University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet68/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Mavzu yuzasidan mashqlar


1-mashq. Berilgan so‘zlarni qaysi so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlang.
Oltin, gilos, moviy, yashil, ishlamoq, o‘n, ming, o‘sha, bu, Salim, tog‘a, opa, bormoq.


2-mashq. Matnni o‘qing, undagi so‘zlarga so‘roq berib, ma’nosini aniqlang, mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga ajrating.
U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi.Yer ochib urug‘ sepibdi. Ko‘chat ekibdi. Hamma yoq ekinzor, bog‘-rog‘ga aylanibdi. Shunda qayoqdandir son-sanoqsiz yov bostirib kelibdi. Ekinzorlarni payhon qilishibdi, daraxtlarni qirqib yoqishibdi. Dehqonobodliklar yovga qarshi bosh ko‘tarishibdi. Kenja botir jangda akalaridan ayrilibdi. Boshqa sheriklari ham jangda halok bo‘lishibdi. Yov: «Bizga bo‘yin eg!» — debdi. Kenja botir: «Dushmanga tiz cho‘kib yashagandan tik turib o‘lganim yaxshi!» — debdi. (S. Anorboyev)


3-mashq. So‘zlarga so‘roq berib, guruhlarga ajrating. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Maroqli, tabiat, iroda, shubhalanmoq, shu, minglarcha, hatto, harakatchan, ehtirom, ta’sir, ko‘rsatmoq, bo‘ysundirmoq, qo‘llab-quvvatlamoq, va, haqiqat, unutmoq, biroq, agar, oliyjanob, million, ertalab, tez, ular, yaratmoq, yuzlab, keskin, oddiy, biz, har qaysi, albatta, voy, oh.


4-mashq. Hikmatli so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring. So‘zlarga so‘roq berib, ularning qaysi so‘z turkumiga kirishini aniqlang.
1. Olimlarning xizmati mangu qoladi. (Ulug‘bek) 2. Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan bilim o‘rganinglar. (Abu Ali ibn Sino) 3. O‘qib-o‘rganmasdan ham foyda-zararning farqiga yeta olaman, degan odamni tentak deb bilmoq kerak. (Suqrot) 4. Ilm urug‘lari sochilsa, elga Baraka beradi. (D. Mendeleyev)


5-mashq. Mehmondorchilikdan qaytgandan so‘ng Zaynab kiyimlarini elektr dazmol bilan dazmolladi, qunt bilan taxlab chamadonchasiga joyladi-da, radiopriyomnikni qo‘yib, «Pikovaya dama» operasining o‘zbekchasini tingladi. Zaynab ertaga jo‘nashini eslarkan, yuragi allanechuk zirqirab ketdi. Hatto uning mehnatda botir, yuragi sof va samimiy “oshiqlari” ham bor. Hamisha g‘ayrati toshgan, shijoatli, xushchaqchaq yosh kolxozchi To‘g‘on Boshoqov bilan birga dalada ishlaganda charchaydimi kishi. To‘ti xoladay to‘qqiz o‘g‘ilning onasi, majlisda notiq, terimda devkor ayolni jondan sevmaslik mumkinmi? (Oybek.)


6-mashq. O‘qing. Yordamchi so‘zlarni hamda modal, undov va taqlid so‘zlarni aniqlang.

Quyosh selida miriqib cho‘milgan bo‘ydor teraklar quchog‘ida toraya-toraya g‘oyib bo‘lgan tekis yo‘lda askar yengil odim otardi. Bu yo‘lni urushdan burun kolxozlar qurgan edilar. Ilgari bu yerda yog‘ingarchilik pallasida balchiq otning qorniga yetardi. Mana bugun quling o‘rgulsin bir xiyobonki, ko‘lankasida yastanging keladi. Askarning yuragi to‘lqinlanib, odim-odim joyda to‘xtar va har yonga suqlanib qarar edi. O‘ng tomonda uchi ko‘rinmas, ko‘m-ko‘k, tekis paxta dalasi ochildi: “Bunda shunday yaxlit paxta maydoni yo‘q edi-ku. Qanday ish qilishibdi-ya. Paxtaga ana shundoq qulochkash maydon kerak. Mehnatni ayamasang, bu yerda hosil qaynayveradi. Ah, g‘o‘zasi picha kechikibdi-da...” — dedi o‘z ichida askar. Ariqlarda qiy-chuv bilan cho‘milib, qizg‘in tuproqqa ag‘anagan qora-qura bolalar, havoda zarg‘aldoqlarning “biyov-biyov”i va traktorlarning guldurovi, devor orqasida tandirda pishayotgan nonning hidi, bog‘larda mevalarni qushlardan qo‘riqlovchilarning shovqini — hamma narsa unga tinch hayotni va erkin mehnat nash’asini gavdalantirar edi. (Oybek.)





Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling