University of economics and pedagogy


Ma’ruza mavzusi bo‘yicha ma’lumot yozish


Download 1.79 Mb.
bet75/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Ma’ruza mavzusi bo‘yicha ma’lumot yozish
Tinglovchi/talabaga besh daqiqa davomida taklif etilgan mavzu bo‘yicha ular biladigan hamma ma’lumotlarini erkin uslubda yozish taklif qilinadi. Besh daqiqa o‘tgandan so‘ng esa ishni ijodiy ravishda yakunlash uchun yana bir daqiqa qo‘shib berish ham yaxshi natijalarga olib keladi. Chunki tig‘iz (kritik) sharoitlarda imkon miyasiga eng yaxshi va samarali fikrlar kelishi mumkin. Keyin esa ularning ba’zilaridan yozganlarini bir-birlariga aytishlarini, munozara qilishlarini yoki barcha sinf o‘quvchilariga o‘qib berishlarini so‘rash mumkin. Ularga ma’ruza davomida qaysi bir fikr, g‘oyalar yoki kimning fikri to‘g‘ri chiqishiga ahamiyat berishni so‘rash ularning fikrini jamlashga va keyinchalik bo‘ladigan ma’ruzani diqqat-e’tibor bilan tinglashga katta yordam beradi. Bunda, albatta, o‘qituvchi shart-sharoitga va o‘quvchilarning qiziqish darajasiga bog‘liq ravishda bundan boshqa imkoniyatlarni ham keng miqyosda qo‘llashi mumkin.


Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping va ulardagi egalik va kelishik qo’shimchalarini ko’rsating.
HADIS NAMUNALARIDAN

Rahmli va mehribon tangri nomi bilan


Rasululloh alayhissalom aytadilar:

Ilmni o‘rganib, so‘ng uni boshqalarga o‘rgatmaslik go‘yoki mol-u dunyoni yig‘ib, uni sarf qilmay, ko‘mib qo‘yish bilan barobardir.


* * *
Qaysi bir xalqning ichida jinoyat va gunoh ish qiluvchilardan ko‘ra qilmaydiganlar ko‘p va kuchli bo‘la turib ularni tiyib qo‘ymasalar Тangrining ofati hammalariga barobar bo‘ladi.


* * *

Inson farzandi yaratilganda yonida o‘limning 99 sababi ham birga yaratiladi. Agar u shu o‘limlardan xalos topib yashasagina, unga qarilik nasib etadi.

* * *
Odamlar bilan murosa-yu madorada bo‘lish ham sadaqa hisoblanur.


Garchi o‘zlaringiz amal qilmasangiz-da, odamlarga amri ma’ruf qilaveringlar va garchi o‘zlaringiz saqlanmasangiz-da, yomon ishlardan boshqalarni qaytaraveringlar.

* * *

Foydali ilmlarni o‘rgatuvchi odamning gunohi kechirilishini so‘rab, har bir narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham istig‘for aytadilar.
* * *
Bemorni ko‘rgani borganda uning peshanasiga qo‘lni qo‘yib hol-ahvol so‘rash barkamol ziyorat hisoblanadi. Qo‘l berib ko‘rishib salomlashish mukammal bo‘ladi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling