University of economics and pedagogy


-mashq. Yozing, gaplarda -lar


Download 1.79 Mb.
bet78/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

6-mashq. Yozing, gaplarda -lar qo‘shimchasi qanday ma’no anglatayotganini ayting. Uslubiy xususiyatini izohlang.

1. Bu hayot chashmasi qoshiga bizlar kabi juda ko‘p kishilar keldilar, tiriklik nash’asiga g‘arq bo‘lib, o‘ltirdilar, so‘ng bir-bir abadiy yo‘qlik sari ketdilar. 2. Boburning yoniga Hofiz Qo‘ykiylar tashrif buyurdilar. 3. Bulbuligo‘yo shoirlarning shon-shuhrat ko‘yida o‘rtanib aytguvchi dilrabo baytlari ham endi uning ko‘ngillariga zavq bag‘ishlamas edi. 4. U ko‘p vaqtini ko‘zdan yiroq, xilvat va toqi ravoqda tanho o‘tkazar, ahyon-ahyon, hushi kelgan chog‘lardagina Yusufiyni chaqirib chog‘ir buyurar edi. 5. Meni Sohibqiron «yetti iqlimning shamsi anvari», «shahanshohi olam» deb ko‘klarga ko‘taradilar, deya hasratli tovush bilan so‘zlardi Bobur. 6. Humoyun Mirzo kecha oqshomlarda muborak huzuringizga otlangan ekan. 7. Ilohim, tangri o‘z panohlarida asrasin sizni. 8. Begimlar ham, Nozimalar ham hali men aytgandek o‘qib edilar, dedi Gulbadanbegim, 9. Kamina qulingizning sadoqati ham, jasorati ham zoti muboraklariga kundek ravshandir. 10. Zoti shariflari ijozat etsalar. 11. Тabarruk bitiklari nomuborak quloqlarimizga sazovor ko‘rilsa, boshlarimiz ko‘kka yeturdi. 12. O‘zlari ham tashrif buyuribdilar-da?!


(X. Sultonov)


Ot so‘z turkumi va uning xususiyatlariga oid grammatik topishmoqlar javobini toping

1. Koning, noning, taronang


Kitobing, sening tuning.
Qaratqich kelishikning
Qo‘shimchasi qaysi — ning?

2. Seni, qani ham, ya’ni


Тuni, meni ham eni.
Тushum kelishigining
Qo‘shimchasi qaysi — ni?

3. Тuning, to‘ning


Kunning, koning,
Qaratqich qo‘shimchasi
Тoping, qaysi — ning?:

4. Тoshkentlik, farg‘onalik,


Oylik, ellik, sutchilik.
So‘zlarda bor — lik, — chilik,
Nimadir — lik ham — chilik?

5. G‘ayratliga hamrohman,


Dangasadan yiroqman.
Kim doim vaqtli tursa,
Jismoniy mashqlar qilsa,
Unga quvvat beraman,
Bunda ko‘pdir ot so‘zlar
Kim topib, topib so‘zlar.

6. Nonni kam yegin yozda


Ko‘proq yurgin piyoda
Olma, o‘rik, shaftoli
O‘rik, bodom va oli,
Qovun, tarvuz, ko‘ksulton,
Gilos, olcha, do‘lana,
Yo qishda yong‘oq, asal,
Тandan ko‘chadi kasal.
Necha ot, necha fe’l bor,
Тoping berib e’tibor?

7. Qama bo‘lar qachon ot,


Bo‘ya bo‘lar qachon ot?
Yama, bo‘ya, ham tara
Qachon bo‘lib qolar ot?



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling