University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet82/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Infinitiv gaplar

grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan gaplardir: Sevish! Bu qanday baxt!

Jargon so‘zlar

(fransuzcha jargon – “buzilgan til” degani) - qiziqishlari, mashg‘ulotlari umumiy bo‘lgan odamlar (saroy aristokratiyasi, savdogarlar, otarchilar, talabalar, o‘quvchilar) tomonidan ishlatiladigan so‘zlardir: oftobi olam (podshoh), tish (guruch), ellik olti (ipak), qaychi (revizor) kabi.

Lahja

shevalarning bir-biriga yaqin bo‘lgan guruhlari

Leksika

yunoncha leksis so‘zidan olingan bo‘lib, so‘z degan ma’noni bildiradi.

Leksikologiya

leksis– so‘z, logos– fan, ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Demak, leksikologiya so‘z haqidagi ta’limot, fan ekan.

Lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar

bir tilli va ko‘p tilli bo‘ladi. Bir tilli lug‘atlarga imlo lug‘ati(so‘zlarni to‘g‘ri yozishga yordam beradi), chappa (ters) lug‘at (so‘zlar oxirgi harfi bo‘yicha alfavit tartibida joylashtiriladi), orfoepik lug‘at (so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi), morfem lug‘at (so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishga yordam beradi), o‘zlashma so‘zlar lug‘ati (chet tillardan kirgan so‘zlarga ta’rif beriladi), frazeologik lug‘at (iboralar lug‘ati), terminologik lug‘at (ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh beriladi), izohli lug‘atlar (tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarga izoh beriladi), chastotali lug‘atlar (ma’lum asarlarda so‘zlarning qo‘llanish darajasi haqida ma’lumot beradi), paronimlar lug‘ati (tilda mavjud bo‘lgan talaffuzdosh so‘zlar haqida ma’lumot beradi).

Lug‘aviy birlik

tilning lug‘at boyligiga kiradigan barcha birliklar nazarda tutiladi. Bunga birinchi navbatda so‘z kiradi. So‘zga ma’no jihatidan teng keladigan barcha birliklar ham lug‘aviy birlik hisoblanadi. Masalan, ibora (frazeologik birikma), tasviriy ifoda,qo‘shma so‘z,juft so‘z,takroriy so‘zlar,birikmali so‘zlar (oliy ma’lumotli yigit, O‘zbekiston Respublikasi) ma’nosi jihatidan so‘zga teng. Demak, bular ham lug‘aviy birliklardir.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling