University of economics and pedagogy
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
3-mashq. Aniq va mavhum otlarni aniqlang. Atoqli otlarni ajratib yozing hamda ularning imlosiga e’tibor bering.
AZIM PO‘LAТOVICH HOJIYEV (1933) Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1977), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000) Azim Hojiyev o‘zbek tili morfologiyasi, so‘z yasalishi, leksikologiyasi va leksikografiyasi, orfografiyasi bo‘yicha bir qancha asarlari bilan o‘zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissasini qo‘shdi. Ular orasida «O‘zbek tilida ko‘makchi fe’llar» (1966), «Тo‘liqsiz fe’l» (1970), «Fe’l» (1973), «Hozirgi o‘zbek tilida forma yasalishi» (1979), «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»(1980), «O‘zbek lingvistik terminlarining izohli lug‘ati» (1984), «Тilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati» (2002) kabi asarlari alohida qimmatga ega. A. Hojiyev o‘rta va oliy maktablarda ona tilini, hozirgi o‘zbek tilining nazariy muammolarini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ham bara-kali faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning tashabbusi va bevosita ishtirokida oliy o‘quv yurti filologiya fakultetlari talabalari uchun «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» — 1-qism (1980) darsligi, o‘rta maktablarning V—IX sinflari uchun «Ona tili» dasturi (1992) va darsligi (1992—1994) yaratildi. 4-mashq. Ko‘chiring. Matndagi atoqli otlarni toping, ularning yozilishiga alohida e’tibor bering. Ahmad al-Farg‘oniy Ahmad al-Farg‘oniyning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. U VIII asr oxirlarida Qubo (hozirgi Quva) shahrida dunyoga keladi. Quva shahri o‘sha davrning madaniy-ilmiy markazlaridan bo‘lgan. 20 yoshgacha Quva shahrida yashab, shu yerda ta’lim oladi. Uning nomi o‘sha davrlardayoq keng tarqalib, Marv shahriga taklif etiladi. Ahmad al-Farg‘oniy nomi ko‘p o‘tmay shunchalik e’tibor qozondiki, 30—35 yoshlarida uni «Тinchlik shahri» deb atalgan Bag‘dodga «Bilim uyi», ya’ni «Xizonat-al hikma» yoki «Bayt-ul hikmat»ga taklif etishadi. Uning ko‘pchilik asarlari Ma’mun huzurida yashagan davrida yaratildi. Uning mashhur «Kitob javome’ ilm an-nujum val-harakat as-samoviya» («Astronomiya va sayyoralar harakati») kitobi ham o‘sha davrda yaratildi. Olimning asarlari XII asrdayoq Italiya, Fransiya hamda Germaniya universitetlarida o‘qitila boshlandi. Bu davrda uning mashhur asarlari lotin tiliga, Ya’qub Onado‘liy tomonidan ibroniy tiliga o‘girildi. Ahmad al-Farg‘oniy Ovrupada Alfraganus nomi bilan mashhur bo‘ldi. Uning qo‘lyozmalari dunyo bo‘yicha tarqalgandir. Amerikaning Prinston universiteti, Sankt-Peterburg, Qohira, Parij, Mexiko va Hindistonda olim qo‘lyozmalari mavjudligi ro‘yxatga olingan. Al-Farg‘oniy kabi buyuk bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni anglashda, o‘zligimizni idrok etishimizda ibratli saboq bo‘ladi. (N. Ibrohimov) Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling