o‘ch, quloq... Namuna: 1. Olti narsa rohatda yashashga yordam beradi, shulardan biri haqiqiy do‘sting bo‘lmoqligidir. 2. Bugungi kechamizga shoir Do‘st Hamdam ham tashrif buyurgan. 3. Do‘st!!! Yana bir juft qo‘shiq bo‘lsin! 4-mashq. Quyidagi so‘zlarning har biri bilan ikkitadan gaplar tuzing. Ularning birida shu so‘z o‘z asl ma’nosida ikkinchisida ko‘chma ma’noda qo‘llansin. Shayton, tulki, ola, tor, yumshoq, dum, ajdaho, ilon, tamoq, luqma, dunyo, og‘irlik, shisha, tosh, karam... 5-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni ajratib, ma’no ko‘chishning turini yozing. 1. «Semurg‘» «Sug‘diyona»ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma-ket beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 2. Qo‘shnimizning o‘g‘li dadasi bilan tortishayotganining ustidan chiqib qoldim. 3. Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho‘zib yuborilmoqda. 4. Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi. 5. Prezidentimiz adashganlar uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib berdi. 6. Bolam, ho‘l-u quruqqa qanoat qil, ana o‘shanda sen, kayvoniy odam bo‘lasan. 7. Muallif dutor haqida yozadi va bu bilan o‘zbek cholg‘u asbobini birinchi bo‘lib tilga oladi. 8. O‘g‘lining dardida sarg‘aygan onaning oh-vohlariga chidab bo‘lmasdi. 9. Тun o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib berdi. 10. Navoiy ko‘hna Sharqning ulug‘ mutafakkiri sifatida o‘z asarlari bilan o‘sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko‘tarib chiqdi. 11. Go‘zal bu gaplarning hammasini yuragining tubiga joylagan edi, uni hech kimga oshkor ayta olmasdi. 12. Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling